Bajardi: 310-guruh talabasi Shernazarova Sadoqat


tarbiyasi va odob-axloq to’g’risidagi o’gitlar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix16.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#114354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
tarbiyasi va odob-axloq to’g’risidagi o’gitlar.” mavzusi doirasida aniqlangan ma’lumotlar 
ahamiyati kattadir. 
 
 
 


 
 
Sohibqiron Amir Temur ulug' zot sifatida. 

Ma'lumki, Sohibqiron Amir Temur qalamiga 
mansub 
"Temur 
tuzuklari" 
asari 
buyuk 
bobokalonimiz tarixini o'rganishdagi asosiy 
manbalardan biri hisoblanadi. Ushbu asar- siz 
Sohibqiron va uning davri haqidagi bilimlarimiz 
sayoz bo'lib qolar edi. Sohibqiron bobomiz 
shunday degan ekanlar "Yozilgan narsa avlodlar 
xotirasida 
qilingan 
ishdan 
ham 
uzoqroq 
yashaydi". Shu hikmatning isboti o'laroq, 
"Temur tuzuklari" ne-ne taloto'plarni boshdan 
kechirib, avlodlarga etib keldi. Ma'lumotlarga 
ko'ra, bu asarning asl nusxasi turkiy tilda 
yozilgan. Ammo bizning davrimizga qadar uning fors tilidagi nusxalari saqlanib qolgan. Ushbu 
nodir asar o'tgan asrning 60-yillarida sharq tillarining bilimdoni Alixonto'ra Sog'uniy tomonidan 
o'zbekchaga mahorat bilan o'girilgan. O'sha tahlikali zamonda "Temur tuzuklari"ni xalqqa 
qaytarish - qilich tig'iga barmoq urishdek xatarli edi. Buning uchun chinakam temuriy jasorat va 
jur'at lozim edi.
Ajdodlari asli andijonlik to'ralardan bo'lgan Alixonto'ra Sog'uniy Bolosog'un shahrida, 
Shokirxonto'ra xonadonida 1885 yil 21 martda dunyoga kelgan. "Sog'uniy" taxallusi Bolosog'un 
shahri nomidan olingan.
Diniy va dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan. O'ttizinchi yillarga kelib, Sharqiy Turkistonga 
o'tib ketadi. U yerdagi milliy-ozodlik harakatiga boshchilik qiladi. 1944 yil 12
noyabrda Sharqiy Turkiston jumhuriyati e'lon qilinib, Sog'uniy muvaqqat inqilobiy hukumat 
raisligiga saylanadi. Milliy qo'shin tashabbuskori bo'ldi va unga qo'mondon etib tayinlandi. 
Ulkan g'alabalari evaziga Alixonto'ra Sog'uniy marshal unvoniga sazovor bo'lgan. Taqdir 
taqozosi ila Alixonto'ra Sog'uniyning so'nggi 30 yillik umri Toshkentda o'tdi.
Ahmad Donishning "Navodir ul-vaqoe", Darvesh Ali Changiyning "Musiqa risolasi" 
shuningdek, "Temur tuzuklari" kabi asarlar Sog'uniy hazratlarining tarjimasi orqali xalqimizga 
yetib bordi. U "Devoni Sog'uniy" she'riy to'plami, "Shifo ul-ilal" ("Xastaliklar davosi"), "Asosul 
islom" ("Islom asoslari"), "Turkiston qayg'usi" asarlarining ham muallifidir. Ayniqsa, islom 
olamida katta shuhrat qozongan "Tarixi Muhammadiy" asari orqali Sog'uniy hazratlarining nomi 


mangulik daftariga yozilganligi shubhasiz. Shu o'rinda ko'pchilikning diliga bir savol keladi: 
"Nega shu paytga qadar Alixonto'ra haqida hech narsa bilmaganmiz?" Negaki, mustabid tuzum 
bundan manfaatdor emasdi, millatimiz ulug'larini tan olish - ular uchun mag'lubiyatga teng edi. 
Buyuk Istiqlol o'z ulug'larimizni tanish va ular hayotini o'rganish imkoniyatini berdi.
O'sha qaltis zamonda "Temur tuzuklari"ni tarjima qilish hazrat Sog'uniyga nima uchun zarur 
bo'lgan edi? Bu haqda alloma faxr bilan shunday so'zlarni yozganlar: "Ulug' bobomiz sohibqiron 
Amir Temur hazratlarining "Temur tuzuklari"ni o'z merosxo'rlari - kelajak bo'g'inlarimizga 
asliday qilib qaytardim. Inshoalloh, bu kitob nashr qilinib, ko'pchilik xalqimizga yetib boradi va 
ular ongida kimlar naslidan ekanligini bildirib, shonli-sharafli Vatanining haqiqiy tarixidan bir 
lavha bo'lib xizmat qiladi". Hatto, yuz bergan mushkulotlar ham 80 yoshdan oshgan nuroniy 
zotni ahdidan qaytara olmaydi. Chunonchi mashaqqatli tarjima yakunlangan kunlarning birida 
kelgan mehmon qo'lyozmaga qiziqib qolib, o'qishga so'rabdi. Alixonto'ra mehmonning yuzidan 
o'tolmay qo'lyozmani qo'liga beribdi. Ertasi u kishi kelib, qo'lyozma yo'qolganini, 
parishonxotirlikda taksida qoldirib ketganini aytibdi. Hammalari Toshkentdagi barcha taksi-
motor parklariga borishib, kitobga katta suyunchi belgilashibdi. Ammo qo'lyozma topilmabdi. 
Shundan keyin Alixonto'ra to'rt oy deganda boshqatdan tarjima qilibdi.
Xullas, 1967 yilda "Guliston" oynomasida "Temur tuzuklari"ning chop etilishi, bulutsiz osmonda 
chaqin chaqqandek favqulodda voqea bo'ldi. Sho'ro ma'murlari jurnalda "Temur tuzuklari"ning 
oxirgi qismi chop etilishiga ham toqat qilolmay, uni to'xtatib qo'yadilar.
"Tuzuklar"ning bosilishidan tug'ilgan vahimalar bosilmay turiboq, Tojikistonda chiqadigan 
"Sadoi Sharq" jurnalida o'zini "olim" sanovchi ikki kimsaning maqolasi bosiladi. Maqolada 
"Tuzuklar"ga nisbatan g'arazli va o'ta kaltafahmlarcha salbiy munosabat bildirilgan edi. Bu 
maqola "Guliston" jurnaliga jiddiy ayblar qo'yayotganligi sababli, jurnal xodimlari uni hazrat 
Sog'uniyga ko'rsatishga majbur bo'ladilar. Alloma maqolani jim tinglaydida, javobiga bir 
haftadan so'ng kelishlarini tayinlaydi. Aytilgan vaqtda jurnal xodimi kelib, hazrat Sog'uniy 
yozgan javob xatini oladi. "Oltin kitob himoyaga muhtoj emas, ammo..." deb nomlangan ushbu 
javob, ta'bir joiz bo'lsa, temuriy zarbaning ilmdagi aksi edi! O'n bir varaqli, keskin va fosh 
etuvchi javobni bitishda yuzlab noyob ilmiy manbalardan foydalanilgan edi. Javob xati ushbu 
bayt bilan nihoyalangan:

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin