Uzoq muddatli rejalashtirish – investistiyalar va mahsulot ishlab
chiqarish dasturlariga mahsulotning muayyan gruhiga xos bo’lgan reja
gorizontigacha muayyanlashtiradi va odatda, 10 yilgacha bo’lgan
muddatni qamrab oladi.
Funksional prognoz qilish – bu u yoki bu tashkilotlar, firmalar,
korporastiyalar, davlat organlari, o’quv muassasalarining muayyan amaliy
maqsadlari va vazifalariga xizmat qiluvchi prognoz.
Funksional demografik prognoz qilish – bu ayrim o’ziga xos
maqsadlar uchun bo’lajak talab va taklifni oldindan aytib beruvchi
teglamalar shakliga keltirilgan aholi yosh-jins tarkibini prognoz qilish.
O’rta muddatli rejalashtirish vazifalari – uzoq muddatli
rejalashtirish dasturlarini amalga oshirish uchun moliyaviy, iqtisodiy va
texnik nuqtai nazardan zamin hozirlashdan iborat.
Qaror qabul qilish – bu ikkinchi darajali sharoitlarni hisobga olgan
holda maqsad qo’yilganda optimal muqobil variantni tanlash.
Qarorlar qabul qilish mantig’i nuqtai nazaridan baholash – bu
muqobil variantlar yordamida maqsadga erishish darajasini tavsiflovchi
kattalik.
Qadrsizlanish – milliy valyutaning narxi chet el valyutalarining
bahosidan kamayishi.
Qisqa muddatli rejalashtirish maqsadi – bir oy mobaynida
biznesning rivojlanishini nazarda tutish, ishlar natijalari rejalardan chetga
chiqishining butun reja gorizontini rejalashtirishga ta’sirini hisoblab
chiqish va ushbu rivojlanishni ixcham boshqarishdan iborat.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlari Kengashi, Viloyatlar va Toshkent shahar xokimiyatlari – viloyatlar va Toshkent shahrining
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari, mahalliy byudjetning
187
shakllanishi va byudjetdan moliyalashtirishga talabnomalar prognozini
amalga oshiradilar.