1. OTMda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash bo’yicha vazirlikning buyrug’i qachon qabul qilingan?
a) 2018-yil 5-iyun; b) 2018-yil 26-sentabr; c) 2018-yil 09-avgust.
2. OTMda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi Nizom nechi bobdan iborat?
a) 5 ta; b) 4 ta; c) 3 ta.
3. Talabalarning bilimi nechta mezon asosida baholanadi?
a) 5 ta; b) 4 ta; c) 3 ta.
4. Talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, mavzuning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda necha baho qo’yiladi?
a) 5; b) 4; c) 3.
5. Semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin qanday nazorat turi o’tkaziladi?
a) oraliq nazorat; b) yakuniy nazorat; c) qayta topshirish.
6. Yakuniy nazorat turi kim tomondan amalga oshiriladi?
a) o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan;
b) shu fan bo’yicha amaliy mashg’ulot olib brogan professor-o‘qituvchi tomonidan;
c) shu fan bo’yicha ma’ruza mashg’ulot olib brogan professor-o‘qituvchi tomonidan.
7. “Akademik qarzdor” talaba kim?
a) yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritlmagan talaba;
b) yakuniy nazorat turi bo’yicha qoniqarsiz baho olgan talaba;
c) barcha javoblar to’g’ri.
8. Appellatsiya komissiyasi kimtomonidan tashkil etiladi?
a) OTM rektori; b) fakultet dekani; c) kafedra mudiri.
9. Baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab qancha vaqt ichida apellatsiyaga berish mumkin?
a) 12 soat; b) 24 soat; c) 48 soat.
10. Talaba tomonidan berilgan apellatsiya Apellatsiya komissiyasi tomonidan necha kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
a) 2 kun; b) 3 kun; c) 4 kun.