Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog’lanishlari,
aloqadorliklari,
munosabatlarining
ifodalanishidir.
Hozirgacha
falsafiy
adabiyotlarda mazmun va shakl o’rtasidagi bog’lanishlarni bir-biridan ajratib
tahlil qilish an’anaviy xarakterga ega. Ya’ni, mazmunning o’zgarishi shaklning
o’zgarishiga olib keladi, degan xulosa ustuvor bo’lgan. Vaholanki, sistemaning
elementlari strukturaviy bog’lanishlarsiz, aloqadorliklarsiz mavjud bo’lish
mumkin bo’lmaganligidek mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo’la
olmaydi. Biz faqat nisbatan mustaqil bo’lgan mazmun va shaklni bilish
xususiyatiga qarab, shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin.
www.arxiv.uz