6
resurslarni adolatsiz taqsimlanishi xavfi;
-
iqtisodiyotning beйaror rivojlanishi, iqtisodiy inkirozlarning ro`y berishi va
x.k .
Sof bozor uchun xos bo`lgan bu kamchiliklar davlatning, iqtisodiy tizimning
samaradorligini oshirishga karatilgan, asosiy funktsiyalarini belgilab beradi. Aynan
shu tufayli bozor va davlat simbiozi ro`y berdi, va ko`pchilik davlatlarning
bugungi kundagi iqtisodiyoti sof bozor iqtisodiyoti xam, sof davlat iqtisodiyoti
xam emas. «Iqtisodiyotni barkaror amal kilishi uchun ikki tashkiliy qism- bozor va
xukumat zarur. Ularsiz xozirgi zamon iqtisodiyotini boshqarish –xuddi bitta ko`l
bilan karsak chalish bilan barobardir»
*
Ilg‘or davlatlar bozorlari rivojlanishiga
davlatning aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini kamaytirishga,
inkiroziy xodisalarni yumshatishga va iqtisodiy rivojlanishda jiddiy ilgarilashga
erishildi .
Davlatning iqtisodiy funktsiyalari ko`p va xilma-xildir.Davlatning asosiy
iqtisodiy funktsiyalariga kuyidagilar kiradi:
1. bozor tizimi samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydigan xuquqiy baza
va ijtimoiy muxitni ta`minlash;
2. raqobat muxitini yaratish va uni himoya qilish .
3. ijtimoiy ne`matlar bilan ta`minlash maqsadida resurslarni qayta
taqsimlash;
4. atrof muxitni himoya kilish;
5. daromad va boyliklarni qayta taqsimlash;
6.iqtisodiyotni
barqarorlashtirish,
ya`ni,
iqtisodiy
kon`yukturaning
o`zgaruvchanligi natijasida paydo bo`ladigan ishsizlik va inflyatsiya darajalarini
nazorat kilish xamda iqtisodiy o`sishni ragbatlantirish .
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat ko`rsatishi uchun asos
bo`ladigan ayrim xizmatlarni va xukukiy bazani ta`minlash vazifalarini zimmasiga
oladi. Xukukiy bazani ta`minlash asosan iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi
konunlar ishlab chikarishda va bu konunlarni bajarishni taminlash xamda nazorat
kilishda namoyon bo`ladi. Davlat, shuningdek xalkaro munosabatlarni yo`lga
ko`yib o`z tadbirkorlaring maxsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun
kulay sharoit yaratadi. Bunga ikki tomonlama soliqqa tortmaslik, boj to`lovlari
bo`yicha o`zaro imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda
xukumatlararo kelishuvlar orkali erishiladi.
Dostları ilə paylaş: