Baholash tizimi
14.05.2015 09:39 - Oxirgi yangilash 16.05.2015 04:03
18. Talabaning fan bo’yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:
R
f
= V x O
I
,
bu yerda:
100
V — semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda);
O
I
— fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).
19. Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball
hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to’plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha 55 va undan yuqori ballni to’plagan talaba fanni
o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l
qo’yiladi.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fan bo’yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga
ajratilgan ballning 55 foizi saralash ball etib belgilanadi va bunda joriy va oraliq nazoratlarning
har biriga ajratilgan ballning 55 va undan yuqori foizidagi ballni to’plagan talabalar ushbu fan
bo’yicha yakuniy nazoratga kiritiladi.
20. Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan
belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng.
IV. Nazorat turlarini o’tkazish muddati
21. Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan
tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o’tkaziladi. Yakuniy nazorat semestrning oxirgi 2
7 / 11
Baholash tizimi
14.05.2015 09:39 - Oxirgi yangilash 16.05.2015 04:03
haftasi mobaynida o’tkaziladi.
22. Talaba fan bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo’yicha to’plagan ballari
umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.
23. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra
nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat
turigacha, so’nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat
beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va
yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o’qishni
boshlaganidan so’ng ikki hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi.
24. Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha to’plangan ballari ushbu
nazorat turlari umumiy ballining 55 foizidan kam bo’lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va
yakuniy nazorat turlari bo’yicha to’plangan ballari yig’indisi 55 balldan kam bo’lsa, u akademik
qarzdor deb hisoblanadi.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida semestr yakunida fan bo’yicha joriy, oraliq yoki yakuniy
nazorat turlarining har biri bo’yicha saralash ballidan kam ball to’plagan talaba akademik
qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy
muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o’zlashtira olmagan talaba fakultet dekani
tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
25. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan
vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin.
Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a’zodan
kam bo’lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.
8 / 11
|