Bajardi: A. Sultonov Qabul qildi: M. Gaybullayeva Qishloq xo’jaligida ekologiya. Reja



Yüklə 403,5 Kb.
səhifə2/3
tarix09.04.2023
ölçüsü403,5 Kb.
#95258
1   2   3
ABBOSXON 21 13 — копия

Latent davri - bunda o’simlik spora, urug’ yoki meva holida tinim davrida uchraydi.

  • Virgil davri - o’simlikning nihollik, yosh o’simlik va voyaga yetgan holatidir. Nihollar yosh o’simliklardan Urug’palla barglarining bo’lishi bilan farqlanadi.

  • Generativ davri - o’simlik hayotida sporalar yoki urug’lar bilan ko’payishning boshlanishi bilan tavsiflanadi.

  • Senil davri - yoshi ortishi bilan generativ ko’payish xususiyati yo’qoladi.

    Populyatsiya o’simlikning turli davrlarida kechadi.T.A.Rabotnov ma’lumotlariga ko’ra invazion, normal va regressiv turlardagi populyatsiyalar ajratiladi. Invazion tipdagi populyatsiya deyilganda, o’simliklar jamoasiga endigina kirib kelayotgan populyatsiyalar tushinilib, uni nihollar, yosh o’simlik hamda voyaga etgan holda uchratish mumkin.
    Regressiv turdagi populyatsiya generativ ko’payish xususiyatini yo’qotgan populyatsiyadir. U odatda gullamaydi yoki gullasa ham unuvchanligini yo’qotgan bo’ladi. Ana shu holat populyatsiyaning fitotsenozda o’lib, yo’qolib, chirib ketayotganligidan dalolat beradi. Normal turdagi o’simliklar populyatsiyasi jamoada taraqqiyot davrining barcha bosqichlarini to’liq o’tkazuvchi o’simliklardir. Ular spora yoki urug’lar tortib to voyaga yetgan o’simlik ko’rinishida uchraydi. Senotik nuqtai nazardan ular o’simliklar jamoasining asosiy populyatsiyasi hisoblanadi. Populyatsiyaning yosh tuzilmasi o’simlik va hayvonlarda ham bir necha omillarga bog’liq. Yantoq - ko’p yillik ildiz poyali o’simlik. U O’rta Osiyoning Qora Qum, Qizil Qum, Ustyurt, Sirdaryo va Amudaryo bo’ylarida Farg’onada uchraydi. Yantoq kul rang, qo’ng’ir, kuchsiz sho’rlangan qumli tuproqlarda, ko’pincha daryolarning qurib qolgan qirg’oqlarida, tashlandiq yerlarda, tekisliklarda, lalmi dehqonchilik yerlarida begona o’t sifatida o’sadi. Yantoqning urug’i mayda, silliq buyraksimon, to’q qo’ng’ir rangda urug’ pallalari ovalsimon, tuksiz, qisqa bandli.
    Boshlang’ich haqiqiy barglar 9-13 kundan keyin yoriladi. Ildizi shu vaqtlarda 8-10 sm.ga boradi. 40-45 kun ichida novdalarning yalpisiga shonalashi kuzatiladi. Shoxlanish xususiyatlaridan biri tikanlarning shakllanishidir. Bir yillik individlarda dastlabki tikanlar 2-5 bo’g’inlarda 22-27 kunlari rivojlanadi. Vegetativ kunlarining oxirgi davrida yantoqning to’liq shakllanganligi va ko’p sonli barglarga ega bo’lishi kuzatiladi. Ikkinchi yili vegetatsiya bolshanishi bilan yillik novdalarda 2 turdagi barglar hosil bo’ladi: ostki tangachasimon va haqiqiy fotosintez qiluvchi barglar. Yantoq madaniy holda o’stirilganda generativ davrga ikkinchi yili vegetatsiya qiluvchi individlarning 60 foizi o’tadi. Voyaga yetgan virgil individlar jinsiy voyaga etgan individlardan ancha yirik barglari va maydi tikanlari bilan ajralib turadi. Ikkinchi yilgi o’simlik ildizpoyasidan shakllangan 2-3 ta yer ustki novdalar tashqi ko’rinishi bilan ona o’simliklardan farq qilmaydi va ular gullab meva beradi. Uchinchi yil vegetatsiyasida o’simlik 86 foizgacha gullab meva hosil qiladi. Tabiiy yantoqlarda ko’pgina meva hosil qilmaydigan individlar qarigan bosiichda bo’lib, xalq orasida u qora yantoq deb nom olgan.


    Yüklə 403,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin