76
bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida
raqobatlashadilar.
Oligopoliya tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud
bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan
ham sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq
hisoblanadi. Masalan, po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir sanoatning bir
turdagi mahsulotlaridir, iste‗molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvish vositalari,
sigaretlar, maishiy elektrbuyumlarini ishlab chiqaruvchilar tabaqalashgan
oligopoliya hisoblanadi.
Turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o‘rtasida mavjud bo‘lishiga
ko‘ra quyidagi raqobat turlari mavjuddir:
1) monopollashmagan korxonalar o‘rtasidagi raqobat;
2) monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat;
3) turli monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat;
4) monopolistik birlashmalar o‘rtasidagi raqobat.O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat ikki
turga bo‘linadi:
1. Tarmoq ichidagi raqobat
2. Tarmoqlararo raqobat .
Dostları ilə paylaş: