Bu turkumning 2 ta kenja turkumi ma’lum
1.
Dengiz cho’rtansimonlar (Sphyraenoidei) kenja turkumi vakillari jag’larida o’tkir
va kuchli tishlari bo’lgan yirtqich baliqlar hisoblanadi. Suzgich pufagi ichagi bilan tutashgan.
Oddiy cho’rtan daryo va ko’llarda, Janubiy dengizlarning sohillari yaqinida, suv o’tlari orasida
yashaydi. Ular boshqa baliqlar, qushlarning jo’jasi va baqalar bilan oziqlanadi. Baliqchilikka
birmuncha ziyon etkazadi. Massasi 35 kg ga, uzunligi esa 3 m ga etadi.
2.
Kefalsimonlar (Mugiloidei) kenja turkumiga 2 ta oila kiradi.
Kefalsimonlar (Mugilidae) va aterinsimonlar (Atherinidae) oilalari.
Kefalsimonlar oilasiga singillar, lobanlar, o’tkir tumshuqlilar,
pilengaslar va boshqalar
kiradi. Boshi unchalik katta emas, og’zi kichik, tishlari mayda, tanasida yon chiziqlari yo’q. Iliq
va o’rtacha sovuq suvlarda uchraydi, masalan, Atlantik, Tinch, Hind okeanlarida. Bular
qirg’oqqa yaqin joylarda yashaydi.
Lobanlar
- asosan chuchuk suv baliqlari hisolanadi. Uzunligi
75 sm. Ko’krak suzgichlarida uzunchoq tangachalari mavjud.Yosh lobanlar zooplakton bilan,
voyaga etganlar – hamaxo’r (o’simliklar,
chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, detritlar).
Singillar
–O’rta er dengizi, Qora dengiz, Azov dengizlarda yashaydi. Kaspiy dengiziga
iqlimlashtirilagan.
Aterinsimonlar unchalik katta bo’lmagan dengiz yoki chuchuk suv baliqlari bo’lib, tropik
va subtropik dengizlarda yashaydi. Bularda boshi yon tomondan siqilgan bo’ladi. Qora dengiz,
Azov dengizlarda va Kaspiy dengizlarda uchraydi. Tanasida kumush rang yo’l bor. Aterinlarni
ham
bir qancha turlari majud, masalan qora dengiz aterinasi va boshqlar. Sanoat ahamiyati
unchalik katta emas.
Dostları ilə paylaş: