Badiiy asar kompozitsiyasi



Yüklə 69 Kb.
səhifə2/3
tarix15.10.2023
ölçüsü69 Kb.
#155623
1   2   3
Badiiy asar kompozitsiyasi

har yurakning bir bahori bor,
har bir qalbga ishq bo’lar mehmon.
har yurakda gullar muhabbat,
Bo’ston etar uni begumon.


Lekin Layli boshiga kelgan
Qora kunlar bizga yot bugun.
Bizga yotdir Shirin baxtini
Paymol etgan u qop-qora tun,-
she’riga quyidagi epgraf keltirilgan:
Muhabbat
Ul o’zi eski narsa,
Lokin har bir yurak
Oni yongorta...
Xodi Toqtosh

Ko’rinadiki, har bir qalbda ishq gullarkan, yurak bo’stonga aylanadi. Shuning uchun ham Layli boshiga kelgan, Shirin baxtini paymol etgan qora kunlar o’tmishga aylangan, degan fikrni Xodi Toqtosh asaridan keltirilgan parcha yanada ta’sirdor qiladi, ishonchni oshiradi. “Yozuvchi yolg’onni to’qiydi-yu, haqiqatni yozadi”, - degan hikmatni guyo isbotlaydi.


3. Lirik chekinish. San’atkor asarida yaratayotgan syujet voqealaridan ba’zida o’zi ham ta’sirlanib ketadi, qalbida tug’yonlar, hislar, fikrlar quyulib kelaveradi. Shu jarayonda syujet voqealarini to’xtatadi-da, ana shu kechinmalarni ifodalaydi. Bu holat – lirik chekinishni keltirib chiqaradi. Lirik asar – shoir kechinmalarining ifodasi, dramatik asarda muallif nutqi ishtirok etmasligini hisobga olsak, lirik chekinishlar liro-epik asarlarda uchraydi. Jumladan, hamid Olimjonning “Zaynab va Omon” dostonida Omon o’z qismatini, tarixini so’zlar ekan, dunyo ona mehri bilan to’liq va ulug’ligini, ona va farzand o’rtasidagi sevgining buyukligini ta’kidlaydi. Ana shu tushunchalarning beg’uborligini, samimiyligini, jonga jon solib asrashligini ta’kid qilish, unga yana bir isbot keltirish uchun shoir lirik chekinishga yo’l qo’yadi:
Gul ochilar bahor chog’ida
Va to’lishar ona bog’ida.
Ona sevmas farzand topilmas,
Farzand yo’qdir onani sevmas.
Farzand guldir, ona bir bo’ston,
Shuning bilan jahon guliston.
Ana shundan so’ng Omon qismati – uning onasiz yolg’iz o’tgani, zaqqumlar yutgani, ona allasiga intizor bo’lgani, ona tovushiga zorligi tasvirlanadi. Bu tasvirni lirik chekinish yanada aniqroq va to’liqroq his etishga kitobxonni tayyorlaydi va shu xislati bilan asar g’oyasini ta’sirchanligiga hissa qo’shadi, asardagi olamni – busbutun bo’lishiga kichkina, lekin zarur ko’makni (“Arqonga qil quvvat”dir) beradi.
Lirik chekinishning yana bir ko’rinishida – san’atkorlar personajlarning xatti-harakatlari va xarakterlariga beriladigan baholarini ochiq ifoda qiladilar. Bunda ham ob’ektivlik qonuni saqlanadi, ya’ni ularning faoliyatiga yozuvchi aralashmaydi. Faqatgina bergan bahosi orqali qahramonlar qalbidagi hokim kuch (g’oya)ni eslatish (ta’kid etish) orqali – kitobxonni yangi voqealarga tayyorlaydi, voqealar mazmuniga alohida diqqat qilishga yetaklaydi. Buning isboti “O’tgan kunlar”dagi Otabek-Kumush-Zaynab munosabatlarida ham ko’rish mumkin:
“Birinchisini tavsif qilib ko’rsatish nechukkim biz shu o’ringacha ko’p qog’ozlarni qoralab kelamiz, o’qug’uchini ham zeriktirmay orqamizdan ergashtirgandek bo’lamiz, chunki Otabek va Kumush ishqlarida samimiyat, yana to’g’risi she’riyat bor edi. Ikkinchi masala ustiga o’tib tahlil qilmoqchi bo’lsaq, Otabekda majburiyatdan boshqa hyech gap topolmaysiz, topqan bilan o’qug’uchig’a qiziqarliq bir narsa chiqmaydir. Qahramonimizning hozirgi “majburiyati” sabablarini muhtaram o’qug’uchilar yaxshi his etsalar ham biz bir daraja o’z tomonimizdan ularni sanab ko’rsatamiz...” (“O’tgan kunlar. Mehrobdan chayon”, 339-bet).
Ushbu chekinish ham qahramonlarda mujassamlashgan iroda yo’nalishini yanada aniqlashtiradi, oldingi voqealar bilan keyingi voqealarni o’zaro bog’laydi, kitobxonga ma’lum muddat dam beradi va qiziqishini yana bir bahya ko’paytiradi. Bularning barchasi – yaxlit olam (roman)dagi g’oyaviy maqsadni sezadigan darajada jonlantiradi (badiiylashtiradi). Lirik chekinish ham kompozitsiyada zarur vosita ekanligini – yaratuvchan qudratga egaligini isbotlaydi.
4.
Yüklə 69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin