sanalgan
modda tushib qolsa, unda immunitet tizimi ularga qarshi
kurashadi. Immunitet tizimi adashib yuruvchi hujayralar to‘plamidir.
Ular hayvonlarda ovqat hazm qilishiga,
insonlarda esa himoyala-
nishga xizmat qiladilar. Immunitet nazariyasi rus olimi 1.1. Mech-
nikov tomonidan ishlab chiqilgan.
Organizmga kelib tushadigan oqsillar aminokislotalarga ajralib keti-
shadi, so‘ngra ulardan xususiy oqsillar yaratib olinadi. Nuklein kislota-
lar reaksiyalami boshqaruvchi fermentlar yaratishadi. Barcha ferment
lar oqsillardan tashkil topgan. Ferment dirijyor vazifasini o'taydi. Har
bir hujayrada minglab ana shunday “dirijyor - ferm enf’lar bor.
Tarkibida gemoglobin mavjudligi uchun ham qon qizil rangda
bo‘ladi. Gemoglobin o'pkadan teriga kislorodni tashib turadi.
Bitta
gemoglobin molekulasi bir martada to ‘rtta kislorod molekulasini
bog'lab olishi mumkin. Hujayra ichida kislorod diffuziyalanadi.
Molekulyar biologiya ikkita fan fizika va biologiyaning hamkor-
ligi natijasida yaratildi.
Organizmning rivojlanish jarayoni uchta muhim
tarkibiy qismdan
tashkil topadi:
• jinsiy ko‘payishdagi urug'lantirish;
•
hujayrada berilgan matritsa bo‘yicha kerakli modda va struk-
turalami ko‘paytirish.
•
hujayraning bo‘linishi, uning natijasida organizm o ‘sadi.
Inson hujayrasida DNK (dezoksiribonukleinli kislota) - 23 juft
xromosomada taqsimlangan va 1 mlrd juft asosga ega bo'ladi. Uning
uzunligi 1 metmi tashkil etadi. Agar bir insondagi barcha hujayralar
DNKlarni zanjir qilib ulab chiqsak, u butun Quyosh sistemasini ayla-
nib chiqishga yetgan bo‘lardi. Genlar
ham xromosomalarda joylash-
gan bo‘ladi. DNK molekulasining bitta oqsilni sintez qiluvchi qismi
gen
deyiladi (10-rasm). (“Barcha gen - bitta ferment” mashhur gipo-
tezasi mavjud).
75