B lyaodun, Tayvan, Pes



Yüklə 201,14 Kb.
səhifə2/9
tarix30.09.2023
ölçüsü201,14 Kb.
#150860
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10 Tarix UZB JAVOBLARI

A) respublika tuzumi o‘rnatish
B) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish
C) imperiyani qayta tiklash

D) ishchilarga saylov huquqi berish


8-sinf Jahon tarixi 105-bet.
To‘g‘ri javob: A. Manba: 8-sinf. “Jahon tarixi”. 105-bet.
(R.Farmonov, U.Jo‘rayev, Sh.Ergashev. Toshkent-2019)
7. XIX asr oxiri − XX asr boshlarida quyidagi qaysi hududda Italiyaning mustamlaka rejalari amalga oshmadi va bu hudud o‘z mustaqilligini saqlab qoldi?
A) Efiopiya
B) Somali
C) Liviya
D) Eritreya

Test topshirig‘i jahon tarixining yangi tarix davriga oid. Birinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Italiya Efiopiyani o‘z mustamlakasiga aylantirish maqsadida 1896-yilda bu davlatga hujum qildi. Adua yonida Italiya qo‘shinlari tor-mor etildi va Efiopiya o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Somali, Liviya, Eritreya esa Italiya mustamlakasiga aylangan.


To‘g‘ri javob: A.
Manba: 9-sinf. “Jahon tarixi” 85-, 123-betlar. (M.Lafasov, U.Jo‘rayev, E.Xoliqov, D.Qodirova. Toshkent-2019)
8. Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan?1) Qo‘qon xonligi bilan bo‘lib o‘tgan urushdagi mag‘lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo‘lishi; 3) taxtning otadan bolaga o‘tmaganligi; 4) viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo‘lida to‘planishi
A) 2, 4 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 1, 3
Test topshirig‘i O‘zbekiston tarixining XVI-XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davr tarixiga oid. Uchinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘ladi. Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qoladi. Natijada, devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Bu esa, o‘z navbatida, viloyatlar butun hokimiyat hokimlari va ularni qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy kuchlar qo‘lida to‘planib qolishiga olib keldi. Bu omillar natijasida ashtarxoniylar hukmronligi davrida markaziy hokimiyat zaiflashgan.
To‘g‘ri javob: A.

(Manba: 8 sinf. "O‘zbekiston tarixi" 30-bet (U.Jo‘rayev, Q.Usmonov, G.Jo‘rayeva, N.Norqulov. Toshkent-2019)


9. O‘rta Osiyoning quyidagi shaharlari Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan egallangan yillariga qarab to‘g‘ri xronologik tartibda ko‘rsatilgan javobni belgilang.1) Kattaqo‘rg‘on; 2) Namangan; 3) Jizzax
A) 3, 1, 2 B) 3, 2, 1 C) 1, 3, 2 D) 1, 2, 3
Test topshirig‘i O‘zbekiston tarixining XIX asr ikkinchi yarmi − XX asr boshlaridagi davrga oid. Ikkinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoga istilochilik yurishlari davrida bosib olgan shaharlarning yillarini belgilaymiz va ularni xronologik tartibda joylashtiramiz.
1) Kattaqo‘rg‘on − 1868-yil; 2) Namangan − 1876-yil; 3) Jizzax − 1866-yil
To‘g‘ri javob: A.
Manba: 9-sinf. “O‘zbekiston tarixi” 31-33-betlar. (S.Tillaboyev, A.Zamonov. Toshkent-2019)
10. 1885-yilda Kaspiyorti temiryo‘lining qurilishi va 1887-yil oxirlarida Amudaryo flotiliyasining ta’sis etilishi Xiva xonligiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?
A) Buxoro bilan savdo-sotiqni rivojlantirgan
B) xonlik iqtisodiy ahvolini ko‘tarilishiga olib kelgan

Yüklə 201,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin