Bajardi: Mirzayeva Go’zal Qabul qildi: Shoyimov S. S toshkent – 2023



Yüklə 42,84 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü42,84 Kb.
#163354
  1   2   3   4
Ombudsmen funksiyalari


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTETI
BIZNES ETIKASI FANIDAN



MUSTAQIL ISH
MAVZU: OMBUDSMEN FUNKSIYALARI

Guruh: SBIA 70/k
Bajardi: Mirzayeva Go’zal
Qabul qildi: Shoyimov S.S

Toshkent – 2023
Ombudsmen funksiyalari


Reja

  1. Ombudsman tarixi va faoliyat
  2. O‘zbekistondagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Ombudsman faoliyati


  3. Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari



Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) — (shvedcha ombudsman — biron kishi manfaatlarining vakili) — turli xil maʼmuriy organlar, baʼzi mamlakatlarda esa — shuningdek, xususiy shaxslar va birlashmalarning inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun maxsus saylab (tayinlab) qoʻyiladigan mansabdor shaxs. Ombudsman nazoratni amalga oshiradi va prokuraturadan farqli ravishda nafaqat qonuniylik, balki shu bilan birga samaradorlik, maqsadga muvofiqlik, adolatparvarlik nuqtai nazaridan ham tekshirish olib boradi. Bu xildagi mansabdor shaxslar har xil nom bilan ataladi: Skandinaviya mamlakatlarida — Ombudsman; Ispaniya va Kolumbiyada — xalq himoyachisi; Fransiyada — vositachi, Ruminiyada — xalq advokati va shahrik.
Ombudsman tarixi va faoliyat
Ombudsman so‘zi — dunyoda „inson huquqlarini himoya qiluvchi“ sifatida tushuniladi. Bu so‘z shved tilidan olingan bo‘lib „vakil“ degan maʼnoni anglatadi. U eng avval shved qiroli huzurida faoliyat yuritgan. Keyinchalik parlament shakllangandan so‘ng 1809-yildan Parlament huzuriga ko‘chgan. Agar tarixga nazar solinsa, shved qiroli ushbu tajribani islom davlatlarda faoliyat yuritgan muhtasiblar ishidan o‘rganganiga guvoh bo‘lasiz. Muhtasiblar islom dini va shariat ahkomlari asosida faoliyat yuritib, nazorat funksiyasini bajarishgan.
XVII asrlarda shved qirolligiga hujum uyushtirilganda qirol hozirgi Turkiya hududlariga qochib o‘tishga majbur bo‘lgan. Qochqinda turk sultoni himoyasida mamlakatdagi fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi, o‘rnatilgan tartiblarni nazorat qiluvchi insonlarni kuzatgan. Keyinchalik o‘z vataniga qaytib, mana shu tizimni o‘z davlatida „Ombudsman“ nomi bilan joriy etgan va bu butun Yevropada ommalashgan.
Masalan, ispan elchisi Klavixoning Amir Temur huzuriga tashrifi to‘g‘risidagi kundaligida yozilishicha, Temur topshiriq berganda o‘z vaqtida bajarmagan rahbarlar va ularning bu kamchiligi haqida axborot beruvchi shaxslar bo‘lgan. Shuningdek, fuqaro murojaatlari bilan ishlamagan aynan ana shunday rahbarlarni shaxsan Amir Temur tomonidan ko‘pchilik ichida jazolangani Klavixo tomonidan kichik epizod sifatida qayd etilgan. Mana shu misolda ham ko‘rishimiz mumkinki, Amir Temur inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan qatʼiy bo‘lgan.
Ombudsman turli yoʻllar bilan saylanishi yoki tayinlanishi mumkin. Ispaniyada u parlament tomonidan 5 yilga saylanadi, Namibiyada prezident tomonidan, Fransiyada — Vazirlar kengashining dekreti bilan tayinlanadi. Aksariyat koʻpchilik mamlakatlarda har bir fuqaro Ombudsmanga bevosita murojaat qilishga haqlidir. Ombudsman kamchilik yoki suiisteʼmolliklarni aniqlab, tegishli organ yoki mansabdor shaxsga koʻrsatadi va ularni bartaraf etishni taklif etadi. Agar ular Ombudsmanning taklifidan bosh tortsa, Ombudsman sud organlari yoki parlamentga murojaat qilishi mumkin. Ombudsman fuqarolarning shikoyatlari boʻyicha, shuningdek, oʻz tashabbusi bilan ish olib boradi. Fransiyada fuqarolar vositachiga bevosita emas, balki oʻz senator yoki deputatlari orqali murojaat qiladilar. Dunyoda 1-marta Ombudsman lavozimi 1709-yil Shvetsiya qirolligi huzurida joriy qilingan. Hozirgi vaqtda u jahonning 110 dan ortiq mamlakatida mavjud. Ombudsman institutini tashkil etilishiga qarab 2 turga boʻlish mumkin: parlament tomonidan tayinlanadigan (saylanadigan) klassik tipdagi Ombudsman va ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan Ombudsman. Klassik tipdagi Ombudsman har qanday tashkilot, korxona, muassasa va mansabdor shaxslarning faoliyatini tekshirish huquqiga ega. Klassik Ombudsman katarkta Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Portugaliya, Ispaniya va shahrik. koʻpgina mamlakatlar Ombudsmanlari kiradi. Oʻzbekiston Ombudsmani ham klassik Ombudsman hisoblanadi. Ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan Ombudsman huquqlari biroz chegaralangan. Ular alohida sohalar boʻyicha tekshirish xuquqiga ega. Masalan, kasalxonalar, jazoni oʻtash muassasalari, bolalar, nogironlar huquqini himoya qilish, harbiy xizmatchilar, jinoyatlardan jabrlanganlar, soliq muassasalari boʻyicha shugʻullanadigan alohida sohalar Ombudsmanlari.
Ombudsmanning alohida obroʻ-eʼtibori va zamonaviyligi uning demokratik xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ombudsmanlar davlat organlari tizimidan mustaqilligi, parlamentning belgilangan muddati davomida oʻzgarmasligi, qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligi, oʻz huquq va erkinliklarini himoya qilishga muhtoj boʻlgan barcha fuqarolarga ochiqligi, shikoyat va murojaatlarni tahlil etishda rasmiyatchilikka yoʻl qoʻymasligi, aholiga bepul xizmat koʻrsatishi bilan ajralib turadi.
Oʻzbekiston Respublikasida Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslari „Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) toʻgʻrisida “Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1997-yil 24-aprel)da belgilab berilgan. Mazkur qonunga koʻra, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) — mansabdor shaxs boʻlib, unga Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan. Vakil oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, boshqa qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek, xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan prinsiplari va normalariga asoslanadi. Vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi.
Ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan Ombudsman huquqlari biroz chegaralangan. Ular alohida sohalar bo‘yicha tekshirish huquqiga ega. Masalan, kasalxonalar, jazoni o‘tash muassasalari, bolalar, nogironlar huquqini himoya qilish, harbiy xizmatchilar, jinoyatlardan jabrlanganlar, soliq muassasalari bo‘yicha shug‘ullanadigan alohida sohalar Ombudsmanlari.

Yüklə 42,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin