Bajardi: Esanova Adolat



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix05.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#173271
1   2   3   4   5   6
106-guruh Esanova Adolat media

Media savodxonlik
– mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash bo’yicha
ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Demokratik jamiyatda medianing roli va
funksiyalarini tushunish.

Media o’z funksiyalarini amalga oshirishi mumkin bo’lgan shartsharoitlarni tushunish

Media kontentini uning funksiyalari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tanqidiy baholash

Media vosiasida o’z fikrini bayon etish va demokratik jarayonlarda ishtirok etish uchun
o’zaro hamkorlik qilish

Foydalanuvchi kontentini yaratish uchun kerak bo’ladigan ko’nikmalar(shu jumladan, AKT
bilan ishlash ko’nikmalari)ni faollashtirish


Media savodxonlik media funksiyalarini tushunish, mazkur funksiyalarni amalga oshirish sifatini baholash va o’z-o’zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy
jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga urg’u beradi. Media savodxonlik ham, axborot savodxonligi ham yoshlarda media
va axborot makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan qat’iy nazar o’zaro hamkorlik qilish ko’nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish bilan
bog’liq. Ushbu bir biriga bog’liq bo’lgan sohani turlicha tushuntirib beruvchi ikkita ilmiy maktab mavjud. Birinchi maktab vakillari axborot savodxonligini katta
tadqiqotlar sohasi sifatida ko’rishadi. Ikkinchi maktab namoyondalari esa axborot savodxonligi media savodxonlikning tarkibida bo’lib, u ancha keng soha ekanligini
ilgari suradilar. Ammo YUNESKOning xalqaro ekspertlar guruhi nafaqat media va boshqa axborot xizmatlarining bir biridan farqi, balki ularning o’zaro aloqadorlik
nuqtalarini ham aniqlagan.
MAS tarkibini quyidagi asosiy tushunchalar tashkil etadi:
– Media savodxonlik;
– Axborot savodxonligi; – O’z fikrini erkin bayon etish savodxonligi
–Kutubxona savodxonligi;
– YAngiliklar savodxonligi;
– Kompyuter savodxonligi;
Internet-savodxonligi;
– Raqamli texnologiyalar sohasidagi savodxonlik;
– Kinosavodxonlik; – Elektron o’yinlardan foydalanish savodxonligi;
–Televizion savodxonlik, reklama sohasidagi savodxonlik.
Mazkur tushunchalar o’rtasida bog’liqlik mavjud. Ularning ko’pchiligi turli xil bahslarga sabab bo’lib, u yoki bu foydalanuvchilar hamjamiyatining kasbiy konteksti
yoki madaniy amaliyotiga qarab turlicha qo’llanib kelinmoqda. Masalan, jurnalistikada media savodxonlik yuqorida ko’rsatib o’tilgan deyarli barcha tushunchalarni
qamrab oladi:
-
Media savodxonlik;
– O’z fikrini erkin bayon etish; – Kutubxona savodxonligi;
– YAngiliklar (axborot) savodxonligi;
– Internet-savodxonlik;
– Raqamli texnologiyalar sohasidagi (shu bilan birgalikda kompyuter) savodxonlik (jumladan, elektron o’yinlardan foydalanish savodxonligi);
– Televizion (kino, reklama sohasidagi) savodxonlik. Global miqyosda barcha tashkilotlar mediata’lim (MT) atamasidan foydalanadi. Ko’pchilik tushunchasida u
ham media savodxonlik hamda axborot savodxonligini o’z ichiga oladi. Turli platformalar konvergensiyasi sharoitida ushbu ikki yondashuv uyg’unligiga intilgan
holda YUNESKO MAS atamasini ilgari suradi.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin