2. Ramadagi «ortiqcha» bog‘lanishlar, noma’lum zo‘riqishlar bilan almashtirilib, asosiy sistema tanlanadi.
3. Asosiy sistemadagi «ortiqcha» noma’lumlarning yo‘nalishi bo‘yicha tashqi yuklardan va noma’lumlar ta’siridan hosil bo‘ladigan ko‘chishlar yig‘indisining nolga teng ekanligini ifodalovchi kuchlar usulining kanonik tenglamalari sistemasi (20.4) tuziladi.
4. Kanonik tenglamalar sistemasida noma’lumlar oldidagi koeffitsientlar (birlik ko‘chishlar) va ozod hadlar aniqlanadi. Buning uchun Mor formulasidan yoki Vereshchagin usulidan foydalaniladi.
5. Kanonik tenglama koeffitsientlari va ozod hadlari to‘g‘ri topilganligi tekshiriladi. A) Kanonik tenglama koeffitsientlarining to‘g‘ri aniqlanganligini tekshirish uchun universal tekshirish (20.6) o‘tkaziladi. B) Kanonik tenglama ozod hadlarini tekshirish uchun ustun tekshirish (20.8) o‘tkaziladi. 6. Kanonik tenglama koeffitsientlari va ozod hadlari tekshirilib, to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, ular kanonik tenglamaga qo‘yilib echiladi va noma’lum X1, X2, .... Xn zo‘riqishlarning qiymati aniqlanadi.

(20.6) (20.8)
7. Ramaning ixtiyoriy kesimidagi eguvchi moment MX (20.1) formula yordamida chiziladi.
8. Chizilgan yakuniy eguvchi moment epyurasi tekshiriladi. 9. Ko‘ndalang kuch epyurasi Qx yakuniy eguvchi moment epyurasi Mx asosida chiziladi. 10. Bo‘ylama kuch epyurasi Nx ko‘ndalang kuch epyurasi Qx dan foydalanib chiziladi. 11. Ramani umumiy statik tekshirish. 20.1-rasmdagi to‘rtala asosiy sistemani hisoblash natijalari bir xil bo‘ladi. Lekin bu asosiy sistemalardan bittasi eng maqbuli (ratsionali) tanlab olinadi. Maqbul asosiy sistema 20.1-rasm, d hisoblanadi. Bu asosiy sistemada noma’lumlar simmetrik va nosimmetrik bo‘lib, ularning eguvchi moment epyuralari ham simmetrik va nosimmetrik bo‘ladi.