Tarkibida azot nitrat shaklda bo’lgan nitrat o’g’itlar, selitralar.
Tarkibdagn azot ammoniy yoki ammiak shaklda bo’lgan ammoniyli va ammiakli o’g’itlar.
Tarkibida azot ammoniy za nitrat shaklda bo’lgan ammiakli -nitrat o’g’itlar.
Tarkibida azot amid shaklda bo’lgan o’g’itlar.
Natriyli selitra-NaNO3, tarkibida 15-16% azot bo’ladi. Natriyli selitra ammiakdan' nitrat kislota olishdagi qo’pshmcha mahsulot hisoblanadi. U oq yoki1 sarg’ish-qo’ngir rangli mayda kristall tuz, suvda yaxshi eriydi, birmuncha gigroskopik, noqulay sharoitlarda mushtlashib, qotib qolish mumkin. To’g’ri saqlanganda mushtlashmaydi va yaxshi sochiluvchanligini saqlab qoladi.
Kalsiyli selitra - Ca(NO3)2 tarkibida -13-15% azot bo’ladi. U nitrat kislotani bo’r yoki ohak bilan neytrallash orqaln olinadi.
2HNO3 + CaCO3 -» Ca (NO3) 2 +CO2 + H2O.
Bu o’g’it rangli kristall tuz, suvda yaxshi eriydi, nihoyatda gigroskotik, xatto normal sharoitda saqlanganda ham juda tez pamiqadi, suyuqlanadi va mushtlashib qoladi.
NaNO3 va Ca(NO3) fiziologik jihatdan ishqoriy o’gitlardir. O’simliklar Na+ yoki Ca2+ kationlariga qaraganda NO3" anionlarinya ko’proq o’zlashtiradi va bu kationlar tuproqda qolib uning muhitini ishqoriylashtiradi.
Kislotali, tuproqda asoslar kam oulsa kshxs yaxshi natija beradi. Bu o’g’it solinganda kislotalik kamayibgina qolmay, balki tuproqning fizik xossalari ham yaxshilanadi, chunki Sa2Q tuproq kolloidlarini kaogulyasiyaga uchratadi.
Tuproqda selitralar tez eriydi va tuproqding singdiruvchi kompleksdagi (TSK) birikmalar bilan almapshnish reaksiyalarga kirishadi. Ca Na
(TSK) +2NaNO3 → (TSK)Na +Ca(NO3)2
Ca «- a
H Ca
(TSK) H + Ca (N03) → (TSK) + 2NO3
H ← H
;
Na+ va Ca2 kationlar tuproqqa yutiladi, NO3 anionlar tuproq eritmasida qoladi. Bu selitralarni kuzda solish tavsiya etilmaydi. Kuzgi va chopiq talab etadigan ekinlarni selitra bilan oziqlantirish juda yaxshi natija beradi. Natriyli selitra sho’rlangan tuproqlarda va sho’roq tuproqlarda uncha yaroqli emas.
Kislotali tuproqlarda Ca(NO3)2 ishlatish birinchi o’rinlarda turadi, chunki tuproqning fizik xossalarini yaxshilaydi, NaNO3 qand lavlagi uchuy eng yaxshi o’gat hisoblanadi, chunki qand lavlagi MaQ ga talabchan bo’ladi.
Ammoniy sulfat -(NH4)25O4 tarkibida- 20,5 - 21% azot; bo’ladi. Konsentralangan sulfat kislotani g’azsimon ammiak bilan' to’yintirish orqali olinadi: H2SO4+2NH3= (NH4)2SO4
Kristall tuz, suvda yaxshi eriydi, gigroskopligi yuqori emas, shu sababli normal sharoitlarda saqlanganda kam mushtlashadi va yaxshi sochiluvchanligini saqlaydi.
O’g’it tarkibida 24% atrofida oltingugurt bo’ladi va o’simliklarning shu element bilan oziqlanipsh uchuy yaxshi manba hisoblanadi. Ammoniy sulfat bilan bir qatorda ozgina mikdorda ammoniy natriysulfat (NH4)2S04 x Na2 SO4 ishlatiladi, bu birikma kaprolaktam ishlab chiqarishning chiqindisi bo’lib tarkibida (16%); azot bo’ladi.
Ammoniy xlorid -NH4C1 -24 25 % azot bo’ladi. Soda ishlab, chiqarishda qo’shimcha mahsulot sifatida ozroq miqdorda olinadi. Oq| rangli kristall tuz, suvda yaxshi eriydi, tarkibida 67% S1. bo’ladi.! Shuning uchun xlorga sezgir ekinlarga (tamaki, tok, kavop, grechixa va boshqalar) ga uncha to’g’ri kelmaydi.
Ammoniy sulfat va ammoniy xlorid fiziologik kislotalv o’g’itlar, chunki o’simliklar SO4 2- (yoki C1) anionlarga nisbatan NH4 kationlarni tezroq o’zlashtiradi natijada anionlar tuproqda tuplanib, uning kislotaligiga sabab bo’ladi. Tuproqqa solingandan keyin ammoniyli o’g’itlar tuproq namida tez erib ketadi va tuproqnint singdirish kompleksidagi, birikmalar bilan almashinish reaksiyalariga kirishadi
Dostları ilə paylaş: |