Reja: 1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning grammatik qurilish ni shakllantirish mazmuni. 2. Grammatik ко ‘nikmalarni shakllantirish usullari vayo ‘llari. Tayanch tushunchalar: tizim, grammatik tizim, grammatik ко ‘nikma, grammatik rivojlanish. 1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning grammatik qu rilishni shakllantirish mazmuni. Bola tilining grammatik tizimini
o‘z vaqtida shakllantirish - uni to‘laqonli nutqiy va umumiy psi-
xologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.
Tilning grammatik tizimini
bola predmetli harakatlami
0
‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqlikda bilishni rivojlantirish asosida
egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimi
ni shakllaatirish morfologiya (so‘zlami rodlar, sonlar, kelishiklarga
qarab o‘zgartirish), so‘z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir
So‘z negizida boshqa so‘zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo‘shma
gaplami tuzish) ustidagi ishlami o‘z ichiga oladi.
Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng
awalo ham bolaning o‘zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalar
bilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim.
Bolalarda grammatik tizimni - sintaksis, morfologiya, so‘z ho
sil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega
bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalami qo‘llashi
darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun
rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa,
keng fikr bildirish uchun motivatsiyani yaratish muhim.
Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turli darajada rivojlanadi va o‘z
navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo‘ladi.
Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga (gap so‘z
hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda -
gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g‘riligini