odam tili bilan yalaydi — olov tili bilan osmonni yalaydi;
o'tga urmoqchi — bolani urmoqchi.
Qaysi birikmada ,,til", ,,yalaydi", ,,uradi" so'zlari o'z ma'nosida, qaysi birikmada ko'chma ma'noda qo'llanganligi aniqlanadi.
O'xshatishlar ustida quyidagicha ishlanadi: gaplar oldindan xattaxtaga yoki kartonga yozib qo'yiladi va ular yuzasidan topshiriq beriladi:
— Gapni o'qing. Alanga nimaga o'xshatilyapti? ... yong'in borgan sari kuchayar, qimmatli kitoblarni ajdahodek yutayotgan alanga quturib, hujra eshigidan tutun aralash chiqib turar edi.
— Parchani o'qing. Suv alangaga qanday ta'sir qildi? Nima uchun?
...Chelaklab sepilgan suv unga kor qilmas, aksincha, moydek ta'sir qilayotgandek edi.
— Quyidagiparchada Ibn Sinoning holati nimaga o'xshatilyapti?
…IbnSino xuddi yaqin kishisini ko'rib, qabristondan qaytgan kishidek boshini quyi solib, yarim-yorti kuygan bir necha kitobni q|o`ltiqlagan holda uyiga jo'nadi...
So'ngra iboralar ustida ishlanadi. Bunda quyidagicha topshiriqlar bajariladi:
- Berilgan gaplarni o 'qing, tagiga chizilgan iboralarning ma 'nosiga diqqat qiling. Ularni bir so'z bilan almashtirish mumkinmi? Yoki ularning ma'nosini boshqa so'z bilan ifodalash mumkinmi? Askarlarning suroni quloqni qomatga keltiradi — qattiq eshitiladi.
Kechasi uyqusi kelib, ko'ziga qum tiqila boshlaganda ... — ko'zi
og'riy boshlaganda, uyqusi kela boshlaganda.
Ba'zilar mehnati bekorga ketayotganini ko'rib, qo 'llariniqo 'Itiqqa
urdilar — ishonchini yo'qotdilar.
... ko'pchilikning hafsalasi pir bo'ldi — ... ishini to'xtatdi.
... kiyimi bilan o'zi yonib ketishi turgan gap edi — aniq edi.
Oxiri baxayr bo'lsin — yaxshilik bilan tugasin.
7. ...nima to'g'risida bosh qotirayotganini bilib turibman —
o'ylayotganini;
8. Bu yerda qolsam bir kuni meni chaqirib, oyog'imga bolta uradi-
lar — yo'q qiladilar va shu kabilar.
Metodik adabiyotlarda badiiy asar matnini tahlil qilishning uch usuli: badiiy asarni yozuvchiga ergashib yaxlit o'rganish, obrazlar vositasida o'rganish, mavzuli-muammoli o'rganish aiohida ajratib ko'rsatiladi