Bajardi: shokirov faxriddin



Yüklə 1,07 Mb.
tarix20.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#118267
2-jahon urushi Xaqida


Ikkinchi jahon urushi
BAJARDI: SHOKIROV FAXRIDDIN
GURUH: TOU -72 U
Insoniyat tarixidagi eng dahshatli urush aql bovar qilmas voqealar bilan ham tarixda qolgan.
1) Ikkinchi jahon urushida o‘sha davrda mustaqil bo‘lgan 73 ta davlatdan 62 tasi ishtirok etgan va bu jarayon yer aholisining 80 foizini qamrab olgan. Urushga aralashmay qolgan 11 ta davlat ham u yoki bu jihatdan qaysidir tarafga yon bosishga majbur bo‘ldi. Jangovar harakatlar 40 ta davlat, uch qit'a va to‘rt okeanda olib borilgan. 110 million qurolli askar ishtirok etgan bu urushda taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 60 million kishi qurbon bo‘lgan. Shu bois ham bu urush chin ma'noda haqiqiy Jahon urushiga aylanib ketgani e'tirof etiladi.
2) Ikkinchi Jahon urushi yillarida O‘zbekiston aholisi taxminan 6.5 mln kishini tashkil qilardi. Janglar kechayotgan hududlardan mamlakatimizga 1.5 million nafardan ortiq kishi ko‘chirib kelingan va ularning hammasiga bag‘rikeng yurtdoshlarimiz o‘zlari ham urushni boshidan kechirayotganlariga qaramay bor mehrlarini berishgan. Hozirda Yevropa Ittifoqi aholisi 500 milliondan ortiq va bu ittifoqqa a'zo davlatlar dunyoning eng rivojlangan va boy davlatlari hisoblanadi. Qizig‘i bugungi kunda urush hududlaridan qochib borayotgan 1.5 million qochoq bu davlatlar uchun shu qadar muammo bo‘lmoqdaki, bu masala ittifoqning darz ketishiga ham sabab bo‘lishi hech gap emas.
3) Shu kungacha yagona va umid qilamizki oxirgi atom bombardimoniga Yaponiyaning Nagasaki va Xirosima shaharlari duchor bo‘lishgan. AQShlik harbiylar tomonidan Xirosima shahriga reja asosida atom bombasi tashlangan bo‘lsa, Nagasaki shahri taqdirning achchiq hazili tufayli bu qurolga nishon bo‘lgan. Aslida ikkinchi bomba Kokura shahriga tashlanishi kerak edi, lekin ob-havo uchishga noqulay bo‘lganligi sabab uchuvchi bombani Nagasakiga tashlashga qaror qiladi. Yaponiyalik injyener Tsutomu Yamaguti esa ikki marta atom bombasi portlashini boshdan kechirgan insondir. Gap shundaki 1945 yilning 6 avgustida Yamaguti Xirosimada bo‘lgan va bomba portlashidan so‘ng erta tongda o‘zining ona shahri Nagasakiga qochib boradi. Yetib borishi bilan ikkinchi bomba portlaydi. Yamaguti 2010 yilga qadar tirik qolgan va ikki atom urushini boshdan kechirgan oxirgi inson sifatida tarixga muhrlangan.
4) Ikkinchi jahon urushida nafaqat bronepoyezdlar, balki bronedrezin — relsda harakatlanuvchi tanksifat o‘qotar qurollardan ham foydalanilgan.
5) Urush paytida Germaniyaga qarshi ittifoqchilar yirik kemalar yasash uchun metall tanqisligiga duch kelishadi. Shunda muzdan kemalar yasash g‘oyasi paydo bo‘ladi va kulgili tuyulmasin bu g‘oya har jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi. Hatto bitta kema yasaladi ham. Ammo keyinchalik bu loyihaning ish bermasligi anglab yetildi.
6) Frantsuz xonandasi Edit Piaf urush yillarida Germaniya hududidagi harbiy asirlar lagerlarida konsertlar bergan va asirlar bilan suratga tushgan. Keyin bu suratlardan asirlarning suratini qirqib olib, soxta hujjatlar orqali asirdagi fransuzlarga qochishda yordam bergan.
Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin