3. Kaliyning o’simliklar uchun ahamiyati, kaliy o’g’itlarini olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Kaliy o’simliklar hayotida_muhim_fiziologik_rol o’ynaydi. Kaliy o’simliklardagi biror organik birikmalar tarkibiga kirmaydi. Kaliyning fotosintez, oksidlanish prosesslari intensivligiga va o’simlikda organik kislotalar hosil bo’lishga ijobiy ta’sir etadi, uglevod va azot almashinuvida ishtirok etadi.
Kaliy etishmaganda o’simlikda oqsil sintezi sekinlashadi, natijada azot almashinuvi umuman buzladi, oddiy uglevodlarnnng ancha murakkab uglevodlarga aylavish to’xtabqolzdi. Kaliy shakarlaring barglardan boshqa organlarga oqib o’tishini kuchaytiradi, uglevod, almashinuvida ishtirok etadigan fermentlarning, jumladan, saxaraza va amilazaning aktivligini oshiradi.
Kaliy ta’sirida o’simliklarning sovuqqa chidamligi ortadi, bu hol shakarlar miqdorining ko’pligi va xujayralarda osmotik bosimning ko’tarilishi bilan bog’liq.
Kaliy bilan etarli darajada oziklantirilganda o’simlnklar turli kasalliklarga chidamli bo’ladi. Kaliy mexanik elementlar, naysimon tutamlar va lub tolalarning rivojlanvshiga yordam beradi, shuning uchun poyalarnnng baqquvat va yotib qolmandigan bo’lishiga, zig’ir va kanon tolalarining miqdori hamda sifatiga ijobiy tasir etadi.
Kaliy etishmaganida reproduktiv organlarning rivojlanishi to’xtaydi, shonalar va boshlang’ich tupgullar rivojlanmay qoladi, don puch bo’ladi va unib chiqish darajasi pasayadi. Kaliy reproduktiv orgaylarga nisbatan vegetativ organlarda ko’p bo’ladi!
Tuproqlarda kaliy (K2O) miqdori ularning hiliga karab 0,5 dan 3% gacha bo’ladi. Tuproqning haydalma qatlamida K2O ning u mumiy zahirasi 1 ga erga 50-75 ming kg ga to’g’ri keladi, lekin kaliyning asosiy qismi (98-99%) tuproqda erimaydigan va o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan birikmalar holida bo’ladi.
Suvda eriydigan kaliyni eritmasida har hil tuzlar holida o’zlashtiradi, lekin bunday kaliy miqdori juda oz bo’ladi.
Almashinuvchi kaliy o’simliklarning oziqlanishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Almashinuvchi kaliyni o’simliklar oson o’zlashtirishga sabab uning boshqa kationlar bilan almashganida eritmaga oson o’tish va o’simliklarga yaxshi singishidir.
Kaliy xlorid- KC1 tarkibida 53,7-60 % K2O bo’ladi.
Kaliy xlorid tuz minerallari tarkibida uchraydi. Silvinitdan KC1 bilan NaC1 ni ajratish orqali olinadi. Flotasiya metodiga ko’ra silvinitdagi KC1 ni NaCL dan ajratish uchun sirt-aktiv moddalar (aminlar) qo’shiladi, ular faqat KC1 donalari sirtiga adsorbsiyalanadi uni №S1 kristallari esa cho’kib tushady.
Kaliy xlorid asosiy kaliyli o’g’it, har qanday tuproqda va barcha ekinlarga ishlatish mumkin.
40% li kaliy tuz kaliy xloridni maydalab tuyilgan silvinit yoki kainit bilan mexanik ravishda aralashtirib olinadi. Bu o’g’it natriyni xoxlaydigan va xlorga unchalik ta’sirchan bo’lmagan qandlavlagi va xashaki ildiz mevalilar uchun juda samaralidir.
Kaliy sulfat- K2SO4 tarkibida 46-50% K2O bo’ladi. Tashqi ko’rinishidan kul rang tusli mayda kristall tuz, suvda eriydi. Tabiiy sulfatli kaliy tuzlaridan K2SO4 ni ajratish yo’li bilan olinadi. Bu o’g’it gigroskopik emas, mushtlashib qolmaydi. Uni har qanday tuproqda va barcha ekinlarga ishlatish mumkin.
Kul elementi o’simlik kuydirilgandan keyin tushadigan kul tarkibida saqlanib qolgan elementlarga kul elementi deyiladi. Kul tarkibida K, P, Na, Ca, Mg elementlari uchraydi.
Kul tarkibidagi kaliy, asosan potash (K2CO3) holida bo’ladi. Bu o’g’it hamma ekinlar uchun eng yaxshi o’g’it hisoblanadi. Lekin kul ishqoriy o’g’it hisobanadi va kislotali tuproqlarda yaxshi samara beradi. Bir gektarga 500-600kg kul solinadi.
Silvinit m KC1 + n NaC1 tarkibida 12-15% K2O va 34-38% Na2O hamda 52-55% C1 bo’ladi. Tashqi ko’rinishidan yirik, har hil rang’li- oq pushti, qo’ngir va ko’k rangli kristallar aralashmasidir, suvda yaxshi eriydi. Salgina gigroskopikligi bor. Silvinit asosiy o’g’it sifatida kuzgi shudgor vaqtida solinadi. Bunda xlorning anchagina qismi tuproqning pastki qatlamlariga yuvilib ketadi. Barcha kaliyli o’g’itlar suvda yaxshi eriydi. Tuproqqa solinganda ular tez erib ketadi va tusroqning singdirish kompleksi (TSK) bilan o’zaro ta’sirlashadi.
K
(TSK) + 2 KCL → (TSK) K + CaCL2
← Ca
Kaliyli o’g’itlar tarkibiga qiruvchi kaliy va boshqa kationlar (Na,+ Mg 2+) tuproqning kolloid qismiga yutiladi, xlor esa tuproq eritmasida qoladi va shu sababli oson yuvilib ketadi. Mineral o’g’itlardagi kaliy pin g foydalanish koefisenti 50-60%
O’rta va og’ir mexanik tuproqlarda kaliyli o’g’itlarni kuzda shudgor paytida solish kerak.
Engil tuproqlarda, ayniqsa yogin-sochin ko’p bo’ladigan hududlarga kaliyli o’g’itlarni bahorda kultivator bilan yumshatish vaqtida solgan ma’qul (yutish sigimi kichik bo’lganqumli hamda qumoq tuproqlarda.) Barcha kalnyli o’g’itlar fiziologik kislotali tuzlardir.
Harakatchan kaliy odatda ko’p bo’ladigan sho’rtob erlarda kaliyli o’g’itlar samara bermaydi, ularni solish bunday tuproklarning yanada ko’nroq sho’rlanishiga sabab bo’ladi.Kaliyli o’g’itlar engil kumli va qumloq tuproqlarda, eng yaxshi samara beradi.Kaliy bilan yanada yaxshi ta’minlangan bo’z tuproqlarda kaliyni ko’p talab qiladigan ekinlargaqandlavlagi, makkajo’xori, kungaboqar, kartoshka va sabzavotlarga u ni faqat sug’orish paytida solish kerak.
Murakkab o’g’itlarda bitta kimyoviy birikma tarkibida ikki yoki uch oziq elementi bo’ladi.
Murakkab aralash yoki kombinatsiyalanagan o’g’itlar jumlasiga yagona texnologik jarayonda olinadigan va bitta donachasiga ikki yoki uch oziq elementlari turli hil kimyoviy birikmalar holida birikkan kompleks o’g’itlar (nitrofos, nitrofoska, nitroammofos , nitroammofoska, va boshqalar) kiradi.
Aralash o’g’itlar- bu oddiy o’g’itlar aralashmasidir.
Ammofos – NH4H2PO4 .O’g’it tarkibida 11-12% N va 46-50% P2O5 bo’ladi. Bu o’g’it ammiakni fosfat kislota ta’sirida neytrallash orqali olinadi: NH3 + H2PO4 =NH4H2PO4
Ammofos asosiy o’g’it sifatida qishloq xo’jalik ekinlariga erta yahorda yoki ekish davrida beriladi.
Diammofos- (NH4)2HPO4 Tarkibida 18% N va 50% P2O5 bor. Bu o’g’it fosfat kislotani ammiakda to’yintirish yo’li bilan olinadi. 2NH3+H2PO4 =(NH4)2HPO4
Bu o’g’itlarning kamchiligi shundaki. ularda azot fosforga Karaganda ancha kam. Shu sababli N hamda P2O5 ni normal nisbatlarda olish uchun muayyan miqdorda azotlio’g’it qo’pshsh lozim.
Nitrofos va nitrofoskalar fosforni nitrat kislotalar bilan parchalash orqali olinadi. Nitrofoslarda N va P elementa bo’ladi, ularga KC1 qo’shilsa nitrofoskalar deyiladi. Bularda N -10-17%, P2O5-8-30% va K2O12-20% gacha bo’lishi mumkin.
Nitroammofos va nitroammofoskalar nitrat hamda fosfat kislotalar aralshmasini ammiak bilan neytrallab olinadi.
Monoammoniy fosfat asosida olinadigan o’g’it nitroammofos, kaliy qo’shilgani esa nitroammofoska deyiladi. Tarkibida N miqdorini 10-30% va P2O5 miqdorini 27-14% oralig’ida qilib chiqarish mumkin. Nitroammofoskalarda N, P va K ning umumiy miqdori 44 da 62 % gacha bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |