Yodda tuting!
Parlamentni tashkil qilish masalasi yuzasidan halqni fikrini bilish maqsadida 2002-yil 27-yanvarda referendum o‘tkazilib uni ikki palatali parlamentga o‘tish hamda Prezident vakolati muddatini besh yildan yetti yilga o‘zgartirish haqidagi masala kiritildi.
2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda aholi ikki palatali parlament tuzilishini va Prezident vakolati yetti yil qilib belgilashni ma'qulladi.
|
Oliy Majlis sessiyasida 2002-yil 4-aprelda “Referendum yakunlari va davlat hokimiyatini tashkil qilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida” Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Qonun 1-moddasida ushbu qonun Konstitutsiyaning moddalariga va amaldagi qonun hujjjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishiga asos bo‘lishi mustahkamlab qo‘yildi.
Qonun respublikada saylov o‘tkazilishi muddatlari, Oliy Majlisning tuzilishini, Qonunchilik palatasi va Senatni tashkil etish tartibi, palatalarning ishini tashkil etish, Prezidentning vakolat muddatini belgilab qo‘ydi.
Yodda tuting!
1991-2004 yillar davomida bir palatali parlament shaklida va 2005 yildan boshlab ikki palatali (bicameral) parlament shaklida faoliyat ko’rsatgan.
|
Qonunchilik palatasi doimiy ishlovchi, professional a'zolardan iborat tuzilma, Senat a'zolari senatorlik faoliyatini asosiy ishlash joyidan ajralmagan holda olib borishi belgilandi.
Konstitutsiyada har ikki palataning mutloq vakolatlari, birgalikdagi vakolatlari, qonunchilik jarayonining konstitutsiyaviy asoslari belgilab qo‘yildi.
2004-yilda “O‘zbekison Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi va unda Senatni tashkil qilish bilan bog‘liq tartiblar belgilandi.
2002-yil 12-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” ikkita Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.
2003-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan umumiy, to‘g‘ri, teng saylov natijasida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va saylovda saylangan mahalliy vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisida o‘tkaziladigan saylovlar natijasida Oliy Majlisning yuqori palatasi shakllantirildi va O‘zbekistonda ikki palatali professional parlament faoliyati boshlandi.
Shu bilan parlament islohotlari tugagani yo‘q, uni takomillashtirish davom etmoqda.
2007-yil 11-aprelda qabul qilingan va 2008-yil 1-yanvardan kuchga kirgan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuniga asosan, Bosh vazir nomzodi Prezident tomonidan Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuv o‘tkazilgandan so‘ng parlamentda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim qilish tartibi o‘rnatilishi, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari Prezidentga Bosh vaziri lavozimidan ozod qilish bo‘yicha taklif kiritish huquqi berilishi Qonunchilik palatasini mavqyei kengayganligini ko‘rsatadi.
2. Prezident Konsepsiyasi va u asosda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan Bosh vazir va Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda, Qonunchilik palatasi deputatlarining umumiy sonining uchdan bir qismi ovozi bilan Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish masalasini ko‘tarish huquqini berilishi ham Qonunchilik palatasi mavqyeini oshib borayotganligini ko‘rsatdi.
Hozirgi faoliyat ko‘rsatayotgan Oliy Majlis 2008 yil dekabr oyida o‘tgan saylovlar natijasida shakllantirilgan bo‘lib, o‘z vakolatini uddalab kelmoqda va vakillik hokimiyatini yetarli darajada aks ettirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |