110
maqsadlarni shakllantirish, masalan, ishsizlik darajasini mamlakat
iqtisodiy faol aholisining 5 foizigacha kamaytirish); b) ishlab chiqarishni
boshqarishda va boshqa sohalarda me’yorlar tizimidan foydalanish.
Me’yor – joriy va rejalashtirilayotgan davr sharoitida belgilangan
sifatdagi mahsulot birligini tayyorlash (ishlarni bajarish) uchun resursning
ijtimoiy zarur sarflarining ilmiy asoslangan o’lchovi; v) normativlar
tizimini ishlab chiqish va foydalanish. Normativ – me’yorning resursdan
foydalanish darajasini yoki o’lchov birligi uchun uning solishtirma sarfini
tavsiflovchi
tarkibiy qismi, masalan, amortizastiya ajratmalari, soliq
stavkalari, boshqaruv normativlari.
5. Tizimli – tejash rejimi yondashuvi – faoliyatning barcha
sohalarida tejash qonuni talablarining amalga oshirilishini ta’minlovchi
tadbirlarni tadqiq etish, ishlab chiqish va asoslashga nisbatan tizimli
yondashuvni aniqlashtirish. Indikativ rejalashtirish
amaliyotida ushbu
metodologik yondashuv tejash, tadbirlarini ishlab chiqish va bir
resurslarni boshqasi bilan, eskirgan texnologiyalarni ilg’or texnologiyalar
bilan samarali almashtirish bo’yicha topshiriqlarni belgilash.
Xarajatlarning unda ular foydali samara birligiga kamayadigan tarzda
qisqarishi (solishtirma xarajatlar) tejash rejimiga mos keladi. Mazkur
yondashuvning asosiy yo’nalishlari – asosiy va aylanma xarajatlarni
kamaytirish, jonli mehnatni, tabiiy resurslarni tejash, tovarlar va noishlab
chiqarish fondlarining muomalasi va iste’mol qilinishi jarayonida tejash.
6. Tizimli-dinamik yondashuv – indikativ rejalashtirish obyektlarini
rivojlantirish, sifat xususiyatlarini oshirishga yo’naltirilgan
tadbirlarni
tadqiq etiish, ishlab chiqish va asoslashga nisbatan tizimli yondashuvni
aniqlashtirish.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari sifatida iqtisodiyotning
dinamikasi, tarkibi va samaradorligini; moliya-kredit siyosatining
holatini; tovarlar va qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozorining
holatini;
narxlar harakatini; aholining bandligi va turmush darajasini
tavsiflovchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liq va muvazanatlashgan tizimi
davlatning ta’siri choralari bilan to’ldiriladi, shu jumladan byudjet
mablag’lari, amortizastiya me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona
bojlari, listenziyalar va kvotalar, davlat buyurtmalari va boshqalardan
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: