4.Dinlarni tasniflash. Dinshunoslar turli ilm-fan soha vakillari bo‘lib, dinlarni o‘zlari xos bo‘lgan ilm yo‘nalishi nuqtai nazaridan o‘rganib, turlicha yondashganlar. Shuning uchun ular o‘rtasida ba’zi ixtiloflar bo‘lishi tabiiydir. Masalan, din tarixi bilan shug‘ullanuvchi olimlar dinlarning yuzaga kelish tarixiga ko‘ra davriy jihatdan yondashib tadqiq etganlar. Boshqa bir guruh olimlar dinlarni paydo bo‘lgan va tarqalgan mintaqalariga ko‘ra tadqiq etganlar. Ayrim dinshunoslar diniy nuqtai nazardan yondashib, dinlarni o‘rganganlar.
Jumladan, Yoakim Vax (Joachim Wach), dinlarni «asoschisi bor dinlar», «an’anaviy (rasm-rusumli) dinlar»ga, Gustav Menshing esa «milliy dinlar», «jahon dinlari» ko‘rinishida ikkiga bo‘ladi. Annemari Shimmel esa dinlarni - ilk-qabilaviy, milliy, jahon dinlari, deb uchga bo‘ladi. Shu bilan birga ba’zi tadqiqotchilar quyidagi tasnifni keltiradilar:
Sakramental (diniy marosim va rasm-rusumlarga tayanuvchi) din,
Profetik (Payg‘ambarlarga tayanuvchi) din,
Mistik (ruhiy olamga yo‘naltirilgan) din.
Islom ulamolari dinlarni, «haq» va «botil» yoki vahiyga tayanuvchi ilohiy dinlar, vahiyga tayanmaydigan tabiiy dinlar kabi ikkiga bo‘lishgan. Ibn Hazm (vaf. 456/1064) va Shahristoniy (vaf. 548/1183) kabi musulmon tadqiqotchilari, haq dinlar uchun «
Dostları ilə paylaş: |