MAVZU:Turli soxalar uchun moljallangan kompyuterlar va kompyuter tizimlari
Bajardi: 650-19 gurux talabasi Muxtorov Jamshid
Toshkent 2020
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, rivojlanishning yangi bosqichiga ko’tarildi. Shu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalaring ishlab chiqarishga, iqtisodga, biznesga, va o’qitish jarayonlarga tatbiqi tobora kengaymoqda. Har bir inson o’z faoliyatida kompyuterlardan unumli foydalana bilishi zarur bo’lib qoldi . Men quyida zamonoviy kompyuterlarning sinflari, tarkibi va imkonyatlari haqidagi ma’lumotlarga to’xtalib o’taman.
Dastlabki EHMlarning yaratilishi davrida, mashhur matematik Jon fon Neyman 1945-yildayoq kompyuter qurilmalari ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qanday tarzda universal va maqbul bo’lishi kerakligini aytib o’tgan edi. Shu bois kompyuter tuzilishining asoslari fon Neyman printsipi deb yuritiladi. Deyarli barcha zamonaviy kompyuterlar mazkur printsip asosida ishlaydi. Fon Neyman printsipiga ko’ra kompyuter quydagi qismlardan tashkil topgan bo’lishi lozim:
Arifmetik- mantiqiy qurilma –arifmetik va mantiiqiy amallarni bajaradi.
* Boshqarish qurilmasi - dastur bajarilish jarayonini tashkil qiladi va barcha boshqaruv vazifalarini bajaradi.
* Yodda saqlash qurilmasi yoki joriy xotira – ma’lumot yoki dasturlarni o’zida saqlaydi.
* Tashqi qurilmalar ma’lumotlarni kiritish va chiqarishni taminlaydi. Hisoblash uchun yaratilgan kompyuterlarning imkonyatlari hozirgi kunda behisob desak adashmayman.Shunday imkoniyatlarga Pentium kompyuterlari ham egadir. Bu kompyuter mashhur Inernational Business Mashines Corporation korxonasining mahsulidir.
Shaxsiy kompyuterlarning ommalashishida mikroprotsessorlar ishlab chiqaruvchi intel va MS DOS, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, XR, MS Word, MS Excel va boshka amaliy dasturlarni yaratgan, hamda rivojlanayotgan Microsoft firmasining munosib ulushi bor.Turli sohalarda qo’llanilish uchun kompyuterlar albatta zamonaviy va kuchli bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi.Shuning uchun men kompyuter sinflarini ham keltirib o’taman, mavzuimning dolzarbligi ham aynan shunda:
Mavzu: hozirda ishlab chiqarilayotgan shaxsiy kompyuterlarning
Protsessorlari va ularning xususiyatlari
Protsessorning funktsiyalari va uning asosiy xususiyatlari. Protsessorlar Maqsad Asosiy xususiyatlar
Markaziy protsessor (CPU) ni tanlash juda muhim masala, chunki kompyuteringizning tezligi unga bog'liq bo'ladi. To'g'ri tanlov qilish uchun, siz protsessorning asosiy parametrlari haqida fikringiz bo'lishi kerak.
Protsessorning asosiy xususiyatlari:
1) soat chastotasiSoatda soniyasiga soat zarbalari soni. Soat chastotasi qanchalik baland bo'lsa, kompyuter tezroq ishlaydi. Soat chastotasi GHzda o'lchanadi.
2) yadrolar soni- Zamonaviy protsessorlarda ikki, to'rt, oltita yoki undan ortiq yadro mavjud. Protsessorning yadrolari qanchalik ko'p bo'lsa, uning tezligi ham yuqoriroq bo'ladi, shuningdek, ko'proq dasturlarni bir vaqtning o'zida ishlatish mumkin.
Mobil tizimlar uchun mo’ljallangan ko’p yadroli protsessorlar
Reja:
1. Intel mobil protsessorlari.
2. Smartfon protsessorlari.
3. Eng kuchi protsessorlar
4. Mobil protsessorlarning xususiyatlari
Bugungi kunda mobil chipsetlar bozorida uchta asosiy ishtirokchi bor: Amerikaning Qualcomm kompaniyasi, Tayvanning MediaTek va Koreyaning Samsung. Shuningdek, chiplar Xitoy Spreadtrum, Amerika Intel va Apple tomonidan ishlab chiqilmoqda. Ikkinchisining chiplari faqat ularni ishlab chiqarish texnikasida qo'llaniladi (iPhone, iPad, iPod). Tarkib har bir korporatsiyaning protsessori (Appledan tashqari) etarlicha keng. Huawei kompaniyasini ham ta'kidlash kerak. HiSilicon protsessorlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo'yicha o'z bo'limiga egalik qiladi.
Barcha smartfonlar uchun eng yaxshi 3 protsessor narx toifalari, bir vaqtning o'zida ishlatiladigan modellar soni o'ndan oshishi mumkin. Model raqami to'g'ridan-to'g'ri ishlash darajasini aks ettirmasligi sababli, toping eng yaxshi protsessor tayyor bo'lmagan foydalanuvchi uchun smartfondan foydalanish qiyin. Masalan, 675x seriyasida MediaTek sakkiz yadroli MT6750, 6752, 6753 va 6755 modellarini taqdim etadi. Ulardan eng samaralisi 6755, lekin undan keyin 6753 emas (bu mantiqiy bo'lar edi), balki 6750 yoki 6752 (bu chip) tezda ishlab chiqarishdan olib tashlandi, chunki u joylashtirilgan joy uchun juda tez bo'lib chiqdi). Qayd etilgan 6753 seriyadagi eng zaif hisoblanadi.
Eng yaxshi deb hisoblanish uchun protsessor zamonaviy texnik jarayonga ega tez va tejamkor yadrolarga ega bo'lishi kerak. Bundan tashqari, u har qanday zamonaviy vazifaga mos bo'lishi va 4K-da o'yinlar va video dekodlash bilan shug'ullanishi kerak. Tanlovdagi barcha modellar buni amalga oshirishga qodir va 2016 yilning yozi oxirigacha flagman smartfonlarga o'rnatiladi va uzoq vaqt davomida dolzarb bo'lib qoladi.
Yozish paytida smartfon uchun eng yaxshi protsessor - Qualcomm Snapdragon 820. 2015-yil oxirida taqdim etilgan chipset birinchi marta 2016-yilning fevralida chiqdi, undan iborat Samsung flagmanlari Galaxy S7 (Xitoy versiyasi) va Xiaomi Mi5. Bu Qualcomm kompaniyasining ARM arxitekturasining modifikatsiyasiga asoslangan kuchli to'rt yadroli protsessor. Uning ishlash chastotasi 2,2 gigagertsgacha.
14 nm yupqa texnologik texnologiya tufayli, chip avvalgisidan farqli o'laroq, salqin va tejamkor bo'lib qoladi. Yuqori tezlik protsessor AnTuTu sinovlari bilan tasdiqlangan. Unga asoslangan mavjud smartfonlarning o'rtacha natijasi taxminan 140 ming ballni tashkil qiladi. Kelgusi nashr Xitoy flagmanlari Snapdragon 820 bilan yanada ta'sirchan raqamlarni ko'rsatadi. 821 raqami ostida yanada rivojlangan protsessor chiqariladi.
O‘rnatilgan tizimlarda qo‘llaniladigan zamonaviy protsessorlar
Reja:
1.O‘rnatilgan tizimlarda qo‘llaniladigan zamonaviy protsessorlar.
2. Super kompyuterlar va ularning xususiyatlari
3. Parallel hisoblash uchun mo‘ljallangan masalalar
O’rnatilgan tizim tushunchasi: O’rnatilgan tizim-bu amaliy kompyuter tizimi bo’lib, u boshqa turdagi kompyuter tizimlaridan, ya’ni shaxsiy kompyuterlar (PC) yoki superkompyuterlardan farq qiladi. Biroq, siz “o’rnatilgan tizim” tushunchasini tushunishda ba’zi qiyinchiliklarga uchrashingiz mumkin, chunki u texnologiyadagi o’zgarishlar va turli xildagi kompyuter qurilmalari va dasturiy qismlari narxlari sezilarli tushish natijasida doimiy ravishda mukammallashib boradi. Yaqin yillarda o’rnatilgan tizimning an’anaviy turlari doirasi ancha kengaydi. O’quvchi yaqin kelajakda bu tizimga duch kelishi mumkinligi sababli, tizim haqida mulohaza qilishni va bugungi kunda ular qanchalik to’g’ri ishlashi yoki kamchiliklarini tushunishi juda muhim hamda ular xususida onliravishda muhokama yurita olishi kerak. Quyida o’rnatilgan tizimning bir necha umumiy xususiyatlri haqida fikr yuritiladi:
O’rnatilgan tizimlar qurilmalar va dasturiy ta’minotining keng qo’llanishi jihatdan shaxsiy kompyuterlarga (PC) qaraganda ancha chegaralangan. Bu hol o’rnatilgan tizimlarining muhim yo’nalishlari uchun to’g’riligini saqlamoqda. Qurilmalar cheklanganligi to’rt jihatdan kamchiliklarga ega, ular ish sifatini yaxshilash, is’temol kuchi, xotira va qurilma keng tarqalishidagi kamchiliklardir. Dasturiy ta’minotdagi kamchiliklar jihatdan o’rnatilgan tizimlar shaxsiy kompyuterlarga ancha yaqin, ya’ni tatbiqlar kam, ko’lami past tatbiqlar, operatsion tizim yo’qligi yoki cheklangan tizimlar. Biroq bu ta’riflar boshqaruv kengashi nazarida qisman to’g’ri va shaxsiy kompyuterlardagi dasturiy ta’minotning avvalgi va bugungi avlodi ancha mukammal o’rnayilgan tizim loyihalariga qayta joylanmoqda.
O’rnatilgan tizimlar faqat maxsus vazifalarni bajarish uchun loyihalashtirilgan. Ko’plab o’rnatilgan qurilmalar asosan bir xususiy vazifa uchun ishlab chiqilgan. Biroq, biz bugun ko’rishimiz mumkinki ayrim qurilmalar, masalan shaxsiy ma’lumotlar bazasi yordamchisi (PDA) gibrid telefon kameralari bir necha turdagi funksiyalarni bajarish uchun islab chiqarilgan.shuningdek, so’ngi raqamli TV lar ikkitomonlama amallarni bajarishga moslashgan, ya’ni ko’plab turdagi “TV”larga bog’liq bo’lmagan umumiy, lekin muhim bo’lgan amallarni bajaradi, xususan e-mail, internetdan foydalanish va ko’plab o’yinlar.
O’rnatilgan tizim shunday kompyuter tizimidirki, unda boshqa kompyuter tizimlaridan ko’ra yuqori sifatli va ishonchli qurilmalar talab etiladi. O’rnatilgan qurilmalarning ba’zi qurilmalarida juda yuqori sifatli va ishonchli uskunalar bilan jihozlangan. Misol uchun, avtomobil motori kontrolerlarining harakat vaqtida tutashib ketishi yoki nozik tibbiyot asboblariningn jarrohlik vaqtidagi nuqsonlari juda jiddiy oqibatlrga olib keladi. Biroq, bu yerda ham shunday o’rnatilgan qurilmalar bo’lib, masalan TV, o’yinlar, kamera telefonlar kabi, ularda noqulayliklar mavjud bo’lib, lekin ular hayotga xavf soladigan holatlarni vujudga keltimaydi.
Ba’zi o’rnatilgan tizimlar deb nom olgan qurilmalar, misol uchun PDA yoki web bloknotlar, aslida o’rnatilgan qurilma emas. Kompyuter tizimlari sohada ba’zi bahsli holatlar uchraydi va an’anviy tizimlarning hammasi ham aslidao’rnatilgan tizim emas. Biroz tushunildiki, ancha mukammalroq loyihalarning o’rnatilgan tizim sifatida shakllanishi, masalan PDAning, nanotexnologik bozor va sotuv jarayoniga ko’proq bog’liq ekan muhandislarga qaraganda. Haqiqatda soha muhandislari o’rnatilgan tizim jarayonidagi faoliyatiga qarab o’zaro bo’lingan, hatto bu loyihachilar joriy tizimlar borasida birgalikda muhokamalashishsada, an’anaviy o’rnatilgan tizim rivojlanishda davom etadimi yo’qmi yoki sanoat jarayonida yakunda boshqalar tomonidan boshqariladimi. Hozirda sanoatni ta’minlaydigan kompyuter tizimlari ko’lami mavjud emasligi sababli an’anaviy o’rnatilgan tizimlar va umumiy maqsadli shaxsiy kompyuterlar orasidagi raqobat sustlashdi. Bu kitob o’rnatilgan tizim evolyutsion ko’rinishini asoslab ko’rsatib beradi,qaysiki bu turdagi kompyuter tizim loyihalarini o’z ichiga olgan.
2-Mavzu: Zamonaviy kompyuter va ularning arxitekturasi.
REJA:
Zamonaviy kompyuterlarning asosiy tavsiflari.
Periferik qurilmalar
Kompyuter tarmoqlari.
Tayanch so’zlar: Super kompyuterlar, katta kompyuterlar, mini kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar, sistema blok, mikroprotsessor, tezkor xotira, doimiy xotira, kesh xotira, videoxotira, shinalar, tashqi xotira, qattiq disk, videoadapter, klaviatura, matritsali printerlar, oqimli printerlar, skanerlar, monipulyatorlar
Zamonaviy kompyuterlarning asosiy tavsiflari.
Kompyuter – inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iboratdir. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor, xolos. Bunga, albatta, sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari, ilgargi universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan, ko`p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli – analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari yuqori bo`lgani uchun ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatda kompyuterlarning besh guruhi keng qo`llanilmoqda.
*(3.Discovering Computers 2016. Tools, Apps, Devices,and the Impact of Texnology. 55 pg.)
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab besh guruhga bo`lish mumkin:
super kompyuterlar (Super Computer);
katta kompyuterlar (Manframe Computer);
mini kompyuterlar (Minicomputer);
shaxsiy kompyuterlar (PC - Personal Computer);
bloknot kompyuterlar (Notebook).
Super kompyuterlar – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta
hajmdagi masalalarni yechish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Bunday masalalar sifatida ob – havoning global prognoziga oid masalalarni, uch o`lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o`rganish masalalari, global informatsion tizimlar va h.z. keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Super kompyuterlarning ma’lum yo`nalish masalalarini yechishga qaratilgan turlari ham mavjud.
Katta kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super kompyuterlarnikiga qaraganda bir – ikki pog`ona past.
Mini kompyuterlar hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog`ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning o`lchamlari tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bu kompyuterlar avvallari asosan harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan va maxfiy hisoblangan.
Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oily o`quv yurtlarida keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.
IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarishiga qaramay, ham texnik, ham dasturiy ta’minoti mosligi, ya’ni bir – biriga to`g`ri kelishi nazarda tutiladi.
Noutbuk kompyuterlar. Ularning hajmi ancha ixcham bo`lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko`tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan va ichiga o`rnatilgan batareyalardan ham uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlash mumkinligidir. Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o`zi zaryad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo`ljallangan bo`ladi.
Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho`ntak kompyuterlari ishlab chiqilmoqda.
Kompyuterning ishlash printsipi va tashkil etuvchilari
Kompyuterning ishlash printsipini birinchi ingliz olimi Charliz Bebich va uning g`oyasining mukammalshgan ko`rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning printsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma – ket ishlash g`oyasidan iborat. Hozirda ko`p rusumli kompyuterlar shu g`oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko`p protsessorli kompyuterlar, ya’ni bir vaqtda dasturning bo`laklarini ketma – ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini ko`rsatib o`tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan dastur asosida ishlaydi. O`z navbatida, dastur qo`yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir dasturlash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma –ketligidir. Dasturlash tilida tuzilgan dasturlar maxsus tarjimon dasturlar yordamida kompyuterlar tiliga o`tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma’lum qoidalar asosida yoziladigan ketma – ketliklardan iborat. Fon Neyman printsipi bo`yicha avtomatik ravishda bajariladigan dastur avval kompyuterning xotirasiga yuklanadi. Xotirada turgan dastur asosida dasturni tashkil etuvchi har bir operator ishni ketma – ket bajaradi.
*(3.Discovering Computers 2016. Tools, Apps, Devices,and the Impact of Texnology. 55 pg.)
Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o`rnatadi va uning bajarilishini ta’minlaydi. Amal esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi. Dastur ishlash natijasi to`g`ridan – to`g`ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko`rilishi mumkin. Odatda kompyuterlar ikki qismdan: Hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari – kompyuterning qattiq qismlari) va Software (kompyuterning dastur ta’minoti – kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi.
*(3.Discovering Computers 2016. Tools, Apps, Devices,and the Impact of Texnology. 55 pg.)
Shaxsiy kompyuterning tuzilishi
Birinchi shaxsiy kompyuterlar o`tgan asrning 70-nchi yillarining o`rtalarida paydo bo`lgan. Bular “Altair 8800”, “TRS-80 PC”, “PET PC” va “Apple” lardir. Mashhur Microsoft firmasining yaratuvchisi va boshlig`i bo`lgan Bill Geyts “Altair” shaxsiy kompyuter (ShK) uchun birinchi bo`lib BASIC tilining interpretatorini yaratdi. Natijada bu kompyuterlar, avval faqat o`yinlar uchun mo`ljallangan edi. Shu bilan birga foydalanuvchilar tomonidan biznesda va murakkab bo`lmagan muhandislik hisob – kitoblarida ham ishlatib kelingan. 1981 yilda IBM firmasi o`ziga xos ShK variantini yaratdi va u IBM PC deb nom oldi. Bu kompyuter juda ko`p ishlab chiqarila boshladi va jahonda ShK larning standartiga aylandi.
Shaxsiy kompyuterlar quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:
sistema bloki;
monitor;
klaviatura;
«sichqoncha»;
tashqi qurilmalar.
Sistema bloki
Sistema bloki – ShK asosini tashkil etuvchi qismi hisoblanib, unda kompyuterning asosiy qismlar joylashgan bo`ladi. Sistema bloki ichida joylashgan qurilmalar ichki qurilma, unga tashqi tomonidan ulanadigan qurilmalar tashqi qurilmalar deyiladi. Tashqi qo`shimcha qurilmalar ma’lumotni kiritish va chiqarish uchun xizmat qiladi.
Sistema bloki tashqi ko`rinishlari odatda yassi (desktop) yoki minora (town) ko`rinishlarda ishlab chiqariladi. Minora ko`rinishidagilari har xil o`lchamlarda bo`lishi mumkin: katta o`lchamli (BigTower), o`rta o`lchamli (MidiTower), kichik o`lchamli (MiniTower). Yassi ko`rinishdagilari esa ikki formatda bo`ladi: yupqa (Full-AT) va juda yupqa (Baby-AT).
Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo`lib, ular quyidagilar: tezkor xotira (RAM – Random Access Memory), mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari (elektron sxemalar, elektr manbai bilan ta’minlash bloki, kontrolerlar, adapterlar), yumshoq disk qurilmasi (FDD – Floppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi (HDD – Hart Disk Driver), faqat o`qish uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM – Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem, sistema platasi va boshqa qurilmalar. Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma – ket (COM) portlari orqali ko`plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin. Sistema blokining umumiy ko`rinishi 2.1 – rasmda keltirilgan.
Sistema platasi
Sistema blokidagi asosiy elektron sxemalar sistema platasida joylashgan bo`ladi (mother board). Unda BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, doimiy xotira, kesh xotira, shinalar, taktik generator joylashgan. Bundan tashqari, unda ba’zi bir qurilmalar ishini boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo`ladi. Hozirda shinalarning PCI/ISA turi keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning ma’lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo`lib, u orqali kompyuterga ko`p tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Kompyuterda kiritish – chiqarish portlari mavjud bo`lib, ular sistema blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, «sichqonch», klaviatura va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish – chiqarish portlari parallel va ketma – ket bo`ladi va ular mos ravishda LPT 1 – LPT 4 va COM 1 – COM 3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks – modem, “sichqoncha” va boshqa qurilmalar ulanadi.
Shunday qilib sistema platasi ShK ning asosiy platasi bo`lib, unda quyidagilar joylashgan:
protsessor – asosiy mikrosxema bo`lib, matematik va mantiqiy operatsiyalarni (amallarni) bajaradi;
chipset (mikroprotsessorli komplekt) – mikrosxemalar majmuyi bo`lib, ShK ning ichki qurilmalarining ishini boshqaradi va sistema blokining asosiy funktsional imkoniyatlarini aniqlaydi;
shinalar – qurilmalarni bog`lovchi simlar bo`lib, ulardan kompyuterning ichki qurilmalari orasidagi berilganlarni ayriboshlovchi signallar o`tadi;
tezkor xotira qurilmasi – mikrosxemalar majmuyi bo`lib, ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun mo`ljallangan;
doimiy xotira qurilmasi – uzoq vaqtgacha ma’lumotni o`zida saqlovchi mikrosxema;
slot – qo`shimcha qurilmalarni ulash qurilmasi.
Protsessor
Protsessor – bu kompyuterning asosiy mikrosxemasidir yoki boshqacha aytganda kompyuterning “miyasi”. U xotirada joylashgan dasturiy kodlarni bajarishni va barcha qurilmalar ishini boshqaradi. Uning ishni bajarish tezligi kompyuterning tezligini anqlaydi. Protsessor maxsus yacheykalardan tashkil topgan bo`lib, ular registrlar deb ataladi. Shu registrlarda buyruqlar joylashgan bo`lib, protsessor tomonidan boshqariladi. Protsessorning ishi shundan iboratki xotiradan ma’lum bir buyruqlar ketma – ketligi va ma’lumotlarni tanlanib bajariladi.
ShK larda albatta, markaziy protsessor (Central Processing Unit - CPU ) bo`lishi shart. U barcha asosiy operatsiyalarni (amallarni) bajaradi. Ko`pincha ShK qo`shimcha soprotsessorlardan tuzilgan bo`lib, ular ma’lum bir maxsus funktsiyalarni effektiv bajarish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Masalan, matematik soprotsessor raqamli berilganlarni qayta ishlaydi, grafik soprotsessorlar grafik tasvirlarni qayta ishlaydi va h.z.
Mikroprotsessor
Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi bo`lib, u ma’lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi. Birinchi mikroprotsessorlar 1971 yilda amerikaning Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Mikroprotsessor asosan arifmetik - mantiqiy va boshqarish qurilmalaridan tashkil topgan. Mikroprotsessor 140 tacha turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Arifmetik – mantiqiy qurilma boshqaruv qurilmasi boshqaruvida protsessorga kelayongan berliganlarni arifmetik va mantiqiy ko`rinishga aylantiradi.
ShK larning tezligi mikroprotsessorlar tezligiga bog`liqdir. Mikroprotsessorning tezligi esa o`z navbatida uning raziryadiga va taktik chastotasiga bog`liqdir.
Kompyuterni tashkil qilishning arifmetik – mantiqiy asoslari
Reja:
Reja:
1.Kompyuterlar tuzulishi
2. Ishlash prinsipi
3.Kompyuterlar tashkil etishning arifmetik mantiqiy asoslari
Xozirgi kunda foydalanayotgan kompyuterlarimiz tuzilish jihatdan asosan birxi bularning barchasi asus, acer, hp, lenovo va h.k barchasi monitor klaviatura va birqancha ichki jixozlar va qurilmalar dasturiy taminotlari ham bir biriga oxshash kompyuterlar qurilmalar va ularni ishga tushuruvchi dsturiy taminotlardan iborat
qurilmalar (ichki) :
qurilmalar (ichki) :
Qurilmalar biror fizik amaliyotni amalga oshirishga moljallangan elementlar yig’indisi
Kompyuter qurilmalari :
1- plata
2- protsessor ( markaziy miyya)
3- RAM ( tezkor xotira)
4- qattiq disk ( umumiy xotira)
5- sovutish tizimlari
6- video carta ( bazi kompyuterlarda qoshimcha)
qurilmalar( tashqi )
qurilmalar( tashqi )
1- monitor
2- klaviatura
3- sichqoncha
Qo’shimcha qurilmalar
Ovoz kuchaytirgich
Mikrafon va boshqa aksesuarlar
Dasturiy taminotlar:
Dasturiy taminotlar:
Operatsion tizim, malum kodyozish muhitlari,
Dasturlash tillari muhitlari, dasturlar va boshqalar
Operatsion tizim – operatsion titzimning asosisy vazifasi
Kompyuterni tashqi qurilmalaridan uzatilgan buyuruqlarni
Ichki qurilmalarga yetkazish ular tushunadigan holga keltirish
Va ichki qurilmalardan kelgan natijalarni tashqi qurilmada tushunarli holda korsatib berish
Qisqaha aytganda kompyuterni boshqarish
Dasturlar malum bir yonalishda malum chegara asosida ish olib boradi. Dasturni vazifasi ham operatsion tizimnikiga oxshasha faqat malum yonalishda va titzim komagi bilan ishlaydi
Dasturlar malum bir yonalishda malum chegara asosida ish olib boradi. Dasturni vazifasi ham operatsion tizimnikiga oxshasha faqat malum yonalishda va titzim komagi bilan ishlaydi
Dasturlash tillari muhitlari esa osha til tushunovchi buyuruqlarni mashina tiliga ogirib beradi
Qurilmalar mantiqiy elementlardan tashkil topadi
Qurilmalar mantiqiy elementlardan tashkil topadi
Mantiqiy elementlarga buyuruqlar arifmetik qiymatda keladi
Masalan protsessor 1soniyada qanchdir million axborotni 010101010111010010111100100100000100000100010000001
Korinishda qabul qilib oladi va qatsi xolarda qaysi mantiqiy elementga necha volt qiymatdagi tok borishini aniqlaydi va bajaradi buni hisobiga osha mantiqiy elementlar vazifani bajaradilar va natijani beradi natijani yana protsessor oladi
Mavzu:Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli mantiqiy asoslari.
Reja
Kompyuterlarni ko‘p sathli tashkil qilinishi asosida o‘rganish
Kompyuter sathlari
Zamonaviy kompyuter arxitekturasi
Zamonaviy kompyuter o‘zaro bog‘langan - protsessorlar, tezkor xotira modullari va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat bo‘lishi mumkin. 1.1-rasmda bitta markaziy protsessorga ega bo‘lgan kompyuterning tuzilish chizmasi keltirilgan.
1.1-rasm. Bitta protsessorli kompyuterning tuzilish chizmasi.
Kompyuter sathlari
Zamonaviy kompyuter arxitekturasini o‘rganishga bag‘ishlangan adabiyotlarda kompyuter arxitekturasini, bir nechta sathlar ierarxiyasidan iborat ko‘rinishda ifodalab o‘rganish amalga oshirilgan.
Ko‘pgina zamonaviy kompyuterlar ikki va undan ortiq sathlardan iboratdir. 1.2-rasmda kompyuter arxitekturasining olti sathdan iborat tuzilishga ega ko‘rinishda ifodalangan chizmasi keltirilgan.
1.2-rasm. Olti sathli kompyuter.
Kompyuter sathlari
Nolinchi sath – bu kompyuterning apparat taminoti sathi hisoblanadi. Raqamli mantiqiy sath, ya’ni nolinchi sath ob’ektlari ventillar, ya’ni uzgich-ulagichlar deb ataladi. Ular yordamida - И, ИЛИ, НЕ (AND, OR, NOT) kabi oddiy mantiqiy funksiyalar bajariladi (1.3-rasm).
Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1 raqamlarini saqlay oladigan 1 bitli xotira elementlari, ya’ni triggerlar hosil qilinadi. Masalan SR, JK, T va D kabi triggerlar (1.4-rasm). Umuman kompyuter ham - ventillardan tashkil topgandir.
1.3-rasm. Asosiy mantiqiy elementlar.
1.4-rasm. SR-triggeri.
Guruhlarga birlashtirilgan xotira elementlari esa, registrlarni hosil qiladi. Registrlar 8, 16, 32 yoki 64 bit uzunliklarga ega bo‘lishlari mumkin (1.5-rasm).
Guruhlarga birlashtirilgan xotira elementlari esa, registrlarni hosil qiladi. Registrlar 8, 16, 32 yoki 64 bit uzunliklarga ega bo‘lishlari mumkin (1.5-rasm).
1.5-rasm. Registr.
Kompyuter sathlari
Birinchi sath – mikroarxitektura sathi deb ataladi. Ushbu sathga tegishli bo‘lgan elektron sxemalar mashinaga bog‘liq bo‘lgan dasturlarni bajaradi, ya’ni kompyuterda ishlatilgan protsessorga mos keladigan dasturlarni bajaradi. Masalan Intel, Apple, DEC va boshqa xil protsessorlarga mos bo‘lgan dasturlar. Birinchi sathda 8-ta yoki 32-ta registrlardan iborat lokal xotira va arifmetik mantiqiy qurilma (Arithmetic Logical Unit - ALU) deb nomlangan sxemalar mavjud.
Arifmetik mantiqiy qurilma(AMQ) – oddiy arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga registrlar birgalikda ma’lumotlarni ishlash ketma-ketligini, ya’ni ma’lumotlar traktini shakllantiradi (1.6-rasm).
Arifmetik mantiqiy qurilma(AMQ) – oddiy arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga registrlar birgalikda ma’lumotlarni ishlash ketma-ketligini, ya’ni ma’lumotlar traktini shakllantiradi (1.6-rasm).
1.6-rasm. Fon-neyman mashinasining ma’lumotlar trakti.
Kompyuter sathlari
Ba’zi kompyuterlarda (protsessorlarda) ma’lumotlar trakti – mikroprogramma (mikrodastur) deb nomlangan maxsus dastur tomonidan nazorat qilinadi. Boshqa xil kompyuterlarda esa ma’lumotlar trakti –apparat vositalar tomonidan nazorat qilinadi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda ma’lumotlar trakti - odatda apparat vositalar tomonidan nazorat qilinadi. Shuning uchun birinchi sathning nomi – mikroarxitektura sathi deb nomlangan.
Kompyuter sathlari
Ikkinchi sath – buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathi deb ataladi. Kompyuter ishlab chiqaruvchi har bir firma, o‘z kompyuterida ishlatilgan protsessorga mos mashina tiliga oid qo‘llanma ham taqdim etadi. U tavsifi keltirilgan buyruqlar to‘plami interpretator-mikrodastur yoki apparat ta’minoti tomonidan bajarilishi va bu sathga oid ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
Kompyuter sathlari
Uchinchi sath – operatsion tizim sathi. Ushbu sath gibrid sath hisoblanadi. Operatsion tizim sathining bunday deb atalishiga sabab, uning tilidagi ko‘pchilik buyruqlar, undan pastroqda joylashgan buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathida ham, mavjuddir. Biron bir sathga tegishli buyruqlar, boshqa bir sathda ham ifodalanishi va ishlatilishi mumkin.
Kompyuter sathlari
To‘rtinchi va beshinchi sathlar – dasturchilar uchun ishlab chiqilgan quyi va yuqori sath tillaridan iboratdir. To‘rtinchi sath - turli xil protsessorlar uchun ishlab chiqilgan turli xil assembler tillaridan iborat bo‘ladi. Beshinchi sath esa amaliy dasturchilar uchun mo‘ljallangan yuqori sath tillari - C, C++, Java kabi tillardan tashkil topgan bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan har bir sathga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, amallar va tavsiflar xillarining to‘plami arxitektura deb ataladi.
Yuqorida keltirilgan har bir sathga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, amallar va tavsiflar xillarining to‘plami arxitektura deb ataladi.
Buyruqlar tizimi arxitekturasi
Reja
1.Buyruqli arxitektura tizimi
2. Mikroprosessor mikroarxitekturasi
3. Makroarxitektura
Kompyuter texnologiyalari rivojlanishining yangi bosqichi. Mikrosxemalar asosida protsessorlarning rivojlanishi natijasida raqamli kompyuterlarning o'lchamlari va shakli sezilarli darajada pasaydi.
Mikroprosessor (MP) bu raqamli ma'lumotlarni qayta ishlash va ushbu ishlov berish jarayonini boshqarish uchun mo'ljallangan va bitta yoki bir nechta yirik integral mikrosxemalar (LSI) shaklida ishlab chiqilgan dasturiy ta'minot tomonidan boshqariladigan qurilma.
Katta integral kontaktlarning zanglashiga olib borishi haqida tushuncha hozircha aniq belgilanmagan. Ilgari, ushbu sinf chipga 1000 dan ortiq elementlarni o'z ichiga olgan chiplarni o'z ichiga olishi kerak deb ishonilgan. Darhaqiqat, birinchi mikroprosessorlar ushbu parametrlarga mos keladi. Masalan, 70-yillarning oxirlarida ishlab chiqarilgan K584 mikroprotsessor to'plamining 4 bitli protsessor qismida 1500 ga yaqin element mavjud edi. Endi, mikroprosessorlarda o'n millionlab tranzistorlar mavjud bo'lsa va ularning soni doimiy ravishda k
Mikroprosessorlar tizimi (MPS) - bu bir yoki bir nechta qurilmalardan tashkil topgan funktsional jihatdan to'liq ishlab chiqarilgan mahsulot bo'lib, uning asosini mikroprosessor tashkil etadi.
Mikroprotsessor juda ko'p parametrlar va xususiyatlar bilan tavsiflanadi, chunki bu, bir tomondan, funktsional jihatdan murakkab hisoblash moslamasi, ikkinchi tomondan, elektron qurilma, elektron sanoat mahsuloti.
Dostları ilə paylaş: |