Bajardi: Abdirasulov. A



Yüklə 94,41 Kb.
tarix01.05.2023
ölçüsü94,41 Kb.
#105512
Akobir 3

  • Termiz Agrotexnalogiyalar va Innovatsion Rivojlanish Instituti Agrolagistika va Biznes fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi 1-bosqich 116-guruh talabasi Abdirasulov Akobirning O’zbek tilining soxada qo’llanilishi fanidan tayorlagan MUSTAQIL ISHI
  • Bajardi: Abdirasulov. A
  • Qabul qildi: Bozorov. Sh
  • Mavzu: Sodda gaplar va qo’shma gaplar
  • Sodda gaplarga misollar yozish
  • Qo’shma gaplarga misollar yozish
  • Sodda gaplarasosida qoshma gaplar tuzish
  • Qishloq xo’jaligiga oid qo’shma gaplar tuzish
  • Sodda gap — oʻz tarkibida birgina predikativ birlikka ega boʻlgan, maʼlum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonatsion jihatdan shakllangan sintaktik birlik (Sen kosmonavt boʻlmoqchimisan? Togʻ tepasida toʻplanayotgan bulutlar tushga borib quyuqlasha boshlaydi.
  • Men sizga mashq chalib beray). S. g. bir predikativ aloqani namoyon qiluvchi sodda birlik sifatida ikki yoki undan ortiq sodda predikativ birliklarning qoʻshilmasidan iborat boʻlgan qoʻshma gapga qaramaqarshi qoʻyiladi.
  • S.g.ning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin: uning muayyan soʻz shakllari (ran predikativ asosining tarkibiy qismlari) orqali shakllanuvchi sintaktik strukturasi va mazkur tarkibiy qismlarning oʻzaro munosabati; uning semantik strukturasi; soʻz tartibi va ohang; ran predikativ asosining tarkibiy qismlari yoki predikativ asosning kengaytiruvchilari hisoblangan gap boʻlaklari.
  • S.g. tuzilish asosining miqdoriga koʻra, 2 turli boʻladi; ikki tarkibli ran, bir tarkibli ran. Ikki tarkibli gapning predikativ asosi ega va kesim boʻlaklaridan iborat boʻladi (Salqin shamollargina qizning sochlari bilan oʻynashadi. Koʻkda tanho oy kezmoqda). Bir tarkibli gapning predikativ asosi ega yoki kesimga ega boʻladi.
  • Oʻzbek tilida bir tarkibli gaplarning quyidagi turlari bor: shaxsi aniq ran (Shu yorugʻ yoʻlda sizga zoʻr baxtlar tilayman); shaxsi nomaʼlum ran (Joʻjani kuzda sanaydilar); shaxsi umumlashgan ran (Dehqon boʻlsang shudgor qil, mulla boʻlsang takror qil); shaxssiz ran (Toʻrtbesh kundan keyin terimga tushiladi); atov ran yoki nomlovchi ran (Ana sovuq, mana qor! Mana Oʻsarjonning bolasi... Samarqand. Registon maydoni...).
  • s.g. yigʻiq yoki yoyiq boʻlishi mumkin. Yigʻiq S.g. bosh boʻlaklardangina, yaʼni birgina predikativ sintagmadangina iborat boʻladi (Ish boshlandi. USlar kelishyapti); yoyiq S.g. bosh va ikkinchi darajali boʻlaklardan tashkil topadi, yaʼni uning tarkibida predikativ sintagma bilan birga boshqa sintagmalar ham boʻladi (Nizomjon opasining gaplarini chin yurakdan eshitib oʻtirardi).
  • Bilib oling. Qo'shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo'shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni 
  • bog'lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog'lovchi vositalar hisoblanadi. Qo'shma gap qismlari 
  • quyidagi bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanadi: 1.Bog'lovchilar: a) teng bog'lovchilar (va, hamda, 
  • ammo lekin, biroq, yo, yo..., yo, dam..., dam...) b) ergashtiruvchi bog'lovchilar
  • 2. bog'lovchi vazifasidagi 
  • vositalar: a) bo'lsa, esa, deb; b) -u, (-yu), da, -ki yuklamalari; d) nisbiy so’zlar; e) shuning uchun, shu tufayli, shu 
  • sababli singari ko'makchili qurilmalar; f) shart mayli qo'shimchasi (-sa). 3. Ohang. 

Yüklə 94,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin