B a L i q L a r b I o L o g I y a s I


- LABORATORIYA MASHG’ULOTI



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/99
tarix05.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152443
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99
BALIQLAR BIOLOGIYASI

10- LABORATORIYA MASHG’ULOTI
 
Mavzu:
Baliqlar hayot siklining etaplari.
 
 
Kerakli materiallar va jihozlar: 
forel baligi, sut, qush pati, vannacha, skalpel, pinset, 
qaychi, preparoval ninalar, to’g’nog’ich ninalar (bulavkalar), paxta, doka salfetkalar 
(ro’molchalar), mikroskop, predmet va yopqich oynachalar, dastali qo’l lupasi,erkak va urg’ochi 
baliq.
Mashg’ulotning maqsadi: 
Baliqlar hayot siklining etaplarini 
o’rganish.
 
 
Baliqlarni yetishtirishda yosh baliqlarni parvarishlash alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda 
ularni ko‘paytirishning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish kerak. Har qanday mavjudot ham urug‘lan- 
gan jinsiy hujayralarda rivoj topadi. 
O‘sish deganda organizmning faol qismlarida vaznining ortishi tushuniladi. O‘sish murakkab 
organizmni tashkil qiluvchi hu- jayralarning va hujayralararo to‘qimalarning hosil bo‘lishi va 
kattalashuvi hisobiga sodir bo‘luvchi jarayondir. Organizm tomonidan namlikning ortiqcha 
shimilishidan shishishi, jinsiy to‘qimalarning to‘planishi, modda almashinuvi natijasida hosil 
bo‘lgan chiqindi mahsulotlarning (siydik, tezak) to‘planishi o‘sishga kirmaydi. Organizmda 
to‘plangan ortiqcha yog‘ o‘sishga kiradi, chunki bu yog‘ o‘sish jarayonidagi modda almashinuvida 
to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadi. 
Hayvonlar, jumladan, baliqlar organizmida rivojlanish ikki bosqichda: embrion (zigota hosil 
bo‘lgandan lichinkaning hosil bo‘lishigacha) davrda va lichinka hosil bo‘lganidan boshlab barcha 
bosqichlardan o‘tib ulg‘aygancha bo‘lgan davrda sodir bo‘ladi. 
Baliqlar hayotining embrionlik davri ikraning otalanishidan boshlanib 2—7 kun davom etadi va 
bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrning qancha vaqt davom etishi suvning haroratiga 
bog‘liq. Ikra otalanganidan keyin murtakcha (zarodish) halqasining parchalanishi hisobiga 
hujayralarning ko‘payishi sodir bo‘ladi va bu bosqich 
morula
deb ataladi. Undan keyin hujayraning 
ikkitadan qatlami hosil bo‘ladi. Bu bosqich 
blastula 
deb atalib, 12—16 soat davom etadi. Ikkinchi 
kunning boshla- rida tuxum sarig‘i atrofidagi hujayralar son jihatidan tez ko‘- payadi, natijada 
murtak uchun joy hozirlanadi. Bu bosqichlar 
pastula
deb ataladi. Embrion rivojlanishining 
navbatdagi 
organo- genez
deb ataluvchi yakunlovchi bosqichida embrionning to‘- qima va a’zolarini 
hosil qiluvchi murtak qatlamchalari hosil bo‘- ladi. Bu jarayon chamasi bir kunlar davom etadi. 
Ushbu hodisalardan keyin 3—4 kun ichida embrionning aniq seziladigan pigmentlangan 
ko‘zlari, bosh miyasi, qon tizimi, suzgichlarining birlamchi o‘simtalari hosil bo‘ladi va ikradan 
ochilib chiqadi. Shundan keyin baliqlarning embrion- dan keyingi davri boshlanadi. Uning dastlabki 
bosqichi 
lichinka davri
deb atalib, bu davr ham o‘sishining jadal yoki sust ke- chishi bilan bir-biridan 
farq qiluvchi to‘rtta biologik siklni o‘z ichiga oladi. 
Agarda suv harorati pasayib ketsa, uvuldiriqlarning rivojlanishi susayib, lichinkalarning chiqishi 
kechikadi. Suv harorati 4—6 °C gacha pasayganda ikralarning sezilarli qismi, ba’zan 80 foizi- gacha 
o‘lib qoladi. Zog‘orabaliqlarning ikralari, ayniqsa, haroratning keskin o‘zgarishiga o‘ta sezuvchan. 
Masalan, may oyida kunduzlari hovuzlarning sayoz joylarida suv harorati 18—20 °C gacha iliydi
kechalari, tong paytida suv harorati 5—60 °C gacha tushib ketadi. Bunday holat ba’zan 
uvuldiriqlarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun hovuzlar eng yuqori 
nuqtasigacha suv bilan to‘ldirilishi kerak. 
Embriondan keyingi davr — uvuldiriqdan bo‘lajak erkin embrionning ajralib chiqqanidan uning 
faol oziqlanishi bosh- langunigacha bo‘lgan davrdir. 
Baliqning endigina tuxumdan chiqqan davri 
lichinka (murtak) 
deb ataladi. 


Lichinka davri sariq tanachaning to‘liq surilib embrionning faol oziqlanishigacha bo‘lgan davri 
hisoblanadi. Chavoq davri sariq tanachaning to‘liq surilib bo‘lganidan keyin katta baliqlarning 
barcha belgilari namoyon bo‘lgunigacha bo‘lgan davrdir. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin