Laboratoriya ishini bajarish tartibi
Cisco Packet Tracer dasturi yordamida LAN (Local Area Netowork) tarmogʻini biz siz bilan 16 ta kompyuter va 2 ta Switch orqali hosil qilamiz
4.1-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi koʻrinishi
Dasturga 16 ta kompyuter va 2 ta switch uskunasini joylashtirib olamiz.
3.2-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi ish oynasi
Switchni Physical menyusidan 24 ta portga ega switch ekanligini koʻrishimiz mumkin. Bu switch orqali jami 24 ta kompyuterni bogʻlashimiz mumkin.
4.3-rasm. Cisco Packet Tracer dasturida qurilma
Config menyusidan Switchimizga Switchuz deb belgilab olamiz
4.4-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi swich sozlamasi oynasi
Switchimizni CLI menyusiga kirib kod yozib sozlab olishimiz mumkin.
4.5-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi ish oynasi
Biz bu yerda qaysi kompyuter qaysi portga bogʻlanishini oʻzimiz tanlaymiz
Dasturga joylashtirib olgan uskunalarimizni avtomatik aloqa liniyasi orqali bogʻlab chiqamiz.
4.7-rasm. LAN tarmogʻi aloqa liniyasi orqali bogʻlanishi
IP Configuration bandini tanlab har bir kompyuterimizga IP manzil berib chiqamiz
4.8-rasm. Desktop minyusi
Bunda biz 192.168.43.1 dan ketma-ket ravishda 192.168.43.16 gacha manzil berib olamiz
4.9-rasm. IP manzillarni sozlash oynasi
Tarmoq toʻgʻri qurilganini tekshirib koʻrishimiz uchun, Command Prompt bandi orqali kirib qaysi kompyuter bilan aloqa qilmoqchi boʻlsak ping orqali IP manzilini yozib tekshiramiz.
4.10-rasm. Desktop oynasi
Biz 1 va 14 kompyuterlarni aloqa almashinishini koʻramiz
4.11-rasm. Desktop oynasining kod yozish oynasi
Simulation oynasini ishga tushurib 1 va 14 kompyuterga xabar joʻnatib koʻramiz.
4.12-rasm. Tarmoqni testlash jarayoni
Yuqorida biz tarmoq toʻgʻri qurilganini koʻrishimiz mumkun.
Dostları ilə paylaş: |