Badiiy gimnastika tarixi Badiiy gimnastika elementlarini paydo bo`lish tarixi



Yüklə 25,62 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü25,62 Kb.
#163387
badiy gimnastika tarixi


REJA:


  1. Badiiy gimnastika tarixi


  2. Badiiy gimnastika elementlarini paydo bo`lish tarixi


  3. Badiiy gimnastika dasturi va musobaqa qoidalarini uzluksiz takomillashuvi


BADIIY GIMNASTIKA TARIXI



Badiiy gimnastika o‗z shakllanishi va rivojlanishida sport va sa‘atdan eng yaxshi xislatlarni o‗ziga mujassam qilgan holda uzoq davrni o‗tdi.

Barchaga ma‘lumki, odamlar juda qadim zamonlardan boshlab raqsga tushishgan. Raqs hissiyotlar va sezgilarni ifodalash usuli sifatida odamzotning barcha tarixida mavjud. Bu, o‗zida odamning musiqiy, jozibali, sport, estetik va badiiy rivojlanishi va ta‘limi vositalarini o‗zida uyg‗unlashtirgan raqsning ko‗p qirraligi bilan bog‗liq. Raqs har xil asrlar davomida, shu davr uchun o‗ziga xos xarakterga ega bo‗lgan. Raqs borgan sari o‗zgargan va yangidan-yangi yo‗nalishlarni qamrab olgan. Keyinchalik, raqs studiyalari va teatr san‘ati studiyalari paydo bo‗lgan.

X1X asrning oxiri – XX asrning boshlarida Fransua Delsartning ifodali gimnastika studiyasi, Emil Jak-Dalkrozning ritmik gimnastika, Jorj Demenining raqs gimnastikasi va Aysedora Dunkanning erkin raqs studiyalari juda katta ommaviylikka erishgan. Ularning ijodiy merosi butun dunyoda tan olindi va badiiy harakatning yangi yo‗nalishni rivojlanishiga asos bo‗ldi, aynan shu, qizlar uchun sport turini yuzaga kelishining boshlanishi bo‗ldi.

Fransua Delsart (1811 yil 11 noyabr – 1871 yil 20 iyul, Parij) fransiyalik qo‗shiqchi, vokal bo‗yicha pedagog va sahna san‘atining nazariyachisi hisoblanib, akterlar va raqqosalar uchun ifodali gimnastika tizimini yaratgan. O‗z hissiyotlarini mimika va imo-ishoralar bilan ifodalayotgan katta odamlar va bolalarning harakatlarini kuzatishi hamda yunon san‘atini o‗rganishi oqibatida, u, imo-ishoralarni mohiyatiga, mazmuniga va hissiy qirralariga ko‗ra tizimlashtirgan. Delsart jadvallar tuzgan va qo‗llar harakatlarining barchasini tasniflagan bo‗lib, ularda u yoki bu ifodali harakatlar va kayfiyat matematik aniqlik bilan aks ettirilgan. Masalan, faqatgina qo‗llar uchun harakatlarning 243 ta turlari nazarda tutilgan. Lekin, Delsart qo‗llar

harakatlari tizimini yaratishi orqali har bir hissiy holatga tananing, qo‗llarning, boshning ma‘lum bir holati va ma‘lum bir mimika mos kelishi kerakligini nazarda tutgan. U, odamning har xil kechinmalarini, kayfiyatlarini va fikrlarini sun‘iy harakatlar bilan emas, balki tabiiy harakatlar orqali etkazishga qobiliyatli odam gavdasi harakatlarining erkin va hissiy ifodaliligi ustida ishlashning yangi usullarini ishlab chiqqan. U, artistlarni oddiygina boshni ko‗tarishga, egilishga, burilishga, yurish va yugurishga emas, balki har bir harakatga ma‘lum bir mazmun va mohiyatni kiritishga o‗rgatgan. Uning gapiga ko‗ra, his qilish kam va o‗zidan sinovdan o‗tkazish etarli emas, balki hissiyotni harakatga aylantirish va boshidan o‗tgan kechinmani ifodalash zarur. Delsart harakatlarning har xil tezkorligiga va kuchiga katta e‘tibor qaratgan, bu, harakatlarning sun‘iyligini oldini olishga yordam beradi, deb o‗ylagan.

Delsart harakatning asosini, uning kelib chiqishini tabiiyligida ko‗ra bilgan, gimnastik mashqlarni musiqa bilan uyg‗unlashtirishga intilgan. U, quyidagi tamoyillarga rioya qilgan holda mashqlarni yaratgan:

  • ko‗pchilik bo‗g‗imlarni harakatlarga bir butun sifatida kirishishini;


  • odamning hissiy holati bilan gavda harakatlari o‗rtasidagi aloqadorlikni;


  • harakatlanishlar paytida qo‗llar va oyoqlarning qarama-qarshi harakatlarini (yurish va yugurishning turli xarakterlarini).


    1. elsart tomonidan ishlab chiqilgan ushbu barcha g‗oyalar va tamoyillar badiiy gimnastika uchun juda qimmatli hisoblanadi va uning bazaviy harakatlari asosiga kiritilgan. Masalan, badiiy gimnastikaning to‗lqinsimon va prujinasimon harakatlari ko‗pchilik bo‗g‗imlarni bir butun sifatida harakatlarga qo‗shilishi asosida, sekin-asta gavdaning bir zvenosidan boshqasiga o‗tish orqali bajariladi. Badiiy gimnastikada yurish, yugurish va sakrashlarning har xil bazaviy turlari, ularni bajarilishi paytida qo‗llar va oyoqlarning qarama-qarshi harakatlanishini talab qiladi.




Shveysariyalik bastakor va pedagog Emil Jak-Dalkroz (1865 yil 6 iyul, Vena, 1950 yil 1 iyul, Jeneva) ritmik gimnastika deb ataladigan mualliflik tizimini yaratgan bo‗lib, unda u, musiqiy ritmni odam gavdasining harakatlariga olib o‗tishga uringan. Emil Jak-Dalkroz, o‗zining tizimi asosiga musiqa ritmi va musiqani jozibali amalga oshirish tushunchasini qo‗ygan. Musiqa va joziba ritmdan boshlanadi. Tanani, qalbni, ruhni va umuman odamni tarbiyalash va shakllantirish uchun eng ifodali ritm zarur. Emil Jak-Dalkroz dunyoning yaratilishi sirlaridan voqif bo‗lish va misli ko‗rilmagan qudratga, o‗z tanasi va o‗z hayotida ritmni his qilishga qobiliyat faqatgina insonga xos, deb hisoblagan. Raqqosa musiqa va harakatlardagi ichki aloqani har doim anglashi kerak. Musiqa bilan shug‗ullanishdan oldin, ritm va tovushlarni yaratadigan hissiyotlar ichiga kirish, uni o‗zining tani-joni bilan his qilish va idrok qilishni o‗rganishi kerak. Emil Jak-Dalkroz bolalar uchun maktab ta‘limi tizimiga ritmikaning kiritilishini ahamiyatini alohida aytgan, chunki harakat – ularning zaruriy ehtiyoji hisoblanadi. U, ritmni har qanday san‘atni, jumladan she‘riyatni, haykaltaroshlikni, me‘morchilik va musiqani bilish uchun baza sifatida belgilagan. Musiqa odamning xulq-atvorini sokinlashtirishi va qo‗zg‗aluvchanligini tinchlantirishi orqali umumiy tarbiyaviy ahamiyatga ega, deb hisoblagan. Emil Jak-Dalkroz barkamol rivojlangan shaxs – odamning antik idealiga qaytadi. Uning maqsadi – odamni o‗zini-o‗zi bilishiga, hayotdan quvonishiga olib kelish, jismoniy va psixologik qiyinchiliklarni bartaraf qilish va o‗zining kuchi va ijodiy imkoniyatlari to‗g‗risida yorqin tasavvurlarni yaratish bo‗lgan. Emil Jak-Dalkrozning asosiy tamoyillari: ―Musiqa gavda harakatlarini ruhlantirish kerak, toki u ―ko‗rinadigan tovushga‖ aylansin‖. ―Tovushlar musiqasi va imo-ishoralar musiqasi bitta hissiyotlar bilan ruhlantirilishi kerak‖. Emil Jak-Dalkroz ―raqs‖ni ritmik harakatlarning uyg‗unligi sifatida belgilagan bo‗lib, ularning yordamida odam o‗z hissiyotlarini namoyon qiladi. Lekin, u, buni mumtoz raqsda ko‗rmagan. O‗z uslubiyotini ritmni ―qars urish‖ bilan o‗qitishi va qiyin o‗zlashtirayotgan o‗quvchilarga davomiylikni uyg‗unlashtirish maqsadida o‗zining tizimini musiqa ritmidagi erkin harakatlarda tuzgan (ritmik gimnastika). Ularning tarkibiga musiqa nazariyasi, xor tarkibida ashula aytish, solfedjio, shved gimnastikasi, ruhlantirilgan gimnastika, raqs kursi va hokazolar kabi predmetlarni kiritgan. Ritmik gimnastika darslarida qo‗llaniladigan vositalar badiiy gimnastikaning bazaviy elementlariga o‗xshash. Bunday harakatlarga yurish, yugurish,

sakrashlarning har xil turlari kiradi. Harakatlarning variantlari – uzilib va sokin ijro etish, musiqa ritmiga bog‗liq holda, musiqaning har bir tovushiga mos keladigan sekinlashish va tezlashish bilan qo‗llaniladi. Bunday mashqlarning barchasi qiyinlik darajasi bo‗yicha aniq ketma-ketlikda berilgan va shakli bo‗yicha juda xilma xil bo‗lgan. Mashg‗ulotlar tizimida ohang va ritmdagi juda kichik o‗zgarishlarni harakatlarda aks etuvchi musiqa ostidagi individual va guruhdagi improvizatsiya ancha sezilarli joy egallaydi.

Emil Jak-Dalkroz o‗z davrida keng tarqalgan gimnastik harakatlar musiqa bilan uyg‗un bo‗lgan har xil yo‗nalishlarni o‗rgangan va tahlil qilgan. U, ulardagi ijobiy va salbiy tomonlarini ajratgan bo‗lib, bu, uning ritmik tizimini betakror stilini shakllantirish imkonini bergan. Badiiy gimnastikada bunday yondashuv o‗z qo‗llanilishini topdi va yanada rivojlantirildi.

Fransiyalik fiziolog va pedagog Jorj Demeni (1850-1917) fiziologiya va anatomiya yutuqlari asosida tuzilgan gimnastik jismoniy tarbiya tizimi muallifi. Jorj Demeni o‗z davrida mavjud bo‗lgan gimnastikaning asosiy kamchiligi deb, harakatlarning o‗ta keskinligini, to‗g‗ri chiziqliligi va sun‘iyligini hisoblagan. U, fiziologik jarayonlarga asoslangan holda mushaklarni cho‗zishga va bo‗shashtirishga qaratilgan mashqlarning, ortiqcha davomiy statik kuchlanishlarsiz to‗liq amplituda bilan va keskin siltashlar va beso‗naqay harakatlarsiz bajariladigan mashqlarni maqsadga muvofiqligini isbotlagan. U, jismoniy tarbiyaga bo‗lgan quyidagi prinsipial talablarni ishlab chiqqan:


  • gimnastika dinamik bo‗lishi kerak, statik mashqlardan qochish kerak;


  • harakatlarda to‗liq amplitudaga erishish zarur. Agarda, bir xil mushaklar to‗liq kuchlangan bo‗lsa, unda qarama-qarshi mushaklar to‗liq bo‗shashgan bo‗lishi kerak;


  • harakatlar tabiiy ko‗rinishga ega bo‗lishi, burchakli va uzilib bajariladiganlari bo‗lmasligi kerak;



  •  harakatlarda ishtirok etmayotgan mushaklar, bo‗shashgan bo‗lishi kerak;




  • mashqlarni o‗rgatish paytida tanish mashqlardan notanish mashqlarga o‗tish, engil mashqlardan ancha qiyin mashqlarga, oddiylaridan murakkab mashqlarga o‗tish lozim.

    Jorj Demeni mashqlarni bajarishning qiyinligini va jadalligini o‗quvchilarni toliqish darajasigacha olib bormasdan sekin-asta oshirish kerakligini isbotlagan. Buning uchun u, yuklamaning kattaligini – quvvatini va ishlash vaqtini aniqlashni boshlagan. Jorj Demenining jismoniy tarbiya tizimi salomatlikni va jismoniy kuchni mustahkamlashga, energiyani eng kam sarflash bilan ishlash qobiliyatini ishlab chiqarishga va matonatni tarbiyalashga, tana va harakatlarning chiroyli bo‗lishini tarbiyalashga yo‗naltirilgan. Erkaklar uchun gimnastikaning asosiy maqsadi egiluvchanlikni, kuchni, epchillikni har qanday sharoitlarda ham tezkor va tejamkor harakatlar qilish hamda harbiy-amaliy harakatlarning turlarini o‗zlashtirishni rivojlantirishdan iborat. Qizlarni jismoniy tarbiyasida boshqa vazifalarni qo‗ygan, ularning ichida eng muximlari quyidagilar bo‗lgan: nozik harakatni va jozibani rivojlantirish, yaxshi qaddi- qomatni, egiluvchanlikni, epchillikni shakllantirish, ohista va nozik harakatlanish malakasiga erishish. Mashg‗ulotlar tarkibiga bulavalar, tayoqlar va boshqa jismlar bilan mashqlar hamda raqs qadamlari harakatlari, har xil ritmik harakatlar va improvizatsiya kiritilgan. Mashg‗ulotlar asosan, mumtoz asarlardan olingan musiqa ostida o‗tkazilgan.

    Jorj Demenining gimnastik tizimini ushbu ta‘kidlashlari va holatlari hozirgi vaqtda ham badiiy gimnastika uchun asos bo‗lib xizmat qiladi. Sportchi qizlarning zamonaviy dasturlarida Jorj Demeni tmonidan taklif qilingan jismlarning turlari o‗zgartirilgan holda qo‗llaniladi, barkamol shaxsni, nozik harakatlarni, egiluvchanlik va harakatlar go‗zalligini tarbiya qilish esa – badiiy gimnastika bilan shug‗ullanishning asosi hisoblanadi.

    Erkin raqs asoschisi, amerikalik raqqosa Aysedora Dunkan (1877 yil 27 may, San- Fransisko – 1927 yil 14 sentyabr, Nitssa) raqsni o‗ziga xos san‘at turi sifatida tushungan, mumtoz baletning qat‘iy qoidalarini inkor qilgan, raqsda tabiiylikka, raqs va musiqani bir butunga birlashtirishga intilgan. Aysedora Dunkan qadimgi YUnon san‘atiga tayangan holda, YUnon vazalariga chizilgan rasmlardagi pozalarni o‗rganish orqali yunonliklarning nozik harakatlanishlaridan namunalar olgan va raqsda tasviriy san‘at, musiqiy va nozik harakatlar shakllarini birlashtirishga uringan. Musiqadan va tirik tabiatdan ilhom olishi orqali, u, raqsning tabiiy shakllarini rivojlantirgan va siyqasi chiqqan standart aylanishlar va sakrashlarsiz o‗zining harakatlarini yaratgan. Musiqa va hissiyotlar uyg‗unligi haqqoniy va tabiiy bo‗lgan, uning tani- jonidan chiqib keladigan harakatlarni yuzaga keltirgan. Aysedora Dunkanning harakatlari musiqa ortidan yurgan, undan oldinga chiqib ketmagan. Uning raqslaridagi harakatlar oddiy bo‗lgan: qadam bosishlar, yarim barmoqlari ustida engil yugurishlar, kichkina sakrashlar, tabiiy to‗xtalishlar va pozalar, u, oyoq yalang engil shaffof, rivojlanuvchi tuniklarda raqs tushgan. Aysedora Dunkan raqsda improvizatsiya qilgan bo‗lib, bu harakatlar zavq bilan va chin dildan amalga oshirilgan, notabiiy ritmikali, musiqiy va betakror bo‗lgan. U Chaykovskiy, Vagner, Shubert, Betxoven, Motsart, Shopen va boshqa bastakorlarning yuqori badiiy musiqalari ostida raqsga tushgan. Musiqani hissiy qabul qilishi va uni harakatlarga o‗tkazishi, uning usuli asosida yotgan. Aysedora Dunkan o‗z o‗quvchilariga harakatlar paytida chiziqlarning to‗lqinsimon bo‗lishini va tirik tabiatning o‗ta go‗zal va tabiiy shaklini mujassamlashtirishga o‗rgatishga intilgan.

    Aysedora Dunkanning ijodiyoti avlodlardan avlodlarga o‗tib yangi yondashuvga o‗rnak bo‗ldi va yangi raqs yo‗nalishlarini yaratilishiga ko‗maklashdi.

    Aysedora Dunkanning ijodiyoti badiiy gimnastikaning rivojlanishiga ham ancha sezilarli ta‘sir ko‗rsatdi. Sportchi qizlardan musiqani individual interpretatsiya qilishlari va esda qoladigan obrazni yaratish uchun uni harakatlar bilan to‗liq o‗zaro bog‗lash talab qilinadi. Bidiiy gimnastikaning bazaviy harakatlari – to‗lqinlar, prujinasimon harakatlar va ularning uyg‗unligi, qo‗llar va tana bilan harakatlar, yugurish, yurish va sakrashlarning har xil turlari hisoblanadi.



    Shunday qilib, ajdodlarning ifodalangan gimnastika asoschisi F.Delsartning, ritmik gimnastika asoschisi E.J.Dalkrozaning, raqs gimnastika asoschisi J.Demenining va erkin raqs asoschisi A.Dunkanning ijodiy merosi X1X asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiyada keng ommalashdi. Nozik harakatlar va teatr san‘ati studiyalari katta miqdorda ochildi:

  • - 1912 yilda S.Volkonskiy Peterburgda ritmik gimnastika kurslarini ochdi. Studiyada Dalkroz tomonidan Rossiyaga yuborilgan rus o‗qituvchilari va mutaxassislari ish olib borishgan;

  • - 1915 yilda Petrogradda MXAT aktrisasi K.Isachenko-Sokolova nozik harakatlar va sahna ifodaliligi maktabini ochgan bo‗lib, unda F.Delsartning ifodalangan gimnastikasi, E.J.Dalkrozaning ritmik gimnastikasi, J.Demenining raqs gimnastikasi hamda predmetlar – koptok, sharf va boshqalar bilan mashqlar o‗z aksini topgan;

  • - 1918 yil E.I.Rambek (A.Dunkanning shogirdi) studiyasida nozik harakatlar bo‗yicha maxsus ta‘lim olgan E.N.Gorlova Petrogradda nozik harakatlar sohasida o‗zining pedagogik faoliyatini boshlagan. Keyinchalik Gorlova ―Geptaxor‖ studiyasi tizimi bilan va D.M.Musinaning studiyasi bilan tanishgan hamda ritmik gimnastika bilan shug‗ullangan;

  • - 1918 yil N.Romanovaning rahbarligi ostida ritm maktabi ochilgan bo‗lib, u, guberniya xalq ta‘limi bo‗limi tasarrufida bo‗lgan. Ritmik gimnastika maktablardagi jismoniy tarbiya darslariga kiritilgan va maktabdan tashqari vaqtda – bolalarning badiiy tarbiyasi vositasi sifatida kiritilgan;

  • -

Yüklə 25,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin