B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/110
tarix13.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#84072
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning 
birlashmasi. 
Bunda 
ishlab 
chiqarish 
vositalariga 
mulkchilik birlashma 
ishtirokchilarning o‘zida saqlanib qolgan holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulot tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.Trest – 
ishlab chiarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni 
ta‗minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishdagi birlashmasi. 
Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda 
amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosi loyihalarga juda 
katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish). 
Kontsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar 
(sanoat, savdo, transport va bank turli soha korxonalari)ning majmuisi o‘z ichiga 
oluvchi birlashma. Bunda bosh tashkilotqolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan 
moliyaviy nazorat olib boradi. Hozir kontsernlar keng tarqalgan tashkilotdir .
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta‗sir qiluvchi ijobiy va salbiy 
tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon 
bo‘ladi: 
1. Monopoliya ma‗lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning 
tejalishiga olib keladi . 
2. Monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalarda nisabtan 
monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini 
joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi . 
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida qo‘yidagi jihatlarni ko‘rsatish mumkin: 
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi; 
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi; 
3) iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi
4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi . 
Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat 
tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin