O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “ TT VA KT” FAKULTETI 2– BOSQICH tt-11/21 GURUH TALABASINING KAMPYUTERNI TASHKIL ETISH FANIDAN TAYYORLAGAN 2-amaliy ishi
Ishdan maqsad:Buyruqlar tizimi arxitekturasi bilan tanishish,buyruqlar tizimini o’rganish,buyruqlar formatlari va format turlarini o’rganish. Xotira turlari va xususiyatlarini o’rganish.
Nazariy ma’lumotlar:
Buyruqli arxitektura tizimi Buyruq (ингл: instruction, рус: команда) Bajarilishi zarur bo‘lgan amalning ta’rifi. Topshiriqlarni boshqarish tilini ko‘rsatish, dastur operatori, boshqaruvchi signal va foydalanuvchi talablari buyruq (ko‘rsatma) hisoblanadi. Barcha hollarda, buyruqlar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimida ma’lumotlar jo‘natish yoki tizimlar orasida ma’lumotlar uzatish jarayonlarini boshqarish amalga oshiriladi. Har bir buyruq amal kodidan tashkil topib, qaysi obyektga va nima qilish kerakligini, olingan natijani qayerga yuborish kerakligini xabar qiladi. Amallarni bajarishda ishlatiladigan buyruqlar yig‘masi buyruq tili bilan aniqlanadi. Buyruqlar tizimi-bu kompyuter ishlatadigan buyruqlar ro’yxati bo’lib, ular yordamida dasturchi ma’lumotlarga ishlov berishning o’z algoritmini ishlatadi. Barcha mikroprotsessorlarni guruhlarga ajratish mumkin:
CISC (Complex Instruction Set Command) to’liq buyruqlar tizimining to’plami bilan;
RISC (Reduced Instruction Set Command) qisqartirilgan buyruqlar tizimining to‘plami bilan;
VLIW (Very Length Instruction Word) buyruq so‘zi juda uzun bo’lgan;