O’quv fanining maqsadi va vazifalari Biologiya o’qitish uslubiyati faning asosiy maqsadi – fan erishgan dalil va qonuniyatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’quvchilarga yetkazish. Maktab biologiyasini o’qitishda biologiya, agronomiya, medisina, psixologiya, pedagogika fanlari erishgan yutuqlar hisobga olinadi. O’qitishda nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishi o’rnatiladi, politexnika ta’limining elementlari amalga oshiriladi. Talabalar ushbu kursni to’la o’zlashtirishi uchun metodikaning ilmiy asoslari, ilmiy tadqiqot manbalarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishlari lozim. Metodika amaliyotda sinalgan ilmiy nazariyani beradi, bu nazariya kuch va o’quv vaqtini tejagan holda to’g’ri ta’lim berish imkoniyatini yaratadi. O’qituvchi talaba metodika nazariyasini egallagandagina, uning pedagogik ijodi eng yuqori samara beradi. Bu ijod ta’lim va tarbiyaning boy xazinasidagi xilma–xil metodlarni, usullarni bilib olishga keng imkoniyatlar ochib beradi.
Fanning vazifasi –talabalarga Biologiya o’qitish uslubiyati to’g`risida tushuncha va ularni klassifikasiyasi. bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malakani o’rgatishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalar bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar “Biologiya o’qitish uslubiyati” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- yangi pedagogik texnologiyalarning asosiy negizi, biologiyani o’qitish usullari va shakllarini o’zlashtirish va o’z bilimini biologik materialning qayta ishlash jarayonida qo’llashini, dars, ekskursiyalarni, darsdan tashqari, sinfdan tashqari ishlarni o’tkazish metodikasini bilishi kerak;.
- talabalar biologiyaga oid boy materiallardan kerakligini tanlashi, fanni o’zlashtirish jarayonida talabalar yangi pedagogik texnologiyalar, biologiyani o’qitish shakllari va usullari bilan tanishib, olingan bilimlarini biologiyani o’qitishda metodik nuktayi nazardan qo’llash yo’llari bilish va foydlana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
- fanni o’zlashtirish jarayonidagi olingan bilimlarni pedagogik amaliyot davrida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash yo’llari bilan tanishgan holda darslarni maktab dasturi bo’yicha olib boriladigan biologiya darslarida qo’llash, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarni uyushtirish ekskursiyalarni to’g’ri tashkil etish, sinfdan tashqari ishlarni yo’lga kuyish, o’zlashtirish faolligini oshirish yo’llari bilan tanish va o’quv jarayonda materiallarning xilma-xilligini, o’quv va texnik vositalar yordamida fanni yoritish yo’llari bilan tanishib olish kerak va bu ishlarni uyushtirish malakalariga ega bo’lish kerak.