Bajardi mirzaqulov L



Yüklə 45,24 Kb.
səhifə2/2
tarix13.12.2023
ölçüsü45,24 Kb.
#175519
növüReferat
1   2
Qo\'y qirilgan qal\'a

Qo’yqirilganqal’a — To’rtko’l shahridan 12 km shimoli sharqda joylashgan. Rejalashtirilishi aylana shaklda, devor bilan o’rab olingan, umumiy hajmi – 86,5 m 0,6 ga. Yodgorlikning markaziy qismida ikki qavatli inshoot qurilgan, aylana holda, 44.4 m, inshootdan 14,5 m uzoqlikda ikki qatorli mudofaa devor qurilgan. Devor o’z navbatida to’qqizta burjga ega, kirish qismi sharqiy devorda joylashgan. Darvoza bir necha aylanma yo’laklarga ega bo’lib, “Labirint”ga ega to’g’riburchak shaklda yon tomonga o’sib chiqishi 18 m, ikki yon tomoni yarim aylanali burj bilan kuchaytirilgan umumiy hajmi 0,3 ga. Qal’a xandak bilan o’rab olinib,kengligi 15 m, chuqurligi 3 m. Markaziy inshootning birinchi qavati 8 xonadan iborat bo’lib, uning balandligi 8,5 m. Tashqi devor avval paxsadan, keyin to’rt tomoni teng xom g’ishtdan tiklangan, qalinligi 7,2 m. Uy xonalarini ajratgan devor 0,6 – 1,9 m paxsa keyin xom g’ishtdan qurilgan. Uy xonalari balandligi 3,6 m. Ikkinchi qavat yopiq yo’lak orqali davom etib, devorlari nayza o’qi shinaklarga ega. SHarqiy tomondan pandus orqali markaziy inshootga kirilgan bo’lib ikkinchi qavatda joylashgan. Burjlar yon tomonga emas, balki inshoot devoridan birmuncha yuqoriga o’sib chiqqan. Darvoza tashqi devorning sharqiy tomonida joylashgan. Yodgorlik S.P. Tolstov rahbarligida Xorazm ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan topilib, 1951 – 1957-yillarda qazish ishlari olib borildi va olingan ashyolarga qarab, birinchi qavat mil. avv IV asrlarga oidligi aniqlangan. Devor yaqinidan kengiligi 10 metr keladigan xandak utgan. Yodgorlikda madaniy hayot milodiy IV asrda barham topgan.
Yüklə 45,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin