TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
4- FAKULTET TARIX YO’NALISHI
Bajardi: Holiqulova Jasmina
Tekshirdi: Sharipova Zulfiy
TOSHKENT 2023
Mavzu:Canva.com va Prezi.com dasturida onlayn taqdimot yaratish
Reja
1. Canva dasturining ishlab chiqarilish tarixi
2. Canva dasturining afzalliklari
3. Prezi dasturida onlayn taqdimotlar tayyorlash
Canva bu grafik dizayn platformasi boʻlib, odamlar unda SMM, posterlar, taqdimotlar, hujjatlar va boshqa vizual ishlarni yaratishda foydalanishadi. Saytda Tayyor dizayn qoliplari mavjud. Platformani ishlatish bepul boʻlib, qoʻshimcha Imkoniyatlarni taqdim qiluvchi pullik obunalar — Canva Pro and Canva for Enterprise ham mavjud. 2020-yil iyunida,Canva 60 million avstraliya dollari miqdoridagi investitsiya jalb qilib, bozordagi narxini 6 milliard Avstraliya dollariga yetkazib oldi. Bu 2019-yilgi platformaning narxidan 2 barobar koʻproqdir
Canva Avstraliyaning Perth shahrida Melanie Perkins, Cliff Obrecht va Cameron Adamslar tomonidan 2013-yilning 1-yanvarida ishga tushirilgan. Faoliyatining ilk-yilida, Canva foydalanuvchilar soni 750,000 taga yetadi. 2014-yil aprelida, ijtimoiy tarmoqlar va texnologiyalar boʻyicha ekspert Guy Kawasaki kompaniyaga brendni tanituvchi (Brand Promoter) sifatida qoʻshiladi. 2015-yilda, marketing materiallariga koʻproq eʼtibor berilgan Canva for Work servisi ishga tushadi
Canva yordamida yaratishingiz mumkin bo'lgan ba'zi tarkiblar:
Canva dasturida foydalanish mumkin bo’lgan bepul shablonlar juda ko’p hamda, bir kunda uch marta bepul fayl yuklab olishimiz mumkin. Canva bilan har kim va har bir kishi foydalanuvchi uchun qulay, ishonchli dizayn vositasiga ega bo'lib, u g'oyani qabul qilishni va uni bosma yoki onlayn tarzda ajoyib dizaynga aylantirishni osonlashtiradi. Canva deyarli har bir maqsad uchun professional ko'rinishdagi dizaynlarni yaratish uchun amalga oshirilishi mumkin.
Canva dasturidan ro’yxatdan o’tish bosqichini ko’rib chiqamiz.
1. Dastlab internet brouzer orqali www.canva.com saytini qidiruvga beramiz.
2. Quyidagi oyna hosil bo’ladi, yuqori o’ng burchakdagi Зарегистрироваться
tugmasi ustiga bosib Canva dasturi asosiy oynasiga kirishni bosamiz.
Зарегистрироваться ga o’tkandan so’ng qanday akkount orqali ro’yxatdan o’tishni so’raydi.
1. Google akkount orqali
2. Facebook akkount orqali
3. Boshqa elektron pochta orqali
4. Boshqa variantlar orqali
Biz Google akkount orqali ro’yxatdan o’tishni tanlab ro’yxatdan o’tamiz va quyidagi oyna ochiladi.
1. Shaxsiy foydalanish. Ish va shaxsiy foydalanish uchun tanlash.
2. NNT lar. Umumiy foydalanish uchun tanlash.
3. Katta kompaniya. Siz o’z brendingizni vizual birligini saqlab qolgan holda targ’ib qilmoqchisiz.
4. O’qituvchi. Siz o’quvchilaringizni yoki talabalaringizni ilhomlantirishga Intilasiz.
5. Talaba. Siz o’qituvchilaringiz yoki do’stlaringizni hayratlantirmoqchisiz.
6. Kichik biznes. Bu yerda siz o’z brendingizni boshidan oxirigacha loyihalashingiz mumkin.