B. S. Islomov Samdu biologiya fakulteti Botanika kafedrasi dotsentlari


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatidan uzviy ketma-ketligi



Yüklə 50,11 Kb.
səhifə3/7
tarix16.12.2023
ölçüsü50,11 Kb.
#180808
1   2   3   4   5   6   7
Фан дастури БУМ узб. 2019

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatidan uzviy ketma-ketligi
Biologiya o’qitish uslubiyati fani asosiy umumkasbiy fani hisoblanib, 7 semestrda o’qitiladi. O’quv rejasida rejalashtirilgan psixologo –pedagogik fanlari (psixologiya, pedagogika), matematik va tabiiy (oliy matematika, informatika va axborot texnologiyalari, biometriya, fizika, anorganik va analitik kimyo, organik kimyo, fizik va kolloid kimyo), umumkasbiy (zoologiya, sitologiya, gistologiya, genetika, individual rivojlanish biologiyasi, biokimyo, mikrobiologiya va virusologiya, o’simliklar fiziologiyasi, odam va hayvonlar fiziologiyasi, biofizika, biotexnologiya, evolyutsion ta’limot) va ixtisoslik fanlarini o’zlashtirishda biologiyadan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.


Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni

Respublikamizning iqtisodiy tarmog’ining asosini qishloq xo’jaligi tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi ekinlari: g’o’za, bug’doy, arpa, makkajo’xori kabi madaniy ekinlardan va qishloq xo’jaligi hayvonlaridan olinadigan xom ashyolar ishlab chiqarish bo’g’inining asosiy qismini tashkil etadi. Bundan tashqari tirik organizmlardan olinadigan dorivor mahsulotlar farmasevtika zavodlari va dorixonalarda keng miqyosda foydalaniladi. Shuningdek, oqava suvlarni har xil chiqindilardan tozalashda tirik organizmlardan keng foydalaniladi. Shuning uchun bu tirik organizmlarlarning tabiiy zahiralarini aniqlash, ko’paytirish, va ulardan oqilona foydalanishni bilish zarur masala hisoblanadi. Shuning uchun ushbu fan asosiy umumkasbiy fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo’g’inidir.


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning biologiya o’qitish metodikasi fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda gerbariylar, mulyajlardan foydalaniladi. Fanning o’qitish turlari dasturda ko’rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar shaklida olib boriladi. Shuningdek atroflicha bilim olishni ta’minlash maqsadida talabalarga mustaqil ish mavzulari ham beriladi. Fanni zamonaviy pedagogik uslublar – “Klaster”, “Bumerang”, “Debashlar” tarzida o’tish ham ko’zda tutilgandir. Ma’lumotlar ko’rgazmali o’quv qurollari, kodoskop, multimedia, mikroskop, total va kesmali preparatlar yordamida olib boriladi. Ma’ruza, amaliy darslarida mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.


Biologiya o’qitish uslubiyati” kursini o`rganishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi:

  • Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim;

  • Tizimli yondashuv;

  • Faoliyatga yo`naltirilgan yondashuv;

  • Dialogik yondashuv;

  • Hamkorlikda ta`limni tashkil etish;

  • Muammoli ta`lim;


Yüklə 50,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin