Etika — („odat“) shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini o`rganuvchi fan. Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar
Kasbiy tayyorgarlik - zaruriy kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy kompetentligining o'ziga xos ko'rinishi sifatida izohlanadi. Kasbiy tayyorgarlik o'z-o'zidan yuzaga kelmay, balki aniq maqsadlar asosida rejalashtirilgan muayyan bosqichlarni qamrab oladi.
Bunda kasbiy tayyorgarlikning asosiy mezonlari sifatida bo'lajak mutaxassisning faoliyatga amaliy tayyorgarligi va ixtisoslik doirasidagi bilim, ko'nikma va malakalarning o'zlashtirish, kasbiy faoliyat talablariga moslashish darajasi belgilanadi.
Standart — standartlashtirish ob’ektiga normalar, qoidalar, talablarni belgilaydigan normativ-texnik hujjat.
20. Baholash faoliyatini tartibga soluvchi asosiy instrumentlari.
21. Baholash faoliyatini litsenziyalash. Baholash faoliyatini litsenziyalash O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi (keyingi o’rinlarda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyalar berish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiya tashkil etiladi.
Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun baholash faoliyatining quyidagi yo’nalishlari bo’yicha namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi:
ko’char mulkni baholash huquqi uchun, qimmatli qog’ozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari;
ko’chmas mulkni baholash huquqi uchun, mulkiy kompleks sifatidagi korxonalardan tashqari;
“Ko‘chmas mulk” deb, qo‘Ilanish sohasi bo‘yicha foydalanish jarayonida uning tarkibiy tuzilishi, tavsifi, o‘ziga xos xususiyatlariga zarar yetkazmagan holda qurilgan o‘rnidan ko‘chishni inkor etadigan mulkka aytiladi. Ularga: binolar, inshootlar, yer uchastkalari va yer bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa mulklar kiradi. “Ko‘chmas mulk” so‘zi mantiqan uch ma’noda, ya’ni “qo‘zg‘almas obyekt”, “mulk”, “mulkka egalik” tushunchalarini anglatadi.