B. N. Boboyorov f f. b falsafa doktori (PhD), dotsent


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 338,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix24.10.2023
ölçüsü338,59 Kb.
#160801
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
62a3848a6c40b980346628

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 6 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
126
 
June, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
ma'naviyatdan himoyalanish masalasi dolzarb ahamiyatga ega bo'lmoqda. 
Global mafkuraviy muammo va ma'naviy tahdidlarning xavfi - ularning 
mamlakatimizga kirib borishidagi yo'llarining deyarli ochiqligidadir. Axborot 
texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanib borayotganligi, yo'ldosh aloqalarining 
katta imkoniyatlari mazkur muammoni yanada chigallashtirishga olib kelmoqda. 
O'zbekistonda milliy xavfsizlikni ta'minlash zaruriyatining bir necha sabablari 
bor. Bular qatorida: 
-tashkil topgan yosh suveren davlatlarni yana eski usuldagi ―yaxlit mamlakat‖ 
tarkibiga qaytarishga;
-xalqlarning milliy ongi va milliy o'z-o'zini anglashlarining shakllanishiga 
tajovuz qilishga;
-mavjud 
tabiiy 
qiyinchiliklardan 
foydalanib, 
davlat 
barqarorligini 
beqarorlashtirish, xalqimiz imon va e'tiqodi oyoq osti qilib, (masalan IShIDga 
o'xshash) yagona Islom davlatini qurishga harakat qilayotgan turli siyosiy, diniy, 
ekstremistik kuchlar mavjudligini ta'kidlash lozim. 
Ana shunday tahdidlarning oldini olish yo'lida O'zbekistonda, eng avvalo,
mafkuraviy va ma'naviy xavfsizlikni ta'minlash lozim.
Mafkuraviy va ma'naviy tahdidlar haqida gapirar ekanmiz, eng avvalo, diqqat 
va e'tiborimizni XX asr oxiriga kelib kuchaygan umumsayyoraviy muammolarga 
qaratmog'imiz lozim. Hozirgi kunda ana shunday muammolar qatorida terrorchilik, 
giyohvandlik, diniy ekstremizm va aqidaparastlik kabi illatlarni alohida ta'kidlash 
mumkin. Ilmiy muomilaga nisbatan yangi kirib kelgan ―Ma'naviy tahdid‖ 
tushunchasiga turlicha yondoshuvlar mavjud. Falsafa fanlari doktori G.Tulenovaning 
«O'zbekistonda ma'naviy xavfsizlikni ta'minlash muammolari‖ maqolasida 
mafkuraviy tahdidlar, jumladan terrorizm, aqidaparastlik va diniy ekstremizm 
ma'naviy tahdid sifatida qaralgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, bugun dunyoda 500 
dan ortiq terrorchilik tashkilotlari mavjud. Hozirda ular 60 ta davlat hududida o'z 
tarmoqlarini yoyishga muvaffaq bo'lgan. Ayni davrda ular tomonidan 84 ta davlat 
fuqarolariga qarshi terrorchilik harakatlarini amalga oshirmoqdalar. 
Darhaqiqat, terrorizm ko'pgina davlatlarda jiddiy xavfga aylanib, xalqaro 
miqyosdagi muammo bo'lib bormoqda. Bu yovuzlikka qarshi samarali kurash olib 
borish uchun kurashning yangi, noan'anaviy shakllari va usullarini ishlab chiqish 
zarur. Demak, hozirgi kunda davlatimiz kelajagi haqida qayg'urayotgan har bir inson 
chet eldan kirib kelayotgan mafkuraviy va ma'naviy tahdidlar bilan xalqimizni
ayniqsa, yoshlarimizni jismoniy va ruhiy jihatdan zaharlantirishga 
befarq qaramasligi lozim. 

Yüklə 338,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin