mutanosiblik, bolalar maktab ostonasiga qadam qo‘ygan kundan
boshlab ulaming rivojlanish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
So‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish,
ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli, vosita va metodlarini yengillashga
aloqida e’tibor berilmoqda. Davlat va jamiyat maktabgacha yosh-
da bo‘lgan bolalarni yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini
qo‘ydi. Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbi-
yasiga qo‘yiladigan davlat talablariga tayangan holda maktabgacha
yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim-tarbiya berish maqsadida
tayanch dasturlari taqdim etilmoqda. Bu tayanch dasturlari bugungi
kunda maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalariga jalb etilmagan 3
milliondan ortiq bolani ham rivojlantirish va yagona davlat talablari
asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi. Ta’lim-tarbiya ja-
rayoni yakunida mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir so‘z bilan
aytganda barkamol shaxsni voyaga yetkazish asosiy maqsad qilib
belgilandi. Bu uzluksiz ta’lim tiziminmg ilk turi - maktabgacha
ta’limga o‘ziga xos yondashuvni talab etar edi.
Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda
ota-ona zimmasiga uning sog‘lom, aqlli, icush xulqli qilib tarbiyalash
vazifasi qo‘yildi.
Bu ko‘nikma, malakalar bilish faoiiyatini tarkibiy qismlarga
bo‘lib, bola bilimlami chuqur egallab olishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: