Kosmologiyada - 1916-yilda A.
Eynshteyn tomonidan yaratilgan,
umumiy nisbiylik nazariyasi va tortishishining relyativistik nazari-
yalari
asosida qurilgan - bir jinsli, izotrop, nostatsionar,
issiq kenga-
yuvchi samo modeli — um um e’tirof etilgan model hisoblanadi. Bu
modelning asosida quyidagi ikki fikr yotadi:
1) samoning xossalari uning barcha nuqtalarida (bir jinslilik) va
yo ‘nalishlarida (izotroplilik) bir xildir.
2) gravitatsion maydonning eng mukammal ifodasi — Eynshteyn
tenglamasidir.
Bundan esa fazoning egriligi va egrilikning massa zichligi (ener
giya) bilan bog‘liqligi kelib chiqadi. Shu postulatlarga asoslanganligi
uchun kosmologiya relyativistik hisoblanadi.
Bu modelning eng asosiy nuqtasi samoning nostatsionarligidir. U
nisbiylik nazariyasining ikkita postulati
bilan aniqlanadi:
1) tabiatni barcha qonunlari bir inersial sanoq sistemasidan ikkin-
chisiga o ‘tishiga nisbatan invariantdir
(nisbiylikprinsipi).
2) vakuumda yorug‘lik tezligi manbaning yoki kuzatuvchining ha
rakat tezligiga bog‘liq emas. U barcha inersial
sanoq sistemalarida bir
xildir
(yorug‘lik tezligini invariantlik prinsipi).
С = 3-108л(/с
Nisbiylik nazariyasidan - egrilangan fazo statsionar bo‘la olmasligi,
u yoki kengayishi yoki torayishi lozimligi kelib chiqadi. Buni birin
chi bo‘lib peterburglik fizik Aleksandr Fridman 1922-yilda aniqladi.
1929-yilda amerikalik astronom Edvin Xabbl
Dostları ilə paylaş: