Vaziyat
Bahor kelib havo harorati o‘zgardi, o‘quvchilar ham bahor havosidanmi ancha tetiklashish o‘rniga erinchoq, o‘ychan bo‘lib qolishdi. Kunlar ham uzayganidanmi ko‘pchilik o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlari ko‘payib qoldi.
Anvar va uning sinfdoshlarining o‘zlashtirishlari ancha pasaygandi, ular o‘zlarini majburlasalarda ko‘ngildagidek dars tayyorlashmayaptilar, o‘zlarini behol, charchagan his qilishayapti. Fan o‘qituvchilarining ham shashti past, maktab jamoasi tushkun bir kayfiyatda yurardilar. Maktab psixologining aytishicha sinf o‘quvchilari aniq fanlar o‘qib to‘liqishgan bundan esa miya faoliyati charchagan. Psixolog o‘quvchilar faoliyatni o‘zgartirishni maslahat berdi.
Bunday vaziyatda darsdan zerikmaslik uchun turli ko‘ngil ochar joylarga masalan hayvonot bog‘i, muzey kabi joylarga ekskursiyalar uyushtirish kerak.
---------------------------------------------------------------------------------
6-sinf o’quvchisi kundaligini yo’qotib qo’ydi. Unda ikki nafar fan o’qituvchisining va unga nisbatan sinf rahbarining quydagicha so’zlari bor edi:
“Darsda juda yomon o’tirganligi, xulqi uchun yomon baho qo’yildi, o’rtoqlarining dars tinglashiga xalqit berdi. O’qituvchiga gap qaytardi, tartibga chaqirib qo’ying”. “Sinf rahbarini va sinf jamoasini hurmat qilmaydi va tan olmaydi. Yaqin o’rtoqlar orasiga sovuqchilik solidi. Chora ko’rishingizni so’rayman!”
Bu vaziyatda odob axloq haqida o‘sha o‘quvchga tushuntirish ishlari olib borilishi hamda oila davrasida han odob axloq chora tadbirlarini qo‘llash zarur deb o‘ylayman.
------------------------------------------------------------------------
Sharifa opa 7 ”a” sinf rahbari hozirda uni o‘quvchilarining odob-axloqi juda tashvishlantiriyapti. Sinf jamoasi aslida ahil-inoq ko‘rinadi, ammo yaqindan tanishsagiz sinfdan norozi holatda chiqasiz.Kecha Sharifa opa kasbdoshlaridan o‘quvchilari haqida salbiy fikrlar eshitdi. Sharifa opa o‘ylangancha kechagi gaplarni hayolidan o‘tkazardi:
-Nodiringiz bilmayman qanday bola, koridorda uchratib qolsangiz salom berishga aqlli yetmaydi. Hechnima bilmagan, ko‘rmaganday yoningdan o‘tib ketaveradi. Kiyimlariga onasi qaramasmikan hamisha kir, g‘ijim bo‘lib yuradi.-dedi o‘quvchidan nolib adabiyot o‘qituvchisi Sojida.
- Ey Nodirni qo‘ying,-deb gapga aralashdi biologiya o‘qituvchisi Munira- Jamolchi na o‘qituvchilarni hurmat qiladi, na sinfdoshlarini, darsda qachon qarama bir nimalarni muhokamaga qo‘yib janjal chiqaradi.Gapirganda baqirib gapiradi, shovqinidan boshing og‘rib ketadi, sening “qo‘y o‘tir, shovqin solma” degan gaping qulog‘iga ham yetib bormaydi.
- Sharifa opa xafa bo‘lmang-u qizlaringiz axloq-odob, madaniyat nimaligini bilishmaydi. Darsda saqis shamillatib yuzinga tik qarab o‘tirishadi, ko‘plari telefon o‘ynab darsga halaqit berishadi, bizni davrlarimizda qizlar, og‘il bolalardan uyalishardi, bularda na uyat bor, na tortinish, tavba, tavba…-deya matematika o‘qituvchisi Manzura opa norozi holda gapirardi.
Sharifa opa mum tishlagancha o‘qituvchilarning sinfi haqidagi salbiy fikrlarni eshitdi. Ayni paytda nima qilsam ekan degan savol uni o‘ylantirardi. “Sinfim bilan muloqatga kirishish o‘zim uchun muammo bo‘lib turganda, bu e’tirozlar ham kelib qo‘shildi” deya muammolarni bartaraf qilish yo‘llarini izlardi.
Bu vaziyatda birinchi bo‘lib o‘quvchilarning oilaviy sharoitlari bilan tanishib chiqish va qaysi o‘quvchi qanday sharoitda tarbiyalanganini bilib olish kerak. Keyin o‘quvchilarning qiziqishlarini o‘rganiv chiqish va shunga qarab turli chora tadbirlar ko‘rish lozim.
Dostları ilə paylaş: |