O‘rta asr
|
Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqda o‘rta asrlar falsafasi (VIII-XII asrlar)
Markaziy Osiyo arablar istilosigacha mayda feodal mulklarga bo‘lingan edi. VII asrning oxiri- VIII asrning boshlarida Mavoraunnahr1 xalqlari Arab xalifaligi hokimiyati ostida qoldilar. Arab yarim oroli islomning kelib chiqishi arafasida urug‘-qabilachilik munosabatlarining inqirozi bosqichida edi. VI - asrda arab qabilalari o‘rtasida markazlashishga bo‘lgan tamoyil kuchayib boradiki, u o‘z ifodasini xaniflarning (voizlarning) qabila sanamlariga (shirk) qarshi qaratilgan yakkaxudolikni (tavhid) targ‘ib qilishlarida topadi. Oxirgi xaniflardan biri Quraysh qabilasidan kelib chiqqan Muhammad (570-632) edi. Muhammad va uning sahobalarining faoliyati natijasida xanafiylik yangi diniy oqim islom sifatida shakllandi.
IslomArabistonda arablarning sinfiy jamiyatga o‘tish va Arab davlatining tashkil topishi davrida paydo bo‘ldi. Ilk islomning bosh yodgorligi bo‘lgan Qur'onda mutlaq yakkaxudolik asosiy aqida bo‘lib, arab qabilalarining yagona davlat hokimiyatiga birlashishini ifodalar edi.
|
O‘rta asrlarda G‘arb va Sharqda falsafa rivojlanishining umumiy belgilari. Birinchidan, o‘rta asrlar G‘arb va Sharq falsafasi avvalo feodal jamiyat falsafasi bo‘lib, u ilohiyot va dinning hukmronligi bilan tavsiflanadi. Feodal tuzum sharoitida feodal mulkdorlik bilan bir qatorda hunarmandlar va dehqonlarning shaxsiy mehnatiga asoslangan xususiy xo‘jaligi mavjud bo‘lgan. Feodal ishchini sotishi va sotib olishi mumkin bo‘lgan, lekin ishchini o‘ldirish huquqi unga berilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining bunday rivojlanishi ularni ijtimoiy-psixologik va mafkuraviy jihatdan mustahkamlashni talab qilgan. Feodal madaniyatni mafkuraviy jihatdan ta'minlovchi integratsion asos din bo‘lgan.
Ikkinchidan, o‘rta asrlarda din G‘arbda ham, Sharqda ham feodal jamiyatning hukmron mafkurasi hisoblangan. Bu davrda cherkov eng yirik kuch bo‘lgan. Shuningdek, u siyosiy jihatdan ham o‘ta markazlashgan tashkilot sanalgan. Dindorlar amalda birdan-bir o‘qimishli odamlar bo‘lgan.
|