Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning ma’rifiy-axloqiy qarashlari O’zbek xalqining turli an’analariga boy, milliy qadriyatlari keng ma’no va chuqur tarixga ega. Mustabid tuzum davrida toptalgan adriyatlarni qayta tiklash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan bugungi kunda odob-axloq va yoshlarni tarbiyalashda qadriyatlarimizga oid manbalarni o’rganish va hayotga tatbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shunday asarlardan biri Muhammad Sodiq Qoshg’ariy (1740-1843)ning “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”) kitobidir. Mazkur asar kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo’lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir. Bu asar XIX asr boshlarida xalqimizning odob-ahloq me’yorlari va milliy qadriyatlarini o’zida mujassamlashtirgan. Olim 1740 yilda Qashg’arda tavallud topgan. U tarixchi, adabiyotshunos, mutafakkir olim, mutasavvuf shoir va tarjimon sifatida tanilgan.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning ma’rifiy-axloqiy qarashlariO’zbek xalqining turli an’analariga boy, milliy qadriyatlari keng ma’no va chuqur tarixga ega. Mustabid tuzum davrida toptalgan adriyatlarni qayta tiklash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan bugungi kunda odob-axloq va yoshlarni tarbiyalashda qadriyatlarimizga oid manbalarni o’rganish va hayotga tatbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shunday asarlardan biri Muhammad Sodiq Qoshg’ariy (1740-1843)ning “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”) kitobidir. Mazkur asar kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo’lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir. Bu asar XIX asr boshlarida xalqimizning odob-ahloq me’yorlari va milliy qadriyatlarini o’zida mujassamlashtirgan. Olim 1740 yilda Qashg’arda tavallud topgan. U tarixchi, adabiyotshunos, mutafakkir olim, mutasavvuf shoir va tarjimon sifatida tanilgan.