AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
2-topshiriq
Bajardi: Jo’rayev Rohatillo
TOSHKENT – 2023
|
Termin
|
Izoh
|
1
|
islom
|
islom soʻzi, arab tilidagi aslama soʻzining uch-harfli s-l-m oʻzagidan olingan boʻlib, oʻzbek tilidagi lugʻaviy maʼnosi „qabul qilish, taslim boʻlish, itoat etish yoki tobe boʻlish“ dir.
|
2
|
ka’ba
|
ka’ba-(arab. –kub, to‘rt burchak)- islom dinining eng muqaddas ibodatxonasi, baytulloh (allohning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish –haj va umraning asosiy amallaridan biri.
|
3
|
sunniylik
|
sunniylik (sunna soʻzidan) — islom dinidagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 93 % i sunniy (qolgan 7 % i shialikka) mansub (2004). Sunniylik tarafdorlari, asosan, osiyo va afrikada (pokiston, bangladesh, hindiston, indoneziya, malayziya, xitoy, afgʻoniston, turkiya, arabiston yarim orol va fors koʻrfazi atrofidagi arab mamlakatlarida, suriya, livan, iordaniya, shim.sharqiy va gʻarbiy afrika mamlakatlarida), bolqon mamlakatlari, kipr va aqshda yashaydi.
|
4
|
ixlos
|
"ixlos" kalimasi arab tilidagi "axlasa" fe’lining masdari (ish-harakat nomi) bo‘lib, lug‘atda "biron kishiga nisbatan samimiy, xolis, sodiq bo‘lish", degan ma’noni ifodalaydi. Shariat istilohida esa u "alloh taologa nisbatan xolis, sodiq bo‘lish, barcha amallarni xolis uning o’zi uchun qilish" ma’nosini anglatadi.
|
5
|
shialik
|
Shialik (arabcha— guruh, tarafdorlar) — islomdagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri. Oʻzining tarqalishi va tarafdorlarining miqdori jihatidan sunniylikdan keyingi oʻrinda turadi. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 7% shialikka mansub (2004). Sh. 7-asr oʻrtalarida islom jamoasi ichida oliy hokimiyat masalasida paydo boʻlgan ixtilof natijasida vujudga kelgan
|
6
|
namoz
|
namoz – islomda imondan keyin musulmonlar ustiga farz qilingan ikkinchi amal hisoblanadi. Namoz arkonlari qur’oni
Ba’zi ko’rsatma va tartiblar berilgan. Namozning vaqti, miqdori hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan.
|
7
|
hijrat
|
Bu so‘z arab tilida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib o‘tish ma'nosini anglatadi. Islomiy istilohda esa payg‘ambarimiz muhammad sallallohu alayhi va sallam bilan birga yashagan va islom diniga iymon keltirgan kishilarning habashistonga, keyin esa madinaga ko‘chib o‘tishlariga aytiladi.
|
8
|
yodkard
|
Yodkard (eslash, zikr etish) – allohni yod etib, boshqa narsalardan ko’ngilni uzish. Naqshbandiyada bu zikrning usuli quyidagichadir: murid o’zini huzur ichra shayxining ko’ngli ro’parasida tasavvur qilib, ko’zi – og’zini yopadi, tilini tanglayiga yopishtirib, tishlarini bir-biriga jipslab, nafas olmay, xoksorlik bilan qalban «kalimai tavhid»ni zikr qiladi. Bir nafas olib – chiqarishda uch daf’a zikr etishga urinadi va hokazo.
|
9
|
jihod
|
“jihod” arab tilidan tarjima qilinganda g‘ayrat qilish, harakat qilish, zo‘r berish, intilish ma'nolarida keladi. Istilohda esa, dastlab, islom dinini himoya qilish va yoyish uchun kurash olib borish tushunilgan. Imom rog‘ib rahmatullohi alayhi aytadi: “jihod – dushmandan himoyalanishda qo‘li, tili yoki kuchi bilan g‘ayrat qilishidir”.
|
10
|
haj
|
Haj – qodir bo’lgan kishi uchun umrida bir marta makka shahridagi ka’bani ziyorat qilish va ushbu ibodat o’z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. Haj farz amallardan hisoblansada, o’rta osiyo arabistondan uzoq masofada joylashganligi sababli yuqorida zikr etilga «qudrati yetganlik» sharti ulamolar tarafidan kiritilgan. Haj zulhijja oyining 8 kunidan boshlanadi.
|
11
|
azon
|
Azon - namozga chaqirish. Birinchi muazzin (namozga chaqiruvchi) islom dinini qabul qilganidan keyin ozod bo‘lgan habash qul bilol bo‘lgan. Qibla musulmonlar namoz vaqtida qarab turadigan tomon.
|
12
|
zakot
|
zakot – «poklash» ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo’lgan boylikning qirqdan bir qismini (1/40) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga yetgan badavlat kishilar uchun farz etilgan. Zakot yetim-yesir, beva-bechoralar, musofirlar, qarzdorlar, alloh yo’lida yurganlar, zakot yig’uvchilarga beriladi.
|
13
|
ro’za
|
ro’za – yilda bir oy: hijriy qamariy kalendarning ramazon oyi davomida kunduz kunlari yeyish-ichish va jinsiy aloqada bo’lishdan tiyilish. Ro’za hijratning ikkinchi yili farz bo’lgan.
|
14
|
imon
|
Imon» so’zining lug’aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo’lib, istilohda esa la iloha illa-lloh, muhammadun rasululloh («allohdan o’zga ilohiyat yo’q va muhammad – allohning payg’ambari») kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-lison), dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir. Mazkur
|
15
|
tasavvuf
|
tasavvuf – islomdagi mistikasketik oqimdir. Mistitsizm, mistika so’zlari qadimiy yunon tilidagi mystikos – «yashirin», «sirli» so’zidan olingan bo’lib, ilohiyat bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot. Bu ta’limot insonning xudo bilan aql va hissiyotdan yuqori bo’lgan sirli aloqasi bo’lib, uning natijasida insonda xudoni bilish hosil bo’ladi.
|
16
|
xush dar dam
|
xush dar dam (har nafasda hushyor bo’lish) – g’aflatga tushmaslik, har lahza allohni eslash; har nafas olish-chiqarish chog’ida allohni zikr qilish, agar g’aflatga tushsa, istig’for aytish;
|
17
|
nazar bar qadam
|
nazar bar qadam (qadamga nazar solish) – solik qaerda bo’lishidan qat’iy nazar, yurayotganida oyoq uchiga qarab yurishi lozim, toki qalb ko’zi va nazari bo’lmag’ur manzaralarga qarashdan xalos bo’lsin. Shunda ma’naviy safarda ro’para keladigan tahlikalar tezda oshib o’tiladi. U tamoyil kamtar bo’lish va mavjud holatga shukur qilishni o’zida mujassam etadi;
|
18
|
axkom
|
axkom yani masoili xuquqi masuliyatxoi musalmonon nisbat va koru zindagi va umuri
Ichtimoiyu siyosiy , iqtisodiy , iborat va g’ayra
|
19
|
xilvat dar anjuman
|
xilvat dar anjuman (jamoat ichida turib yakkalanish) – zohirda xalq bilan, botinan haq bilan birga bo’lish. Solik moddiy borlig’i bilan xalqqa aralashib, turli bashariy va ijtimoiy faoliyatlarda qatnashib, hayot talab qilayotgan amallarni ijro etayotib, qalban doimo allohning huzurida ekanini bir lahza bo’lsa-da, esdan chiqarmasligidir. Bu hol doimiy zikr ma’nosini ham bildirib, zikrda erishiladigan eng oxirgi bosqich – maqomdir.
|
20
|
Shahidlik
|
“shahid” kalimasi alloh taoloning ismi sifatlaridan biri bo‘lib, “har doim hozir bo‘luvchi zot” ma'nosida keladi. Umumiy lafzda esa alloh yo‘lida halok bo‘lgan kishiga aytiladi. Bu lafz payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamdan kelgan xabarlarga ko‘ra ikki turga bo‘lingan:
|
2-topshiriq. “islom ta’limoti asoslari” mavzusi doirasidagi jadvalmi to’ldiring.
Islom dining asosiy sharti
|
1. Imon, ya’ni shahodat (arabcha–guvohlik berish); 2. Namoz o‘qish; 3. Zakot (arabcha – poklash, o‘sish, ortib borish); 4. Ro‘za tutish; 5. Haj – qodir bo‘lgan kishi uchun umrida bir marta makka shahridagi ka’bani ziyorat qilish va ushbu ibodat o‘z ichiga oladigan arkonlarni ado etish.
|
|
|
Diniy bayramlar
|
Islomda asosan ikkita rasmiy diniy bayram ro‘za hayiti (arabcha nomi “iyd al-fitr”, “iyd as-sag‘ir”) hijriy shavval oyining 1—3-kunlarida va qurbon hayiti (arabcha nomi — “iyd al-adho”, “iyd al kabir”) uch kun — zu-l-hijja oyining 10—13-kunlarida musulmon dunyosida keng nishonlanib kelinmoqda. “hayit” — arabcha “iyd, ya’ni bayram demakdir.
Ramazon—hijriy yil hisobining 9-chi oyi bo‘lib, islom aqidalari bo‘yicha bu oyda alloh muhammad(s.a.v.)Ga qur’onni vahy qilgan ekan. Shuning uchun ham islom dunyosida ramazon muqaddas hisoblanib, bu oyda musulmonlar ro‘za tutishadi. Bu borada qur’oni karimning “baqara” surasidagi 183—185 oyatlarida bunday deyilgan: “ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilinadi, shoyad taqvoli bo‘lsangiz... Sizlardan kimki bemor yoki safarda bo‘lsa, sanog‘i boshqa kunlardandir.
Qurbon hayiti zulhijja oyining 10-kunida boshlanadi. Bu bayramning ro‘za hayitidan 70 kun o‘tgandan keyin nishonlanishi muhammad payg‘ambar tomonidan belgilangan. Mazkur hayitda ham ro‘za hayitidagidek musulmonlar jome’ masjidida quyosh chiqqandan taxminan 15 minut o‘tgach, 2 rakat nomoz o‘qishi kerak.
|
Islomdagi ilk bo’linish
|
Islomdagi bo‘linishlarning birlamchi zamini muhammad (s.a.v.) Vafotlaridan boshlangan edi. Chunki musulmon jamoasiga endi kim boshchilik qiladi, degan masalada barchaning fikri bir xil emasdi. Bunga sabab musulmonlarning marhum yo‘lboshchisi tomonidan jamoaga keyingi rahbar kim bo‘lishi ochiq-oydin ko‘rsatilmaganida edi. Ammo payg‘ambarga “xalifa” (o‘rinbosar) bo‘lishga sahobiy abu bakr siddiq uchun alohida “ishora” bo‘lgani manbalarda qayd etilgan. Payg‘ambar alayhis-salom vafotlari arafasida abu bakr siddiqning namozda musulmonlarga imomlik vazifasini o‘tab berishga bergan ko‘rsatmalari yirik sahobiylar tomonidan mazkur “ishora” sifatida qabul qilingan edi. Ali tarafdorlari „shia“ nomini olib, islomda birinchi boʻlinishni boshlab berdilar. Uchinchi xalifa usmon aynan shu boʻlinishning qurboni sifatida jon taslim qildi. Ikki taraf — sunniylik va shialik oʻrtasidagi kurash asnosida xorijiylar deb atalgan uchinchi yoʻnalish ham paydo boʻldi. Ammo islom tarixi uzra sunniylik asosiy yoʻnalish boʻlib keldi. Hozirgu kunda ham sunniylar musulmonlarning mutlaq koʻpchiligi (93 %)ni tashkil etadi. Birdan-bir davlat — eronda shialik rasmiy diniy yoʻnalish sifatida qabul qilingan. Iroq, livan, shimoliy yaman, ozarbayjon va afgʻonistonda shialarning yirik jamoalari mavjud.
|
3-topshiriq.sunniylik mazhabiga doir jadvalni to'ldiring
Mazhablar
|
Asoschisi
|
Tarqalgan hududlari
|
Yo'nalishning maqsadi
|
hanafiylik
|
Al-imom al-a’zam abu hanifa an-nu’mon ibn sobit al-kufiy
|
O’zbekiston, shimoliy kavkaz,
Hindiston, xitoy,
Markaziy osiyo
|
|
Molikiylik
|
Molik ibn anas ibn molik ibn abi omir al-asbahiydir
|
Misr, sudan, liviya, tunis, jazoir, marokash, mavritaniya, kuvayt, bahraynda
|
|
Shofeiylik
|
Abu abdulloh muhammad ibn idris ibn abbos ibn usmon ibn shofi’ al-hoshimiy al-muttalibiy
|
Suriya ,misr, sharqiy afrila, indoneziya, shimoliy kavkaz
|
|
Hanbaliylik
|
Abu abdulloh ahmad ibn hanbal ibn hilol ibn asad ash-shayboniy
|
Sau-diyarabiston,
Falastin,
|
|
4-topshiriq. Shialik mazhabiga doir jadvalni to'ldiring
Mazhablar
|
Asoschisi
|
Tarqalgan hududlari
|
Yo'nalishning maqsadi
|
Ismoiliylar
|
Mhammad ibn ismoil
|
Suriya, yaman, hindisron, eron , misr, pokiston, afg’oniston
|
Ularning ta’limoti ikkiga zohriy(tashqi)-ochiq va botiniy(ichki)
|
Jafariylar
|
Ja’far as sodiq
|
Hozirda iroq va eronda ucharab turadi.
|
Jafariy mazhabi shia yo’nalishidagi diniy-huquqiy tizimgakirib 12 imomga e’tiqod qiluvchi imomilarning asosiy oqimidir.
|
Zaydiylar
|
5-imom muhammad al bokirning ukase zayd ibn ali nomi bilan atalgan
|
Saudiya arabistonida,
Pokiston va hokazo
|
O’z aqidalarida mu’taziliylardan iroda erkinligi va qur’onni olloh yaratganligi,dinniy e’tiqotni amlaiy yo’l bilan mustahkamlashga asoslanganlar
|
5-topshiriq.tasavvuf ta’limoti va uning namoyondalari jadvalini to’ldiring.
Tariqat
|
Asoschisi
|
Ta’limoti
|
Yassaviya
|
Ahmad yassaviy
|
Yassaviya tariqatining asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish g'oyasi ilgari suriladi
|
Kubraviya
|
Najmiddin kubro
|
Kubroviya taraqqiyoti tarkidunyochilikni rad etadi. Kamolot yo'lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-ne'matlaridan bahramand bo'lishning joyizligi olg'a suriladi
|
Naqshbandiya
|
Bahouddin naqshband
|
Naqshbandiya tariqati insonlarni pok va halol bo'lishga,o'z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga hayr-ehson berishga,sofdil va kamtar bo'lishga chaqiradi
|
Dostları ilə paylaş: |