B. A. Davlatov



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/267
tarix02.01.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#47478
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   267
Fizika Masalalar to'plami

- 121 -
- 121 -
21. Kepler ko‘rish trubasi okulyarining fokus masofasi 10 cm. 
Okulyar bilan obyektiv orasidagi masofa 2,1 m. Teleskopning 
kattalashtirishini toping. 
A)20     B)10     C)5     D)15 
 
22. Galiley teleskopi obyektivining fokus masofasi 50 cm, 
okulyarining fokus masofasi 5 cm. Teleskop kattalashtirishini 
toping. 
A)9     B)11     C)8     D)10 
 
TO‘LQIN OPTIKASI 
117. Yorug‘likning to‘lqin tabiati 
 
1. Elektromagnit to‘lqinlar bir muhitdan ikkinchi muhitga o‘tganda, 
quyidagi hodisalarning qaysi biri yuz beradi? 
A)hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi 
B)faqat chastota o‘zgaradi 
C)to‘lqin uzunligi va tezlik o‘zgaradi 
D)chastota va tezlik o‘zgaradi 
 
2. Yorug‘likning vakuumdagi to‘lqin uzunligi λ ga teng. Absolyut 
sindirish ko‘rsatkichi n bo‘lgan muhitda shu yorug‘likning to‘lqin 
uzunligi  qanday bo‘ladi  va  bunday  yorug‘likning  rangi 
o‘zgaradimi? 
A)λ, o‘zgarmaydi     В)λ, o‘zgaradi 
С)λ/n, o‘zgarmaydi     D)nλ, o‘zgaradi 
 
3.  Vakuumdan  boshqa  biror  muhitga  o‘tganda  yorug‘lik 
nurlanishining to‘lqin uzunligi va chastotasi o‘zgaradimi? 
A)λ o‘zgarmaydi, ν o‘zgaradi     B)λ o‘zgaradi, ν o‘zgarmaydi 
C)ikkalasi ham o‘zgarmaydi     D)ikkalasi ham o‘zgaradi 
 
4.  Yorug‘likning  monoxromatik  dastasi  havodan  sindirish 
ko‘rsatkichi 2 bo‘lgan shaffof muhitga o‘tganida uning rangi 
qanday o‘zgaradi? 
A)spektrning qizil tomoniga     B)spektrning binafsha tomoniga 
C)o‘zgarmaydi     D)javob to‘lqin uzunligiga bog‘liq 
 
5. Sindirish ko‘rsatkichi 2 bo‘lgan muhitdan absolyut sindirish 
ko‘rsatkichi 1,33 bo‘lgan muhitga o‘tganida, yorug‘lik to‘lqinining 
chastotasi qanday o‘zgaradi? 
A)1,5 marta kamayadi     B)3 marta kamayadi 
C)1,5 marta ortadi     D)o‘zgarmaydi 
 
6. Elektromagnit tebranishlar chastotasi vakuumda 1 MHz bo‘lsa, 
sindirish ko‘rsatkichi 2 ga teng bo‘lgan bir jinsli muhitda chastotasi 
necha MHz bo‘ladi? 
A)0,8     B)0,5     C)2     D)
 
7. Monoxromatik yorug‘lik vakuumdan shaffof muhitga o‘tganda, 
uning rangi qanday o‘zgaradi? 
A)qizil rang tomonga qarab o‘zgaradi 
B)binafsha rang tomonga qarab o‘zgaradi 
C)o‘zgarmaydi 
D)tushish burchagiga bog‘liq 
 
8. Yorug‘lik nuri bir muhitdan boshqasiga o‘tmoqda. Unga tegishli 
qaysi  kattaliklar  o‘zgarmaydi? l)to‘lqin  uzunligi;  2)chastota; 
3)tarqalish tezligi; 4)amplituda 
A)2; 4     B)2     C)2; 3; 4     D)1; 4 
 
9. Yorug‘lik bir muhitdan ikkinchi muhitga o‘tganda, uning 
chastotasi, tezligi va to‘lqin uzunligidan qaysi biri o‘zgarmaydi? 
A)chastotasi va tezligi     B)to‘lqin uzunligi 
C)tezligi va to‘lqin uzunligi     D)chastotasi 
 
10. Vakuumda yorug‘likning to‘lqin uzunligi 0,5·10
–7
  m  bo‘lsa,  
uning tebranish chastotasini toping (Hz). 
A)5·10
14
     B)5·10
15
     C)6·10
15
     D)1,8·10
15
 
 
11. Vakuumdagi to‘lqin uzunligi 750 nm bo‘lgan yorug‘likning 
chastotasini toping (Hz). 
A)4·10
14
     B)4·10
15
     C)5·10
15
     D)5·10
14
 
12. Vakuumdagi to‘lqin uzunligi 5·10
–6
 m bo‘lgan yorug‘likning 
tebranish chastotasi qanchaga teng (Hz)? 
A)0,6·10
14
     B)0,6·10
11
     C)0,6·10
15
     D)0,6·10
10
 
 
13. Ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik chastotasi 390 Hz va 750 Hz. Bu 
nurlar to‘lqin uzunliklarining nisbatini hisoblab toping. 
A)36     B)0,52     C)360     D)1,92 
 
14. Vakuumda qizil yorug‘likning to‘lqin uzunligi 5·10
–7
 m bo‘lsa, 
uning tebranish chastotasini toping? 
A)5·10
14
     B)5·10
15
     C)6·10
14
     D)1,8·10
15
 
 
15.  Kerosinning  dielektrik  singdiruvchanligi  2,  magnit 
kirituvchanligi 1 ga teng bo‘lsa, kerosinning absolyut sindirish 
ko‘rsatkichini aniqlang? 
A)1     B)2     C2      D)1,5 
 
16. Muhitda tarqalayotgan yorug‘likning chastotasi 3·10
14
  Hz, 
to‘lqin uzunligi 500 nm bo‘lsa, muhitning sindirish ko‘rsatkichini 
aniqlang? 
A)1,33     B)2     C)1,6     D)1,7 
 
17. Yorug‘lik nuri vakuumdan sindirish ko‘rsatkichi n bo‘lgan 
shaffof jismga tushayapti. Agar yorug‘likning vakuumdagi tezligi с 
bo‘lsa, uning jism ichidagi tezligi qanday? 
A)c     B)n·c     C)c/n     D)n/c 
 
18.  Suvning absolyut  sindirish ko‘rsatkichi  1,33 ga teng. 
Yorug‘likning suvdagi tezligini hisoblang (m/s). 
A)3·10
8
     B)2,25·10
8
     C)2·10
8
     D)3,9·10
8
 
 
19. Olmosda chastotasi 2,73·10
14
 Hz bo‘lgan yorug‘likning to‘lqin 
uzunligi 450 nm bo‘lsa, yorug‘likning olmosdagi tezligi qancha 
bo‘ladi (m/s). 
A)1,23·10
8
     B)2,23·10
8
     C)2,5·10
8
     D)1,5·10
8
 
 
20. Yorug‘likning suvdagi tarqalish tezligi 2,26·10
8
 m/s. Shishaning 
suvga nisbatan sindirish ko‘rsatkichi 1,13 ga teng. Shishaning 
absolyut sindirish ko‘rsatkichini toping? 
A)1,5     B)1,6     C)1,55     D)1,7 
 
21. Absolyut sindirish ko‘rsatkichi 2 ga teng bo‘lgan olmosda 
yorug‘likning tezligini aniqlang (m/s). 
A)1,2·10
8
     B)1,3·10
8
     C)2,4·10
8
     D)1,5·10
8
 
 
22. Yorug‘lik to‘lqinining vakuumdagi to‘lqin uzunligi 0,8 μm. 
Uning suvdagi to‘lqin uzunligi qancha bo‘ladi (μm)? Suvning 
sindirish ko‘rsatgichi 4/3 ga teng. 
A)0,6     B)0,45     C)0,8     D)0,5 
 
23. Absolyut sindirish ko‘rsatkichi 1,5 ga teng bo‘lgan shaffof 
muhitda  tarqalayotgan,  to‘lqin  uzunligi  500  nm  bo‘lgan 
yorug‘likning chastotasini toping (Hz). 
A)4·10
14
     B)1,5·10
15
     C)5·10
15
     D)3·10
14
 
 
24. Muhitda yorug‘likning to‘lqin uzunligi 375 nm, chastotasi 
5·10
14
 Hz bo‘lsa, shu muhitning sindirish ko‘rsatkichi nimaga teng? 
A)1,7     B)1,6     C)1,5     D)1,4 
 
25. Absolyut sindirish ko‘rsatkichi 2 ga teng bo‘lgan muhitda 
yorug‘lik qanday tezlik bilan tarqaladi? 
A)0,7c     В)0,14с     C)0,5c     D)1,5с 
 
26. Bir jinsli muhitda tarqalayotgan elektromagnit to‘lqin chastotasi 
10
15
 Hz, to‘lqin uzunligi 225 nm bo‘lsa, muhitning sindirish 
ko‘rsatkichini aniqlang? 
A)2,25     B)1,5     C)1,7     D)1,33 
 
27. Shaffof muhitdagi yorug‘lik chastotasi 4·10
14
  Hz,  to‘lqin 
uzunligi 500 nm bo‘lsa, muhitning sindirish ko‘rsatkichini toping? 
A)2,25     B)2     C)1,5     D)1,7 
 


@FizikaTermiz                                                                                                                                                                            Bahodir Davlatov 
@FizikaTermiz                                                                                                                                                                            Bahodir Davlatov 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin