-AMALIY TOPSHIRIQ: Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiziqlar o’rniga ta’lim muassasasining boshqaruv organlari va rahbar lavozimlarini to’g’ri joylashtiring?
1-AMALIY TOPSHIRIQ: Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiziqlar o’rniga ta’lim muassasasining boshqaruv organlari va rahbar lavozimlarini to’g’ri joylashtiring?
1. ___________________________ ning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:: 1) o'quv haftasi va o'quv mashg'ulotlarining davomiyligini ta'minlash;
2) dars jadvalini tuzib chiqish va shu jadvalga binoan darslarning o'z vaqtida samarali o'tkazilishini ta'minlash;
3) har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va ta'lim muassasasi pedagogik Kengashi a'zolariga o'quv jarayonining borishi xususidagi axborot va ma'lumotlarni berib borish;
4) yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam ko'rsatish;
5) sinf va guruh jurnallarini to'g'ri yuritish va saqlanishiga javob berish;
6) o'quvchilarning bilim darajasini reja asosida tahlil qilib borish;
7) o'quvchilar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini ta'minlash va nazorat qilish.
2. ____________________________ ning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: davlat va jamoat tashkilotlari oldida ta'lim muassasasining manfaatlarini ifodalash;
o'quv-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta'min etish;
o'quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta'lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilinishi, shuningdek, ta'lim muassasasidan tashqarida ma'naviyat ishlarini tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
pedagogik va rahbar kadrlarni tanlab joy-joyiga qo'yish, ularning vazifalarini belgilash, pedagogik kadrlar, kabinet va ustaxona mudirlarini belgilash, sinf va guruh rahbarlarini tanlash, pedagog va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish hamda bo'shatish;
ta'lim muassasasi pedagogik xodimlarini attestatsiyadan o'tkazuvchi komissiyaga rahbarlik qilish;
ta'lim muassasasi pedagogik xodimlarining ijodiy ishlari, ta'lim-tarbiyaning ilg'or shakl va usullarini qo’llashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish;
ta'lim muassasasiga ajratilgan moliyaviy mablag'lar, sarf-xarajat hisobini yuritish;
ta'lim muassasasi me'yoriy hujjatlarining to'g'ri yuritilishini ta'minlash;
ta'lim muassasasi pedagogik Kengashi, mahalliy hokimlik organlari oldida o'z faoliyati to'g'risida hisob berib turish.