137
Moliyaviy rejalar tizimiga quyidagilar kiradi:
• istiqbolli moliyaviy rejalar;
• boshqaruvning umumdavlat va hududiy
darajalarida tuziladigan
yig’ma moliyaviy balanslar.
Istiqbolli moliyaviy rejalashtirish
hokimiyatning barcha darajalarida
quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
• iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish hamda moliyaviy siyosatni
muvofiqlashtirishni ta’minlash;
• rejalashtirilayotgan tadbirlarning bajarilishini ta’minlash uchun
zarur bo’lgan moliyaviy resurslar hajmini prognoz qilish;
• islohotlar, dasturlarning moliyaviy natijalarini prognoz qilish;
• moliya sohasidagi turli tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlarini
aniqlash.
Istiqbolli moliyaviy reja davlatning
iqtisodiy va ijtimoiy
prognozining ko’rsatkichlari asosida ishlab chiqiladi. Unda byudjetning
daromadlarni safarbar etish va xarajat moddalarini moliyalash
imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar mavjud. Mazkur reja byudjetning
yiriklashtirilgan ko’rsatkichlari bo’yicha 3-5 yilga mo’ljallab tuziladi.
Rejaga har yili davlatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi prognozining
ko’rsatkichlari bilan tuzatishlar kiritiladi.
Yig’ma moliyaviy balans – bu davlatda yoki muayyan hududda
yaratilgan va foydalanilgan moliyaviy resurslar balansi. Yig’ma
moliyaviy balans barcha byudjetlar, byudjetdan tashqari maqsadli fonlar
va tegishli hududda joylashgan korxonalarni qamrab oladi.
Yig’ma moliyaviy balansni tuzish
manzilli moliyaviy rejani, ya’ni
byudjetni ishlab chiqishning tayyorlash bosqichi hisoblanadi. Davlatning
yig’ma moliyaviy balansi xalq xo’jaligida moddiy va moliyaviy
ulushlarni bog’lash, moliya-kredit tizimi barcha bo’g’inlarining
ko’rsatkichlarini muvofiqlashtirish; davlatning iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishi prognozining muvazanatlashganligini
tekshirish, ushbu
prognoz bilan belgilangan tadbirlarni moliyalash manbalarini aniqlash;
qo’shimcha moliyaviy resurslar zahiralarini aniqlash;
prognoz moliyaviy
hisob-kitoblarni amalga oshirish; moliyaviy siyosat yo’nalishlarini ishlab
chiqish.
Davlatning yig’ma moliyaviy balansi odatda Moliya vazirligi
ishtirokida Iqtisodiyot vazirligida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosida
ishlab chiqiladi. Umumdavlat darajasida tuziladigan yig’ma moliyaviy
balans asosiy ko’rsatkichlarining sxemasi 3 - jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: