Ijtimoiy mehnat taqsimoti — ijtimoiy mehnatning mustaqil vazifalarni
bajaruvchi mehnat turlariga ajralishi, yaʼni mehnat faoliyati turlarining
alohidalashuvi. Umuman jamiyatda mehnat taqsimoti asosida faoliyatni
ayirboshlash yotadi va har bir mehnat turi aniq bir mahsulotni yoki uning bir qismini
yaratishga ix-tisoslashadi. Faoliyat turlari boʻyicha mehnat taqsimotining umumiy,
xususiy va yakka koʻrinishlari bor. Umumiy mehnat taqsimoti — jamiyat miqyosida
yirik mehnat turlarining bir-biridan ajralib, mustaqil yirik sohalarga boʻlinishi
(sanoat, q. x., transport va aloqa, qurilish, xizmat koʻrsatish va h.k.). Xususiy mehnat
taqsimoti — xalq xoʻjaligining yirik sohalari ichida tarmoqlarning (qarang x. da
dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, sanoatda esa undirma va ishlov berish,
ogʻir va yengil sanoat, mashinasozlikda esa avtomobilsozlik, traktorsozlik,
samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqpar) vujudga kelishi. Yakka mehnat
taqsimoti — kouxona, birlamchi xoʻjalik subʼyekti doirasida boʻladigan mehnat
taqsimoti boʻlib, bunda alohida bir mahsulot, mahsulotning tarkibiy butlovchi
qismlarini i.ch. boʻyicha ixtisoslashgan mehnat turlari ajralib, alohidalashadi.
Mehnat faoliyati deganda insonni biror mehnat turi bilan band
bo‘lishi tushiniladi. Mehnat faoliyati insonning hal qilinadigan vazifalar va
bajariladigan ishlari yig‘indisidan tashkil topadi.
Mehnat faoliyatining mohiyatini umumlashgan, hamda konkret shaklda olib
qaraladigan bo‘lsa, bir-biri bilan bog‘liq ikki muhim vazifani hal qilishning ob’ektiv
zarurati bilan belgilanadi. Bu vazifalardan biri — insonlarning moddiy mehnat
elementlari bilan o‘zaro harakatga kirishuvini aniklashdan iborat bo‘lsa, ikkinchisi
— birgalikda yoki o‘zaro bog‘langai faoliyat qatnashchilari o‘rtasida munosabatlari
shakllanishidan iboratdir. Xuddi mana shu narsa mehnat faoliyatini tashkil etish
predmeti hisoblanadi. Buning mohiyati mehnat faoliyatini tashkil etish vazifasiga
(keng ma’noda olganda) mehnat sub’ektini (ayrim xodim yoki mehnat jamoasi)
aniqlash, uni zarur mehnat predmetlari va vositalari bilan ta’minlash, qulay mehnat
sharoitlarini yaratib berish, mehnat (ishlarini bajarish) jarayonlarini tashkil etish,
mehnatga haq to‘lash kabi masalalarini o‘rganish bilan bog‘liqdir.
«Tashkil etish» tushunchasi frantsuzcha organisation, lotincha organizo -
«tartibga keltiraman» so‘zidan kelib chiqqan. Mazkur tushuncha yaxlit bir butunlik
ichida o‘zaro aloqalarning yuzaga kelishi hamda takomillashishiga olib keladigan
jarayon yoki harakatlar jamlamasini anglatadi. Tashkil etish deganda birgalikda
amalga oshiruvchi muayyan qoida va tamoyillar asosida, biror aniq maqsad sari
harakat
qiluvchi
kishilarning
birlashgan
faoliyati
tushuniladi.
Shunga
ko‘ra, funktsional nuqtai nazardan, tashkil etish ichki tartiblarni o‘rnatish va
takomillashtirish jarayoni demakdir. Binobarin, mehnatni tashkil etish atamasi
kishilar faoliyatini tartibga solish va muayyan tizimga keltirishni anglatadi. Biroq,
bunday ta’rif haddan tashqari umumiy bo‘lganligi uchun uni mukammal deb
bo‘lmaydi.
«Mehnatni tashkil qilish» tushunchasining paydo bo‘lish tarixiga
to‘xtalgandi, albatta, ushbu masalaning asoschisi sifatida F. Teylorning (1856-1915)
nomi tilga olinadi. F. Teylor mehnatni «ilmiy boshqarish» muammosini amaliy
jihatdan asoslab bergan bo‘lib, u iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi. Ammo, F. Teylor
ko‘zda tutgan fan sohasini iqtisodiyotda haddan tashqari toraytirib qo‘ygan.
«Oqilonalashtirish» atamasi mazkur fanni to‘g‘ri nomlash muammosini
murakkablashtirdi, bu atama dastlab Germaniyada qo‘llanilgan bo‘lib, keyinchalik
u muayyan darajada boshqa mamlakatlarga ham yoyildi. Mazkur atama shu qadar
noaniq va umumiy tusdagi mazmunga egaki, uni har qanday yaxshilanishga nisbatan
qo‘llash mumkin. Shuni ham aytish kerakki, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda
hozirgi vaqtda «mehnatni ilmiy tashkil etish» yoki «mehnatni tashkil etish»
atamalari deyarli qo‘llanilmayapti.
Bu muammo juda ko‘pgina MDH mamlakatlari, jumladan, O‘zbekistonda
ham mavjuddir. Undan turli darajalarda o‘rin tutadigan xilma-xil hodisalarni
nomlash uchun foydalaniladi. «Tashkil etish» atamasi ayrim korxona, muassasa,
firma va umuman jamiyatga nisbatan qo‘llaniladi. Shu bilan birga, gap turli
ob’ektlar: mehnat, ishlab chiqarish, boshqarish to‘g‘risida borishi mumkin.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, ayni kishilarni mehnatga jalb etish,
mehnatning ijtimoiy taqsimoti, ijtimoiy mahsulotni taqsimlash usuli va ishchi
kuchini tiklash xususiyatlari ko‘rib chiqilayotganda «mehnatni ijtimoiy
tashkil etish» tushunchasidan foydalaniladi.
1. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi. Korxona miqyosida mehnat taqsimoti
amalga oshirilib, uning kooperatsiyasi puxta o‘ylab ko‘rilgandan keyin korxona
ichida mehnatni chuqur taqsimlash va kooperatsiyalashni amalga oshirish – alohida
uchastkalar, xodimlar o‘rtasida mehnatni taqsimlash, xodimlarni joy-joyiga qo‘yish,
ular faoliyatining o‘zaro bog‘lanishi va sinxronizatsiyasini ta’minlash imkonini
beradi.
2. Mehnat jarayonlarini tashkil etish. Mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan
ta’minlash mehnat jarayonlarini tashkil etish, ya’ni aniq ish turini bajarishda
qo‘llaniladigan usullarni belgilab olishni nazarda tutadi. Mehnat jarayonlarini
o‘rganib chiqish va uni amalga oshirishga qancha ish vaqti sarflanishi zarurligini
aniqlash eng yaxshi ish usullarini tanlash, ish joylarini oqilona taqsimlash imkonini
beradi.
3. Mehnatni me’yorlash. Mehnat me’yorini belgilamasdan turib, xodimlar
faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlab bo‘lmaydi. Mehnatni me’yorlash xodimlar
faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashning turli variantlarini baholash vositasi
bo‘lib xizmat qiladi. Har qanday tashkiliy o‘zgarish ish vaqti sarflariga ma’lum
darajada ta’sir etishi tufayli mehnatni me’yorlash ushbu o‘zgarishlarni miqdoran
baholab, eng oqilona variantni tanlash imkonini beradi.
4. Ish joylarini tashkil etish. Mehnat jarayoni ma’lum vaqt va makonda amalga
oshiriladi. Ish joyi mehnatni makoniy qo‘llash ob’ekti bo‘ladi. Ish joyi ishlab
chiqarish jarayonining birlamchi bo‘g‘ini va tashkiliy-texnikaviy negizidir. Aynan
unda ushbu jarayon uch asosiy elementining birlashishi ro‘y beradi va uning bosh
maqsadi – mehnat buyumining moddiy jihatdan o‘zgartirilishiga erishiladi. Shu
sababli ishlab chiqarish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun har bir
ish joyi aniq ishning tabiatiga ko‘ra muayyan tarzda tashkil qilingan bo‘lishi.
5. Mehnat sharoitlari. Mehnat sharoitlarini yaratish xodimlar faoliyatini
ma’naviy va moddiy jihatdan ta’minlashning ajralmas qismi bo‘ladi. Mehnat
sharoitlari insonning salomatligi va ish qobiliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadigan muhim
omildir. Mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishning qiziqarliligini oshirib, mehnatga
ijodiy munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashib, katta ijtimoiy vazifani ham bajaradi.
6. Mehnat va dam olish tartiblari. Bir qator mualliflar mehnat va dam olish
tartiblarini takomillashtirish masalalarini mehnat sharoitlarini oqilonalashtirishning
yagona muammosi doirasida ko‘rib chiqadilar. Biz bunday yondashuvga e’tiroz
qilmaymiz, lekin ushbu masalalar ma’lum xususiyatlarga ega ekanligi va nisbatan
mustaqilligi tufayli ularni xodimlarning faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashning
alohida elementi deb qarash maqsadga muvofiqdir.
7. Xodimlarni tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish. Tashkiliy vazifalarni
hal qilishda xodimlarni tayyorlash va ularning faollik darajasini oshirish katta
ahamiyatga ega. Bozor munosabatlarini rivojlantirish xodimlarni tayyorlash va
malakasini oshirishga yondashishni tubdan o‘zgartiradi. Yangi sharoitlarda
xodimlar bilan ishlash sohasida vaziyatga moslashuvchanlik zarur, ya’ni kasbiy
tuzilma ishlab chiqarishning texnikaviy negizi o‘zgarib borishiga muvofiq ravishda
o‘zgaruvchan bo‘lishi lozim.
8. Mehnatni rag‘batlantirish. Mehnatni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish
tizimini yaratish ish haqi, lavozim maoshi turlari va tizimlaridan foydalanish,
mukofotlash tizimlarini ishlab chiqish kabilarni nazarda tutadi. Mehnatni
rag‘batlantirishni tashkil etish mehnat faoliyatida yuksak ko‘rsatkichlarga erishish
maqsadida ish vaqtidan oqilona foydalanish, ilg‘or ish usullarini o‘zlashtirish, ish
joylarini yaxshiroq tashkil etish, ishda zaruriy aniqlik va uyushqoqlikni ta’minlashga
qaratilishi lozim.
9. Ijtimoiy-mehnat munosabatlari. Hozirgi vaqtda «ijtimoiy-mehnat
munosabatlari» atamasi ilmiy iste’molga kirib qoldi va faol ravishda ishlatilmoqda.
U nomlayotgan realliklarni tarkibiy element sifatida xodimlarning mehnat
faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashga kiritish o‘rinlidir.
10. Mehnat intizomi. Korxona xodimlarining umumiy mehnat natijalari har bir
xodimning shaxsiy mehnat natijalariga bog‘liqdir. Shu sababli ularning birgalikda
faoliyat olib borishlari uchun muayyan tartibni saqlab borish, ishning boshlanishi va
tugallanishi, tanaffuslar va hokazolarga rioya etish lozim. Bundan tashqari esa
mehnat intizomini saqlab borishning aniq mexanizmi ham zarur.
Dostları ilə paylaş: |