Sog’lom e’tiqord egasida bu tuyg’u dunqarashdagi barqarorlikni belgilaydi, vujudga kelgan muammolarni hal etishga, qiyinchiliklarni yengishga, ziddiyatlarni bartaraf etishga undaydi, axloqiy sobitlikni, fikr va amalda izchillikni, hayotda faollikni ta’min etadi.
E’tiqodning nazariy ifodasi sifatida mafkura shakllanadi. sog’lom e’tiqod egasi doim bunyodkorlik tarafdori bo’ladi. Inson e’tiqodi dunyoviy yoki diniy mazmunga ega bo’lishi mumkin va uning e’tiqodi faqat amaliy faoliyatidagina namoyon bo’ladi. SHuning uchun shaxs to’g’risida u o’zi haqida bildirayotgan fikrga qarab emas, balki amaliga, ishiga qarab xulosa chiqariladi. Prezidentimiz Islom dini peshvolariga yuzlanib shunday dedi: «Ulamolar safiga turli baqiroqlar, kuni kecha partbiletini ko’tarib raykomga yugurgan, bugun sallani qiyshiq o’rab masjitga yo’rg’alagan beburd kimsalar adashib kirib qolmasin