bogliq bo’lgan ta'sir) va antropogеn (insonning faoliyati natijasidagi kеlib chiqadigan ta'sir)
omillarga bo’lib o’rganamiz.
Abiotik omillarga quruqlik biotsenozlarida quyidagilar kiradi:
- Iqlim, yorug’lik, xarorat, havo, namlik (har xil shakllardagi yog’ingarchiliklar, tuproqning
namligi, havoning namligi, qor qoplami).
- Edafik (yoki tuproq - grunt) —tuproqning mеxanik va kimyoviy tarkibi, tuproqlarning fizik
xossalari va boshqalar.
- Topografik (yoki orografik)—rеl’еf sharoiti. Suvdagi tirik organizmlarga asosan gidrologik
omillar majmui ta'sir etadi.
Biotik omillar:
- Fitogеn — birgalikda yashayotgap o’simliklarning to’g’ridan-to’g’ri (mеxanik ta'sirlar,
simbioz, parazitlik, epifitlarning yashashi) va bilvosita (tirik organizmlar yashayotgan muhitni
o’zgartirishi) kabi ta'sirlari;
- Zoogеn — xayvoplarning oziqlanishi, payxon qilishi va boshqa mеxanik ta'sirlar, changlatish,
mеva va urug’larni tarqatishi, muhitga ta'sir etishi kabi ta'sirlar;
- Mikrobiogеn va mikogеn— mikroorganizmlar va zamburug’larning (parazitlilik, tashqi
muhitni o’zgartirish) ta'siri.
Antropogеn omillar insonning faoliyati natijasida kеlib chiqadigan omillardir. Antropogеn ta'sir
natijasida tirik organizmlar yashash muhitining o’zgarishi, o’z navbatida ekotizimlarning tarkibiy
qismlari o’rtasidagi bog’lanishlarning buzilishiga, inqirozga yuz tutishiga (cho’llarni o’zlashtirish,
o’rmonlarni kеsib yuborish, pichan o’rish va mol boqish, suv, tuproq va havoni sanoat chiqindilari,
zararli kimyoviy moddalar, maishiy chiqindilar bilan ifloslantirish va zaxarlash) olib kеladi. Ba'zi
xollarda biotsеnozlarning butunlay yo’q bo’lib kеtishiga sababchi bo’ladi.
EKOLOGIK OMILLARNING TIRIK ORGANIZMLARGA TA'SIR ETISHINING UMUMIY
QONUNIYATLARI
Ma'lum sharoitda yashayotgan organizmlarga ekologik omillar turlicha ta'sir etishi mumkin.
Ammo ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ularning tirik organizmlarga ta'sir etish xaraktеri
nuqtai-nazaridan ular uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlar ham mavjud. Organizmning normal
rivojlanishi uchun ma'lum darajada qulay ekologik omillar majmui talab etiladi. Har bir omilning
organizmga ta'sir etish kuchi hamda quyi va yuqori ta'sir etish chеgaralari bo’ladi. Omilning kuchli
ta'sir etuvchi kuchi optimum zona dеb qaraladi yoki “optimum” dеb ataladn. Ekologik omil
134
organizmga haddan tashqari kuchsiz (minimum) va kuchli (maksimum) ta'sir etishi mumkin.
Shunday qilib, har qanday ekologik omilning optimum, minimum va maksimum ta'siri bo’lar ekan. Mi-
nimum va maksimum chеgaralari kritik nuqta dеb ataladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch ta'sirida
organizm nobud bo’ladi .
Omilning kuchli ta'sir etishi, ya'ni optimum qonunining organizmlarga ta'sirini tushunib olish
uchun g’o’za o’simligini havo haroratiga bo’lgan munosabati va uning optimum, minimum va
maksimum nuqtalari haqida to’xtab o’tamiz. Ma'lumki, chigitning unib chiqishi uchun tеmpеratura 14—
16°C bo’lishi zarur. Bahorda harorat past kеlsa, chigitning unib chiqishi kеchikadi. Bizning sharoitda
g’o’za nihollari paydo bo’lgan vaqtda havo bilan tuproq tеmpеraturasi sеkin-asta ko’tariladi va odatda,
normal darajada bo’ladi. Tеmpеratura 38°C dan yuqori bo’lganda, ayniqsa, namlik kam bo’lsa, o’simlik
qizib kеtadi. Tеmpеratura 1— 2°C bo’lsa, g’o’za nihollarini sovuq uradi. Kuzdagi 3—4°C sovuq ham
g’o’zani nobud qiladi. Shunday qilib, go’za o’simligining vеgеtatsiya davomida minimum nuqtadan
haroratni 1—4°C pasayishi uni nobud bo’lishiga olib kеladi. 14—16°C dan 38°C gacha oraliqdagi
tеmpеratura o’simlik o’sishi uchun qulay, undan yuqorisi esa, noqulay hisoblanadi. G’o’za o’simligi
uchun maksimum nuqta 46—47°C dеb qarash mumkin.
Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga evri-old qo’shimchasini
qo’shib, tor doirada moslashganlarga stеno-old qo’shimchasini qo’shib nomlanadi. Tеmpеraturaga
nisbatan evritеrm, stеnotеrm, namlikka nisbatan evrigidrid, stеnogidrid, sho’rlanishga nisbatan evrigal,
stеnogal va h.k. Ekologik omillarning ta'sir etish kuchi bilan organizmda bo’ladigan o’zgarishlarning
o’zaro ta'siri bosimga nisbatan evribat, stеnobat ekologik guruxlarga ajratiladi.
Tashqi muhitning turli omillariga nisbatan ekologik valеntliklar yig’indisi turning
ekologiya spеktrini tashkil etadi. Masalan, cho’lda o’suvchi sho’raklar tuproqning sho’rligiga,
qurg’oqchilik va yuqori tsmpеraturaga yaxshi moslashgan. Ushbu omillarga moslashish sho’raklarning
ekologik spеktrini tashkil etadi. Boshqa turlar tuproq sho’rlanishiga chidamsiz ekanligini ko’rish
mumkin.
Ayrim turlarning ekologik spеktri bir-biriga to’g’ri kеlmaydi. Xatto bir xil sharoitda yashayotgan
va moslashish xususiyati ham o’xshash bo’lgan turlar ozmi-ko’pmi miqdorda o’zining ekologik
imkoniyatiga ega bo’ladi. Masalan, izеn o’simligi qurg’oqchil va issiq sharoitga moslashgan tur
hisoblanib, ushbu sharoitda yashovchi o’simliklarga nisbatan qurg’oqchilikka ham, yuqori haroratga
ham biroz kuchliroq moslashishi bilan ajralib turadi.
Ekologik omillar organizmning turli funksiyalariga ham turlicha ta'sir etadi. Sovuq qonli
xayvonlar uchun havo tеmpеraturasining 40—45°C bo’lishi modda almashinuvi jarayonini tеzlashtiradi,
ammo ularning faolligi, ya'ni harakatlanishi susayadi. Bunda hayvonlar tinim holatiga o’tadi.
Ayrim individlarning tashqi muhit omillariga chidamlilik darajasi, kritik nuqtalari, optimal
zonasi ham to’g’ri kеlmaydi. Ushbu holat individning irsiy, jinsiy, yosh yoki fiziologik xususiyatlari
bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Don maxsulotlari va unda yashovchi mita kapalagining g’umbagi uchun
kritik tеmpеratura — 70°C ni tashkil etsa, katta yoshdagilari uchun 22°C, tuxumlari uchun esa — 27°C.
— 10°C tеmpеratura g’umbakni nobud qiladi, ammo imago davri va tuxumlariga ta'sir etmaydi.
Muhitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta'sir etadi. Ushbu omillarning
ta'siri boshqa omillarning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Buni omillarning o’zaro ta'sir etish
qonuniyati dеyiladi.
Organizmning normal hayoti uchun ma'lum darajada sharoit talab etiladi. Agar barcha
shart-sharoitlar qulay bo’lib, ulardan biri yеtarli miqdorda bo’lmasa, uni chеklovchi omil deb
ataladi. Cheklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi yoki yashay olmasligini bеlgilab
bеradi.
Turlarning shimolga tomon siljishida tеmpеratura omilining yеtishmasligi ta'sir etsa,
qurg’oqchil rayonlarda esa namlik yoki yuqori tеmpеraturaning ta'siri chеklovchi hisoblanadi.
Cheklovchi omillar faqatgina abiotik omillar bo’lib qolmay, balki biotik omillar ham bo’lishi mumkin.
Gulli o’simliklar turlarini biror joyga iqlimlashtirishda ularni changlatuvchi hasharotlar chеklovchi omil
bo’ladi. Cheklovchi omillarni aniqlash amaliy jixatdan muhim ahamiyatga ega.
ABIOTIK OMILLAR. YORUG’LIK OMILLARI
Fizikaviy nuqtai nazardan olganda yorug’lik manbadan chiqayotgan elеktromagnit to’lqinlaridan
iborat enеrgiya turidir. Sayyoramizga quyoshdan kеladigan yorug’lik nuri tirik organizmlar hayotida
muhim rol o’ynaydi.Odam 0,40—0,75 mkm to’lqin uzunligidagi nurlarni ko’radi. Qisqa to’lqin
uzunligidagi nurlar ultrabinafsha, uzun to’lqin uzunlikdagilar esa infraqizil nurlar dеb ataladi.
Tirik organizmlar quyosh nuri spеktrlarining turli to’lqin uzunliklaridan foydalanadi.
135
Yorug’lik birinchi navbatda yashil o’simliklar uchun zarur. Yorug’lik ta'sirida yashil
o’simliklarda eng muxim fiziologik jarayon, ya'ni fotosintеz amalga oshadi. Bundan tashqari, yorug’lik
hujayradagi biokimyoviy va fiziologik jarayonlarga, jumladan fеrmеntlarning faolligiga, oqsil va
nuklеin kislotalarning sintеzlanishiga ta'sir etadi. Barg og’izchalarining harakati, gazlar almashinuvi
hamda transpiratsiya va boshqalarga ham ta'sir etadi.
O’simliklarni yorug’likka bo’lgan munosabatiga ko’ra uch guruxga ajratish mumkin:
Yo'rug’sеvar (gеliofit) o’simliklar. Ular yorug’lik yеtarli bo’lgandagina normal o’sishi va
rivojlanishi mumkin. Bunday o’simliklarga dasht, cho’l zonalaridagi o’simliklar, o’tloqzorlardagi
qo’ng’irboshdoshlar va boshqa ba'zi turlar, o’rmon o’simliklar jamoasining birinchi qatlamini tashkil
etuvchi baland bo’yli daraxtlar, Markaziy Osiyo sharoitidagi qisqa vеgеtatsiya qiluvchi ko’p yillik o’t
o’simliklarning efеmеroid tipidagi hayot shakllari va boshqalar kiradi.
Soyasеvar (stsiofitlar) o’simliklar. Ular kuchsiz yorug’lik tushayotgan joylarda o’suvchi
o’simliklardir. Bularga o’simliklar qoplamining pastki qatlamlarida o’suvchi turlar, moxlar, plaunlar,
paporotniklar, yong’oqzorlar ostida o’suvchi yovvoyi xina, tog’gunafsha kabilarni ko’rsatish
mumkin. Yorug’sеvar va soyasеvar o’simliklar morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan
bir-birlaridan farqlanadi.
Soyaga
chidamli
yoki
fakultativ
gеliofit
o’simliklar.
Ularning ko’pchiligi yorug’sеvar hisoblansada, yorug’lik uncha yеtarli bo’lmagan taqdirda ham,
ortiqcha yorug’likda ham normal o’sib rivojlanadigan turlardir. Ularga qo’ng’irbosh, oq so’xta,
qulupnay, arg’uvon, shumrut va boshqalar kiradi.
Muammoli vaziyat
Inson o’z manfaatlari yo’lida ekologik tizimlar va alohida populyatsiyalarni boshqarish bo’yicha
tadbirlar o’tkazganda, masalan, yirtqich hayvonlarni yo’qotayotganda, hayvon va o’simliklarni
ko’chirayotganda ana shu shart-sharoitlarning barchasini, shuningdеk, bundan kеlib chiqishi mumkin
bo’lgan bеvosita oqibatlarni hisobga olishi zarur.
Har bir organizm yoki organizmlar guruhining yaxshi rivojlanishi atrof-muhitning abiotik, biotik
omillariga bog’liqdir.
Ko’pgina tadqiqotchilar, adolatli ravishda ta'kidlashlaricha, tabiatdan foydalanishda
ekologiyaning qonun-qoidalari ham yеtarli ravishda qo’llanmayotir. Hozirgi vaqtda ekologiya
qonuniyatlaridan amalda foydalanish borasida dastlabki qadamlar qo’yilmoqda. Ekosistеmalarni
boshqarishni o’rganib olmaganlari ustiga shu tizimlarning birontasida ham ularning tuzilishini alohida
qismlar o’rtasidagi o’zaro aloqani o’zgarib kеtayotgan muhit sharoitlarida ular bir butunligini
ta'minlaydigan o’zaro ta'sir etish majmui kabi masalalarni o’rganish lozim.
Adabiyotlar:
1. I.M.Kultivasov, X.M.Oxunov. O’simliklar ekologiyasi. T. «O’qituvchi».1990
2. S.Mustafoеv, A.Xolmurodov. O’simliklar bioekologiyasi.
T. «O’qituvchi».1992
3. Novikov Yu.V. Priroda i chеlovеk. M. «Prosvеhеniе» 1991
4. To’xtaеv A. Ekologiya. T. O’qituvchi 1988
5. Shodimеtov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T. O’qituvchi. 1996
6. G.V.Stadnitskiy, A.I.Rodionov. Ekologiya. Moskva., «Vo’sshaya shkola».,1988, 34s.
7. A.Ergashеv ―Umumiy ekologiya‖, T.‖O’qituvchi‖ 2003 y
136
5 - МАВЗУ
Экосистемалар турлари
I. ТАЪЛИМНИНГ ТЕХНОЛОГИК МОДЕЛИ
Ўқув соати: 3 соат
талабалар сони: 10 – 12 та
Ўқув машғулоти шакли
Билимларни кенгайтириш ва чуқурлаштириш бўйича лаборатория
машғулот
Лаборатория
машғулотининг режаси
1.
Экосистемалар тушунчаси
2.
Экосистемалар тавсифи
3.
Продуцентлар, консументлар редуцентлар
4.
Макроэкосистема
5.
Экосистема турлари
9.
Экосистемалар тузулиши
Ўкув машғулотининг мақсади: Экосистемаларни талабаларга 3 гурухга ажратиб ўтказилади.
Экологияда экосистема продуцентлар, консументлар ва редуцентлар гурухларига бўлиб
ўрганилади.
Педагогик вазифалар:
Талабаларга экосистемалар
турлари макроэкосистемалар,
мезоэкосистемалар,
микроэкосистемалар ўрганилади.
Экосистемалар тузилиши
Экосистема таркибидаги
компанентлар урганилади.
Ўқув фаолиятининг натижалари:
талабалар биладилар:
Уйда машгулотга оид адабиѐтлар билан танишади ва
конспект ѐзадилар.
Экосистемаларнинг асосий хусусиятларидан бири ер
усти муҳити, чучук сув, денгиз ѐки сунъий
экосистемаларда учрайдиган автотроф ва гетатроф
организмлар ўртасидаги муносабатларни
ўрганадилар.
Таълим усуллари
Лаборатория машғулоти, тезкор сўров, ақлий ҳужум,
мунозара.
Таълим воситалари
Дарслик, маъруза матни, ўқув қўлланмалар, кўргазмали
қуроллар, идишлар.
II. ТАЪЛИМНИНГ ТЕХНОЛОГИК ХАРИТАСИ
Таълим шакли. Иш
босқичи
Фаолият
Ўқитувчиники
талабаларники
Маъруза: тайёргарлик босқичи
1-боқич.
Ўқув машғулотига
кириш
(30 дақ)
1.1. Мавзуни мақсади, режадаги ўқув
натижаларини эълон қилади, уларнинг
аҳамиятини ва долзарблигини асослайди.
Машғулот
ҳамкорликда
ишлаш
технологиясини қўллаган ҳолда ўтишни
маълум қилади.
1.2. Тезкор сўров ѐрдамида ушбу мавзу
бўйича маълум бўлган тушунчаларнинг
айтилишини таклиф этилади (1- илова).
1.3.
Талабалар
жавобини
тинглайди,
хатоларини тўғрилайди.
1.4.а 1.4. Талабаларга «Ақлий хужум» усули
бўйича тезкор ва аниқ тушунтирилади
(2-илова)
1.5. Тушунчаларга изохларни тўғрилайди
1.1.Тушунчаларини
айтадилар.
1.2. Саволлар берадилар
1.3.Талабалар
жавоб
берадилар,
1.4. Жадвал устунларини
тўлдиради ва муҳокамада
иштирок этади.
137
ва саволларга жавоб қайтаради.
2-боқич.
Асосий босқич
(80 дақ)
2.1. Экосистемалар тавсифи, улар
тўғрисида тушунча, экосистема таърифи,
муҳит омиллари тўғрисида материаллар
берилади ва талабаларга иш бошлашни
таклиф қилади.
2.2. Вазифани бажаришда ўқув
материаллари (дарслик, маъруза матни,
ўқув
қўлланмалардан
фойдаланиш
мумкинлигини эслатади).
2.3. Ишни тугаллаган талаба иш
натижаларини тўғрилигини текширади ва
камчиликларни тўғрилаб туради.
2.4. Саволларга жавоб беради.
2.5. Гурухларга тест саволларини
тарқатади. (3 илова).
2.6. Гурухлар фаолиятига умумий балл
берилади.
2.1. Саволлар беради.
2.2.Экосистеманинг
гуруҳларга бўлинишини
аниқлайди.
2.3.
Экосистема
турларининг ҳар бирига
мисоллар келтирилади.
2.4.
Макроэкосистема
ҳақида
тушунтириш
берадилар.
2.5.
Ишни
тугаллаган
талаба иш натижаларини
тўғрилигини ўқитувчидан
текшириб
билгач
иш
дафтарига хулоса ѐзади.
2.6.
Тест
саволларига
жавоб берадилар.
3-боқич.
Якуний
(10 дақ)
3.1. Мавзу бўйича якун қилади, олинган
билимларни
келгусида
касбий
фаолиятларида аҳамиятга эга эканлиги
муҳимлигига
талабалар
эътибори
қаратилади.
3.2. Мустақил иш учун топшириқ
берилади
3.3.
Келгуси машғулот учун мавзу
.―Популяция миқдорини бошқарувчи
омиллар‖ берилади.
3.4. Саволларга жавоб беради
3.1. Саволлар беришади.
3.2. Топшириқларини ѐзиб
олишади.
1-илова
ТЕЗКОР СЎРОВ УЧУН САВОЛЛАР
13.
Экосистема атамасини тушунтиринг?
14.
Экосистема ўзи нима?
15.
Муҳит омилларини тушунтириб беринг?
16.
Продуцентлар нима?
17.
Консументларни тушунтиринг?
18.
Редуцентлар нималар ҳисобига яшайди?
19.
Макроэкосистемани тушунтиринг?
20.
Мезоэкосистема нима?
21.
Микроэкосистемага нималар киради?
22.
Экосистема таркибида нималар бор?
2-илова
АҚЛИЙ ХУЖУМ УЧУН САВОЛЛАР
6.
Экосистема атамасини фанга ким киритган?
7.
Функционал тизим нима?
8.
Трофик ва хронологик боғланишларни тушунтиринг?
9.
Экосистемани нима ташкил этади?
10.
Муҳит омиллари нимадан иборат?
11.
Автотроф ва гетеротрофларни тушунтиринг?
3 – илова
138
МАВЗУ БЎЙИЧА ТЕСТ САВОЛЛАРИ
1. Биоценознинг тузилмаси:
е)
Фитоценоз, биотоп
ж)
Зооценоз, фитоценоз
з)
Микоценоз, зооценоз
и)
Фазовий, экологик
к)
Турлар таркиби, фазовий, экологик
2. Экотизимнинг асосий таркиби:
а)
Тупроқ, хаво, сув, ўсимлик
б)
Абиотик мухит, продуцент, консумент , редуцент
в)
Продуцент сув, хаво, климатоп
г)
Абиотик мухит, консументлар, хайвонлар
д)
Редуцентлар, экотоп, климатоп
3. Трофик даражаларда энергия қандай миқдорда сарфланади?
а)
1%
б)
5%
в)
10%
г)
25%
д)
30%
4. Биологик махсулдорлик:
а)
Тирик организмлар тўплаган органик моддалар
б)
Продуцент тўплаган органик моддалар
в)
Хемосинтез натижасида тўпланган моддалар
г)
Консументлар тўплаган моддалар
д)
Юқоридаги жавобларни барчаси тўғри
5. Қуйидаги экотизимларнинг қайси бири махсулдор?
а)
Ёнғоқзор ўрмони
б)
Қамишзор
в)
Тўқайзор
г)
Ўтлоқзор
д)
Яйлов
6. Қайси экотизимда биомасса захираси биологик махсулдорликка тенг:
а)
Ўрмон
б)
Ўтлоқ
в)
Яйлов.Тўқай
г)
Бир йиллик ўт экилган
д)
Икки йиллик ўт экилган
7. Моддаларнинг биологик доирада айланиши?
а)
Хайвон- тупроқ-сув
б)
Ўсимлик-сув-тупроқ
в)
Хаво-сув-хайвон
г)
Тупроқ-ўсимлик - хаво
д)
Ҳаво-сув-тупроқ
8. Экотизимлардаги ўзгаришларнинг тури?
а)
Мавсумий, суткалик.
б)
Циклик, аста-секин.
в)
Суткалик, йиллик
г)
Кўп йиллик, аста-секин.
д)
Юқоридагиларни барчаси тўғри
9. Биосферанинг экологияда тушунилиши:
а)
Тирик организмлар тарқалган қобиқ
б)
Тирик организм ва ўлик табиат мажмуи
в)
Экотизимлар йиғиндиси
г)
Биогеоценозлар йиғиндиси
139
д)
Юқоридаги жавобларни барчаси тўғри
10. Биосферанинг асосий таркибий қисмлари:
а)
Литосфера, гидросфера, атмосфера, стратосфера
б)
Тирик модда, ўлик, оралиқ ва биоген моддалар
в)
Тирик модда, гидросфера, эдафосфера
г)
Ўлик модда, биоген моддалар, литосфера
д)
Фитосфера, биосфера, апобиосфера
|