122
tomonidan yuzaga keltirilgan uzilishlarni inobatga olgan holda O‗zbekiston oldida
turgan rivojlanish muammolarini jamoaviy tushunishni
takomillashtirishni zarur
deb bildi. Shunday qilib, ushbu UMT hukumatning tezkor ehtiyojlarini qo‗llab-
quvvatlovchi tahliliy bazani takomillashtirish istagini hamda mamlakatning
iqtisodiy va ijtimoiy yo‗nalishini tiklash va yaxshilashga yordam berishning uzoq
muddatli maqsadini aks ettiradi.
Shu munosabat bilan, yangilangan UMT, BMT oilasining qiyosiy ustun-
liklarini inobatga olgan holda, O‗zbekistonni BRMga erishishda yordam beradigan
tashabbuslarini qo‗llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berishda davom etmoqda,
xususan ―hech kimni ortda qoldirmaslik‖ va inson huquqlari - 2030 yil Dasturidagi
ikki ajralmas tamoyilga alohida urg‗u berilayapti. COVID-19 epidemiyasidan
oldingi ta‘sirchan taraqqiyot Koronavirusdan oldin O‗zbekistonda
jamiyatning
barcha jabhalarini qamrab olgan keng va tarkibiy o‗zgarishlar yuz berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida ushbu o‗zgarishlar iqtisodiy,
ijtimoiy va siyosiy sohalarda sezilib turdi, bu Sovet davridan keyingi davr uchun
xos bo‗lgan 27 yillik kuchli markazlashgan boshqaruvdan uzoqlashishni anglatadi.
Ijtimoiy adolatni taʼminlash odil ijtimoiy siyosatning maqsadidir. Tarixan
oʼzini oqlagan insonparvar ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadi jamiyatda ijtimoiy
adolatni taʼminlashdir. Ijtimoiy adolat tenglik va erkinlik soʼzlari bilan hamoxang
boʼlib, u doimo va koʼpchilik tomonidan qoʼllanib keladi. Turli darajadagi
deputatlikka nomzod boʼlgan birorta shaxs ijtimoiy adolat soʼzini chetlab o‘ta
olmaydi, doimo uni himoya etish maqsadida soʼz beradi. Ijtimoiy adolat soʼzi
nimani anglatadi va hozir mamlakat raxbariyati tomonidan ishlab chiqilgan
ijtimoiy siyosat kanday roʼyobga chikarilmokda. Boshqa hamma ijtimoiy voqelik
kabi ―ijtimoiy adolat‖ tushunchasi tarixiy yaʼni har bir aniq vaziyatda jamiyat
taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Xatto Аrastu
farovonlik va baxt-saodat
tushunchalarini odamlar oʼzlari olib borayotgan hayotdan tashkil boʼlgan deb
toʼgʼri koʼra olgan.
Ijtimoiy sohada bundan buyonga rivojlanishga yangicha nazar tashlash uning
olib boraetgan ahamiyatni toʼla-toʼkis baxolash zarur. Chunki ayni shu sohada
mehnat-kashlarning hayotiy manfaatlariga daxldor boʼlgan iqtisodiy faoliyat
natijalari roʼyobga chikadi. Аyni shu sohada jamiyatning insonparvarlik tabiati
namoyon boʼladi.
Jamiyatda siyosiy hokimiyat amal qilishi, uning chegaralari, qoidalariga
doimiy ta'sir ko'rsatuvchi kuchlar mavjud. Agar biz siyosiy hokimiyatni-barcha
guruhlar manfaatlari borasidagi doimiy o'zaro bog'liqlik va o'zaro ta'sirning oliy
ko'rinishi tarzida baholaydigan bo'lsak, bu jarayonda
ishtirok etuvchi shaxslar
siyosiy hokimiyatning asosiy subyektlari, deb qaralishi lozim bo'ladi. Ammo,
shaxs hayotda turli rollar va turli vazifalarda namoyon bo'lishini yaxshi bilamiz.
123
Masalan, yigit (qiz) oilada - farzand, o'quv dargohida - talaba, to'garakda - shogird,
siyosiy harakat yoki uyushmada - xayrixoh, faol a'zo yoki yetakchi singari rollarni
bajaradi. U turli maqsad va vazifalar doirasida faoliyat ko'rsatadi. Bundan tashqari,
yosh, jins, millat, kelib chiqishi, egallayotgan (yoki egallab bo'lgan) kasbiga ko'ra
bog'liqliklar ham mavjud.
Shunday qilib, inson o'z ijtimoiy yoki siyosiy faoliyatini turli guruhlar ichida
olib boradi. Siyosiy fanda ana shu faoliyatlarning hammasi emas, faqat
hokimiyatga qaratilganlarigina o'rganiladi. Deylik, tadbirkor o'z ish faoliyati
yuzasidan turli jamoalar, guruhlar bilan bog'lanadi, ular bilan birgalikda yoki
ularga zid ravishda harakat qiladi. O'z - o'zidan tushunarliki,
tadbirkorning bu
faoliyati politologik tahlil obyekti bo'la olmaydi. Ammo, tadbirkor o'z
muammolarini siyosiy hokimiyat orqaligina hal qila oladigan hollar mavjud.
Masalan, soliq siyosatini o'zgartirish, davlat miqyosida u yoki bu qonunni
qabul qilish yoki bekor qilish. Bu holda tadbirkor o'ziga o'xshash boshqa
tadbirkorlar bilan uyushadi, yoki agar shunday uyushma mavjud bo'lsa, unga
murojaat etib, hokimiyat organlarida o'z manfaatini himoya qiluvchi qaror qabul
qilinishini talab etadi. Shu tarzdagi bosimni kuchaytirish maqsadida ommaviy
axborot vositalari, jamoatchilik, mutaxassislar muhokamaga tortiladi v h.
Siyosatda uyushgan ijtimoiy guruhlar ta'siri samarali, deb hisoblanishi ana
shundan. Tadbirkorning shu tarzdagi faoliyati -
bevosita politologik tahlil
obyektini tashkil etadi. Shunday qilib, jamiyatni undagi mavjud ijtimoiy guruhlar
yoki qatlamlar nuqtai nazaridan o'rganish-siyosiy fandagi yana bir muhim
yo'nalishlardan biridir. Jamiyatlar barcha davrlarda ichki bo'lingan.
Taraqqiyot davomida bu bo'linish murakkablashib borib, jamiyatlar bag'rida
yangidan - yangi qatlamlar vujudga kelgan. Ijtimoiy qatlamlarning siyosatdagi
muhim o'rnini allomalarimiz Forobiy, Ibn Sino, Nizomulmulk, buyuk Amir Temur
alohida ta'kidlagan. Jamiyatlarning rivojlanishi bilan bu o'rin yanada mustah-
kamlandi. Demokratik jamiyatda ijtimoiy guruhlar siyosatning faol subyektiga
aylanadilar. Boshqacha qilib aytganda, demokratik jamiyat o'z manfaatlariga ega
bo'lgan va shu manfaatga erishish uchun faoliyat ko'rsatuvchi
turli ijtimoiy
guruhlarning birligidir. Jamiyatni aynan shu tarzda qarash va o'rganish demokratik
an'anaga xosligini yana bir bor ta'kidlaymiz.
Siyosiy tizimlarning ichida faqat demokratiyagina guruhlarning keng siyosiy
ishtiroki, muhokama, murosaga asoslanadi. Demak, "xalq" deb ataluvchi yaxlit
birlik aslida har xil manfaatlar, ehtiyojlarga ega turli ijtimoiy guruhlardan iborat
ekanligi va bu hol qonuniyligi e'tirof etildi. Bu guruhlar jamiyatda tutgan o'rinlari,
ega bo'lgan resurslari, uyushish darajasiga ko'ra farqlanadi. Shuningdek, bu
guruhlar o'rtasidagi farqlar demografik, etnik, konfessional bo'lishi mumkin.
Ijtimoiy qatlamlashuv-o'zaro bog'liq va pog'onalashuv
asosida tashkil topgan
124
qatlamlar birligidan iborat ijtimoiy tengsizlik tizimi. Har qanday jamiyatni turli
omillarga asosan turli xil ijtimoiy guruhga bo'lish mumkin.
Dostları ilə paylaş: