Bajardi: Hoshimov Azizbek Tekshirdi: Muhtorov Farruh


Rejalashtirish va yo'nalish



Yüklə 168,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix21.12.2022
ölçüsü168,06 Kb.
#77095
1   2   3   4   5
Tahdid razvedkasi.org

 
1. Rejalashtirish va yo'nalish
 
2. To‘plam
 
3. Qayta ishlash
 
4. Tahlil
 
5. Tarqatish
 
6. Teskari aloqa
 
Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar.
 
Tarmoq texnologiyalari rivojining boshlang’ich bosqichida viruslar va kompyuter xujumlarining boshqa 
turlari ta’siridagi zarar kam edi, chunki u davrda dunyo iqtisodining axborot texnologiyalariga bog’liqligi 
katta emas edi. Hozirda, xujumlar sonining doimo o’sishi hamda biznesning axborotdan foydalanish va 
almashishning elektron vositalariga bog’liqligi sharoitida mashina vaqtining yo’qolishiga olib keluvchi hatto 
ozgina xujumdan kelgan zarar juda katta raqamlar orqali hisoblanadi.
 
Misol tariqasida keltirish mumkinki, faqat 2003 yilning birinchi choragida dunyo miqyosidagi yo’qotishlar 
2002 yildagi barcha yo’qotishlar yig’indisining 50%ini tashkil etgan, yoki bo’lmasa 2006 yilning o’zida 
rossiya federeatsiyasida 14 mingdan ortiq kompyuter jinoyatchiligi holatlari qayd etilgan.
 
Korporativ tarmoqlarda ishlanadigan axborot, ayniqsa, zaif bo’ladi. Hozirda ruxsatsiz foydalanishga yoki 
axborotni modifikatsiyalashga, yolg’on axborotning muomalaga kirishi imkonining jiddiy oshishiga 


quyidagilar sabab bo’ladi
 
Korporativ tarmoqlarda ishlanadigan axborot, ayniqsa, zaif bo’ladi. Hozirda ruxsatsiz foydalanishga yoki 
axborotni modifikatsiyalashga, yolg’on axborotning muomalaga kirishi imkonining jiddiy oshishiga 
quyidagilar sabab bo’ladi
 

Kompyuterda ishlanadigan, uzatiladigan va saqlanadigan axborot hajmining oshishi;  

Ma’lumotlar bazasida muhimlik va mahfiylik darajasi turli bo’lgan axborotlarning to’planishi;  

Ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan axborotdan va hisoblash tarmoq resurlaridan foydalanuvchilar 
doirasining kengayishi;  

Masofadagi ishchi joylar soninig oshishi;  

Foydalanuvchilarni bog’lash uchun internet global tarmog’ini va aloqaning turli kanallarini keng 
ishlatish;  

Foydaluvchilar kompyuterlari o’rtasida axborot almashinuvining avtomatlashtirilishi.  
Axborot xavfsizligiga tahdid deganda axborotning buzilishi yoki yo’qotilishi xavfiga olib keluvchi 
himoyalanuvchi ob’ektga qarshi qilingan harakatlar tushuniladi. Oldindan shuni aytish mumkinki, 
so’z barcha axborot xususida emas, balki uning faqat, mulk egasi fikricha, kommertsiya qiymatiga ega 
bo’lgan qismi xususida ketyapti.
 
Axborot xavfsizligiga tahdid deganda axborotning buzilishi yoki yo’qotilishi xavfiga olib keluvchi 
himoyalanuvchi ob’ektga qarshi qilingan harakatlar tushuniladi. Oldindan shuni aytish mumkinki, 
so’z barcha axborot xususida emas, balki uning faqat, mulk egasi fikricha, kommertsiya qiymatiga ega 
bo’lgan qismi xususida ketyapti.
 
Zamonaviy korporativ tarmoqlar va tizimlar duchor bo’ladigan keng tarqalgan tahdidlarni 
tahlillaymiz. Hisobga olish lozimki, xavfsizlikka tahdid manbalari korporativ axborot tizimining ichida (ichki 
manba) va uning tashqarisida (tashqi manba) bo’lishi mumkin. Bunday ajratish to’g’ri, chunki bitta tahdid 
uchun (masalan, o’g’irlash) tashqi va ichki manbalarga qarshi harakat usullari turlicha bo’ladi. Bo’lishi 
mumkin bo’lgan tahdidlarni hamda korporativ axborot tizimining zaif joylarini bilish xavfsizlikni 
ta’minlovchi eng samarali vositalarni tanlash uchun zarur hisoblanadi.

Yüklə 168,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin